Ma’ruza mashg‘ulotlarining o‘quv materiallari mavzu: kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy
Mehnat unumdorligi ko'rsatkichlari
Download 494.02 Kb.
|
5 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ma\'ruza matni
Mehnat unumdorligi ko'rsatkichlari
Moddiy aylanma mablag’lar - ishlab chiqarishning muayyan siklida foydalaniladigan va shu siklda ishlab chiqarilgan mahsulot (ish va xizmatlar) tannarxiga o'z qiymatini to'liq o'tkazib boruvchi moddiy qiymatliklardir. Biz moddiy aylanma mablag'larining holatini va ulardan foydalanish darajasini ko'proq ishlab chiqarilgan mahsulot ish va xizmatlar tannarxiga nisbatan o'rganamiz. Moddiy ashyoviy mablag'lardan noishlab chiqarish yoki ishlab chiqarishdan tashqari jarayonlarda foydalanish esa korxona sarflarining alohida tarkib qatori sifatida qaraladi. Ishlab chiqarish omillari tarkibiga kiruvchi mehnat ashyolari va ularning cheklanganligi, avvalo, ulardan foydalanishni to'g'ri va maqsadli boshqarishni talab etadi. Resurslar yoki mablag’lar cheklanlanganligi bevosita ular zaxirasining tugashini va chegaralanganligini tavsiflaydi. Bu qatorga bevosita moddiy resurslarning barcha qatorlarini yoki elementlarini kiritish mumkin. Resurslar yoki mablag'larning cheklanganligi ulardan tejab tergab va samarali foydalanishni talab etadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy samaradorligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlardan yana biri – bu ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxining tahlili hisoblanadi. Mahsulot tannarxi mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha bevosita va bilvosita xarajatlardan tashkil topadi. Amaldagi tartibga muvofiq uning tarkibi quyidagilardan iborat bo'ladi: • bevosita va bilvosita tavsifdagi moddiy xarajatlar; • bevosita va bilvosita tavsifdagi mehnat haqi xarajatlari hamda ijtimoiy ajratmalar; • bevosita va bilvosita tavsifdagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiya ajratmalari; • bevosita va bilvosita tavsifdagi boshqa xarajatlar. Mahsulot tannarxini tahlil etishdan asosiy maqsad uni kamaytirish yuzasidan korxonada mavjud bo'lgan ichki imkoniyatlarni aniqlash va foydani o'stirish yuzasidan xarajatlarni to'g'ri va o'rinli boshqarishning shartlarini belgilashdir. Bunda bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va ularning o'zgarish sabablariga ahamiyat beriladi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilgan barcha o'zgaruvchan va o'zgarmas xarajatlarning o'zgarish sabablarini belgilangan me'yorlar va baho o'zgarishlari asosida o'rganish mumkin. Mahsulot tannarxini tahlil etishda muhim iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlariga baho beriladi. Ular quyidagilardan iborat bo'ladi: • bir so'mlik mahsulotga to'g'ri keladigan moddiy aylanma xarajatlar; • ish haqi va ijtimoiy ajratmalar; asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, boshqa xarajatlar; mahsulotning jami xarajat sig'imi; • o'zgaruvchan xarajatlar; • o'zgarmas (doimiy xarajatlar); Bir so'mlik mahsulotga to'g'ri keladigan xarajat ko'rsatkichlari quyidagi bog'lanishlar bo'yicha aniqlanadi. 3.1.2.-jadval Download 494.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling