Ma’ruza mashg‘ulotlarining o‘quv materiallari mavzu: kichik biznes va tadbirkorlikning ijtimoiy, iqtisodiy


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyati samaradorligi tahlili


Download 494.02 Kb.
bet14/22
Sana16.06.2023
Hajmi494.02 Kb.
#1488919
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
5 Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ma\'ruza matni

3.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari faoliyati samaradorligi tahlili
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatining iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar sifatida quyidagi ko’rsatkichlarni et’irof qilishimiz mumkin:

  • mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishning muhim ko’rsatkichlari tahlili;

  • mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va ular unumdorligi tahlili;

  • asosiy fondlar va ulardan samarali foydalanishning tahlili;

  • moddiy aylanma boyliklardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining tahlili;

  • mahsulot tannarxining tahlili;

  • foyda va rentabellik ko’rsatkichlarining tahlili.

Ushbu ko’rsatkichlar tahlilini amalga oshirish natijasida kichik va xususiy korxonalar faoliyatining iqtisodiy samaradorlik darajasi qanday bo’lganligini ko’rishimiz mumkin.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlashda ayniqsa uning mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar samaradorligi asosiy ko’rsatkichlar qatorida turadi.
Korxonadagi mehnat resurslari – bu mavjud xodimlar tarkibini ifodalaydi. Xodimlar tarkibi esa ularning xizmat vazifalari va ish faoliyatining mazmuniga ko'ra tayinlanishini nazarda tutadi.
Korxonada band bo'lsan xodimlarni turli belgilar bo'yicha tarkiblash mumkin. Jumladan, ishlab chiqarishning tiizilishi bo'yicha - sanoat ishlab chiqarish xodimlari, boshqa tarmoq xodimlari, noishlab chiqarish xodimlari, band bo'lishiga qarab - doimiy ishchilar, mavsumiy ishchilar, xizmat vazifasi bo'yicha - ishchilar, xizmatchilar, ishlab chiqarishda qatnashuvchanlik darajasi bo'yicha - asosiy va yordamchi ishchilarga tarkiblanishi mumkin. Shuningdek, xodimlar yoshi, mehnat staji, jinsi, malakasi va ma'lumoti bo'yicha ham tarkiblanadi.
Korxonaning foaliyat natijaviyligi va samaradorligi ko'p jihatdan uning ishchi kuchi bilan qay daraja ta'minlanganligiga bog'liq. Shu ma'noda xodimlar va ularning sohibkorligi faoliyatni maqsadli boshqarishda muhim (shaxsiy) omil sifatida qaraladi.
Ishchi kuchi bilan ta'minlanganlik tahlilida xodimlarning rejaga va o'tgan yillarga nisbatan o'zgarishlari, mahsulot hajmini o'stirish yuzasidan mutlaq va nisbiy farqlar, xodimlar aylanishini tavsiflovchi ko'rsatkichlar o'rganiladi.
Mehnat resurslari harakatini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkich sifatida xodimlar qo'nimsizligi aniqlanadi. Xodimlar qo'nimsizligi quyidagi bog'lanishda aniqlanadi:
Xs
Kkun. = ;
X
Bunda: Kkun- xodimlar qo'nimsizligi koeffitsienti;
Xs- korxona va umumjamiyat tavsifda bo'lmagan sabablar tasirida ishdan bo'shaganlar soni;
X- xodimlarning o'rtacha ro'yxatdagi soni.
Mehnat unumdorligining o'sish darajalari va dinamikasiga baho berishda uning o'zgarishiga ta'sir etuvchi quyidagi qatorlarga alohida ahamiyat beriladi:

  • intensiv omil;

  • ekstensiv omil;

  • ishlab chiqarishning texnik-texnologik holati;

  • mehnat unumdorligmmg o'sishi;

  • mahsulot hajmining uni ishlab chiqarish vaqti va sifatiga ta'sir etmagan holda oshirishga;

  • mahsulot birligiga mehnat sarfining kamayishiga;

  • mahsulot ishlab chiqarish va tovarlar aylanish vaqtini qisqartirishga;

  • hajm va foyda me'yorini oshirish imkonini beradi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida mehnat unumdorligini aniqlash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanamiz:
3.1.1.-jadval

Download 494.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling