MA’ruza materiallar 1 mavzu. Kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanining maqsadi va vazifalari


Download 387.35 Kb.
bet2/4
Sana19.05.2020
Hajmi387.35 Kb.
#107975
1   2   3   4
Bog'liq
коврак


3-ILOVA

Uyushma faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq chora –tadbirlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirishga ko’maklashish bo’yicha ishchi guruhi.



TARKIBI

1. N.J. Bakirov O'zbekiston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi raisi. Ishchi guruh rahbari

2. T.A. Jalilov "O'zbekoziqovqatxolding" xolding kompaniyasi raisi, Ishchi guruh rahbari o'rinbosari

3. M.T. Anorboyev O'zbekiston fermer dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o'rinbosari

4. A.X. Abdullayevm Yer resurslari, geodeziya. kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi raisi

5. A.Q. Shodmonov O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vaziri

6. A.E. Ravshanov -Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo'jaligi, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash masalalari ATD mudiri

7. S.S. Xodjayev Aktsiyadorlik tijorat banki "Agrobank" boshqaruvi raisi

8. I.K. Ergashev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'simliklar karantini davlat inspektsiyasi boshlig'i

9. A.A. Abdullayev "O'zagroesport" aktsiyadorlik jamiyati raisi vazifasini bajaruvchi

10. A.I. Mamatkarimov "Shifobaxsh" dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi bosh direktori

11. Lavozim bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo'jaligi masalalari bo'yicha o'rinbosarlari

Izoh. Ishchi guruh a'zolari boshqa ishga o'tganda guruh tarkibiga ushbu lavozimga ishidan tayinlangan yoki tegishli funktsiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxs kiritiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 martdagi PQ-3617 qaroriga



4-ILOVA

2018-2021 yillarda kovrak plantatsiyalarini tashkil etish va uning xom ashyosidan tayyor eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish



PARAMETRLARI


Т/r

Hududlar nomi

2018 2021 yillarda ekiladigan maydon, ga da

Yillari

2023-2026 yillarda olinadigan hosil, tonna

Yillar

2018

2019

2020

2021




2023

2024

2025

2026

1.

Surxandaryo viloyati

8000

1000

1500

2500

3000

2184

120

300

600

1164

2.

Qashqadaryo viloyati

1000

150

250

300

300

252

18

48

84

102

3.

Navoiy viloyati

500

50

100

150

200

114

6

18

36

54




Jami

9500

1200

1850

2950

3500

2550

144

356

720

1320

Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2018 yil 20 mart.

2. Kirish. Fan haqida umumiy tushincha. Fanining maqsadi va vazifalari

Tabobatda odatda tarkibida bemor organizmiga ijobiy ta'sir etuvchi biologik faol moddaga ega bo'lgan o'simlik organlari ishlatiladi. Dorivor vositalar sifatida o'simliklarning ildizi, bargi, po'stlog'i, guli, mevasi, shirasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.Dorivor o'simliklarning bu qismlari turli vitaminlar, moylar, efir moylari, oqsil, kraxmal, polisaxaridlar, karbon suvlar, organik kislotalar,tanidlar (oshlovchi-moddalar), glikozidlar, saponinlar, mikroelementlar,mineral tuzlar, molalar-elimlar va fitontsidlik xususiyatlarga ega bo'lgan moddalarga juda boy. Bu moddalar nafaqat inson organizmi uchun foydali elementlar hisoblanadi, balki o'simlik hayoti va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan funktsiyalarni bajaradi.

Biz fikr yuritmoqchi bo'lgan kovrak (ferula) o'simligining asosan yelimi-ildizidan olinadigan smolasi (shirasi) amaliyotda ishlatiladi. Ushbu qo'llanmada kovrakning respublikamizda tarqalishi, ahamiyati, ulardan halq xo'jaligida foydalanish imkoniyatlari, smolani tayyorlash usullari va uning tabiiy zahiralaridan oqilona va unumli foydalanish,ekib sanoatbop plantatsiyalarini ko'paytirish imkoniyatlari to'g'risida so'z yuritiladi.

Kovrak smolasini yig'ishda hozirgacha hech bir kishi belgilangan yo'riqnomadan foydalanmayapti. Bundan tashqari, aynan yig'ilishi lozim bo'lgan sassiq kovrak hayotiy shakliga ko'ra bir marotaba gullaydi va meva berib, keyin nobud bo'lib ketadigan-monokarp o'simlik hisoblanadi. Ya'ni undan ayovsizlarcha foydalanish oqibatida ushbu o'simlik turining maydonlari yil sayin qisqarib bormoqda. Bu tashvishli holat. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasida belgilanganidek, «Yer, yer osti boyliklari, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boyligimiz, ulardan oqilona foydalanishimiz zarur va ular davlat muhofazasidadir».

Hozirgi kunda kovrakzorlar faqatgina tog'oldi maydonlarda, asosan o'rmon fondi yerlarida saqlanib qolgan, xolos.

Ma'ulumotlardan ko'rinib turibdiki, ayniqsa Ko'xiston kovragi keskin kamayib, hatto yo'qolib ketish xavfi tug'ilmoqda. Birgina Dehqonobod DO'X misolida ko'radigan bo'lsak, ushbu tur 2010 yilda 11600 gektar bo'lgan bo'lsa, 2018 yilga kelib bu ko'rsatkich 4700 gektarga tushib qolgan yoki 7-8 yilda qariyib 60 foizga kamayib ketgan.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktyabrdagi “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o'tish tartibi to'g'risida”gi 290-son va 2018 yil 31 martdagi “Tabiatdan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatishning ayrim ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida”gi 255-son qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi (keyingi o'rinlarda O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi deb ataladi) O'simlik dunyosi ob'ektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma berishning quyidagi tartibini belgilaydi.

2018 yil 1 apreldan boshlab O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi o'rmon fondi yerlarda Qizil kitobga kiritilmagan o'simlik turlarini yig'ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnomani yuridik va jismoniy shaxslarning faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali qilgan murojaatlari asosida beradi.

Ushbu qaror yuridik va jismoniy shaxslarga (keyingi o'rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) o'simlik dunyosi ob'ektlaridan maxsus foydalanishga ruxsatnoma (keyingi o'rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilaydi.

Ushbu qarorning amal qilishi Qizil kitobga kiritilmagan o'simlik turlarini yig'ish (tayyorlash)tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnomalar olish uchun tatbiq etiladi.

Ruxsatnomalar joriy yil uchun belgilangan kvotalar doirasida beriladi.

Qizil kitobga kiritilmagan o'simlik turlarini ruxsatnoma olmasdan yig'ish.(tayyorlash)tabiiy muhitdan ajratib olish taqiqlanadi. Lekin ayrim tadbirkorlarning talabiga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 iyulda “O'zbekiston Respublikasi o'simlik dunyosiga yetkazilgan zarar uchun undiriladigan jarima miqdorlarini hisoblash taksalarini tasdiqlash to'g'risidagi” va 2004 yil 28 oktyabrdagi “Biologik resurslardan oqilona foydalanish, ularni O'zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to'g'risida”gi qarorlariga asosan kovrak o'simligining smolasini yig'ishga kvota ajratish belgilangan. Tadbirkorlarimiz esa o'z vaqtida bunday imkoniyatdan unumli foydalana olmayaptilar. Chunki kovrak smolasining risoladagidek qilib yig'ishdan ko'ra, kim o'zarga yig'ishni afzal bilmoqda. Ya'ni bu o'simlik xom ashyosini pala-partish yig'ib olgach, o'zlari tayyor mahsulot holida ishlay olmaydi va xorij firmalariga sotishadi. Tadbirkorlar ko'ziga mo'maygina pul bo'lib ko'ringan xom ashyo xorijda qayta ishlangach, o'n barobarga qimmatlashib, o'zimizga va jahon bozoriga chiqadi. Shuning uchun ham yangi tashkil etilgan O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi bu borada xorijiy investorlarni jalb qilgan holda qayta ishlovchi korxona va zavodlarni qurishni tashkillashtirish bo'yicha ishlarni olib bormoqda.

Bu oilaga kiradigan o’simliklarning ko’pchilik qismi o’rganilgan o’simliklar bo’lib chala-buta va buta o’simliklar kam uchraydi. O’tsimon o’simliklari asosan Shimoliy yarim sharning mutadil iklim zonasida, buta va chala-butalar esa tropik va subtropik mamlakatlarida o’sadi.

Barglari navbat bilan joylashgan, yonbargchasini chetlari tekis yoki bir nechta joylaridan chuqur qirqilgan bo’lib, poyani atroflari bilan o’rab olgan. Poyaning yer ustki qismining ich kovak, unda moy yo’llari mavjud. Bo’g’im va bo’g’im oraliklari ajralib turadi.

Gullari mayda, soyabonsimon to’p gullarga tuplanadi. Murakkab soyabonning asosida ham shunday kichik o’ramchalar bor. Soyabon guli o’simliklarning ba'zilarida bunday o’rama va o’ramachalar bo’lmaydi yoki ikkalasidan bittasi bo’ladi.

2-O'rama va o’ramachalarning shakli kattaligi va nay holda joylashganligi o’simliklarni to’g’ri aniqlashga (sistemaga solishga) imkon beradigan muhim belgi hisoblanadi.

Gullari oktinamorf ikki jinsli, ba'zan bir jinsli (bir yoki ikki uyli) lari ham uchraydi. Ba'zi bir usimliklarda tup gullarni chetidagi (atrofidagi) tashki tojbarglar ichkaridagilarga nisbatan yirikroq bo'ladi.

Gul kosachalari juda ham reduktsiyalangan; kosachasi besh tishli, gul tojisi esa besh tojibargli bulib, changchilari ham beshta. Urug’chisi 2ta mevacha bargdan tuzilgan. Tugunlari ikki uyali, ikki ustunchali, ostki bo'lib, har qaysi ustunchaning asosini nektardan o’rab turadi.

Gullari proterioangriktipda (otaligi onalikdan oldin etiladi), hashoratlar yordamida chetdan changlanadi.

Mevasi qo'sh pista yoki osilma mevachadan iborat( yetilgan meva ikki mevachaga bo’linib umumiy poyaga osilib turgani uchun shu nom bilan yuritiladi).

Soyabonguldoshlar oilasi 3500 taga yaqin turlarni o’z ichiga oladi va 250 turkumdan iborat. Ular deyarli butun yer yuziga tarqalgan. MDH Davlatlarida bu oila vakillarining 750 turi uchraydi. Ular 147 turkumga mansubdir. Bu oilaning katta ahamiyatga ega bo’lganturlari va turkumlari quyidagilardan iborat:bular sabzi,kashnich, petrushka, ukrop, zira, seldor, kovrak va boshqalar.



Kovraklar - Ferula L. - turkumi.

Bular asosan ko’p yillik o’simliklardir, tarkibida efir moy va smola miqdori kup buladi. Turkumning yer yuzida 160 dan ziyod turlari uchraydi. MDH (Sobiq SSSR) mamlakatlarida 110 turi O’rta Osiyo respublikalarida esa 104 turi uchraydi.

Turkum vakillarining ko’pchilik qismi o’sish va rivojlanish xususiyatlariga ko’ra, efimeroidlar guruhiga mansub o’simliklardir (Ya'ni qisqa vegitatsiya davri va uzun noqulay sharoitdagi tinim davriga o’tish uchun moslashgan o’simlik).

Mazkur turkumning vakillari hayotiy shaklini o’tashi bo’yicha ikkita biologik (monokarb va polikarb) guruhga ajraladi.



Ferula L. Turkumi vakillari monokarb va polikarb, o’qildizli o’t o’simliklar hisoblanadi. Ular odatda baland bo’yli va yog’on poyali hamda yaxshi rivojlangan o’q ildizga ega bo’lgan o’smliklardir. Barglari yirik, to’pbarg, barg plastinkasi uchbo’lakli, yana bu bo’lakchalar o’z navbatida orasidan ikkiga bo’lingan. Poyalari yiriki g’ovak bo’gim va bo’g’im oralig’i ajralib turadi. O’simliklarning umumiy balandligi 1-2 metrgacha yetadi.

Generativ organizmlarning uzunligi o’simlik turi va o’sish sharoitiga qarab har xil uzunlikda bo’ladi. Gullari mayda soyabon tup gullarga to’plangan. Gullari antinomorf, ikki va ba'zan bir jinsli. Gul kosachasi reduktsiyalangan; kosachasi 5 tishli, gultojibargi beshta, changchilari ham 5 ta. Gullari hashoratlar bilan changlanadi. Mevalari va urug’lari qo’sh pista osilma mevachadan iboratdir.

Kovrak o’simligining mahalliy aholi o’simlik turiga qarab sassiq kovrak, rova, rovshak, kamol, murcha kamol vaboshqa nomlar bilan atashadi.

Smola olish uchun asosan 10 ta turi ishlatiladi. Bular F. Foetida-sassiq kovrak, F.Taolshik orum - Tojik kovragi, F. kuhistanica - Kuxiston kovragi va boshqalar.

Sassiq kovrak balandligi 1,5-2 metrga chayetadigan ko’p yillik o’t o’simlik, ildizi yo’g’on 15 sm gacha yetadi, lavlagisimon chuqurda joylashgan. O’simlik poyasi 7-8 yildan so’ng birinchi marta o’sib chiqadi va gullaydi. Poyasi tik o’suvchi yog’on ichki qismi kovak, yuqori qismi shoxlangan.

Barg bo'laklari cho'zinchoq yoki lantsetsimon. Poyadagi barglari maydaroq tashqi tomoni juda ko’p tuklar bilan qoplangan bo’lib, poyada qini bilan ketma-ket joylashgan. Gullari murakkab soyabonga to'plangan, ochsariq, kosachasiz, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali pastda joylashgan. Mevasi ikki bo'lakli donacha-pista.

Mart - Aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel-may oylarida pishib etiladi. O’simliklarning yer ustki qismlari o’sish muhiti va ob-havo sharoitiga qarab 1,5-2 oy faoliyat ko’rsatadi.

Kuxiston kovragi- bo'yi 1,5-2 metrgacha yetadi, ildizi yo'g'on 15 sm gacha yetadi, lavlagisimon chuqur joylashgan. O'simlik poyasi 7-8 yildan so'ng bir marotaba o'sib chiqadi va gullaydi. Poyasi tik o'suvchi,yo'g'on, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Barg bo'laklari cho'zinchoq yoki lantsetsimon. Poyadagi barglari maydaroq, tashqi tomoni juda ko'p tuklar bilan qoplangan bo'lib, poyada qini bilan ketma-ket o'rnashgan. Gullari murakkab soyabonga to'plangan, och sariq, kosachasiz, tojbargi 5 ta,otaligi 5 ta,onalik tuguni ikki xonali pastda joylashgan. Mevasi ikki bo'lakli donacha. Mart-aprel oylarida gullaydi, mevasi aprel-mayda pishib yetiladi.O'simlikning yer ustki qismlari o'sish muhiti va ob-havo sharoitga qarab 1,5-2 oy yashaydi.

Adabiyotlar.

1) L.K. Safina, M.G.Pimenov. Ferila Kukaxistanizd. Nauka Almata 1984 god 100-str.

2) Flora Uzbekistana, Flora Tajikistana.

2 - MAVZU. KOVRAK O'SIMLIGINING BIOEKOLOGIK VA BIOMORFOLOGIK XUSUSIYATLARI. KOVRAK O'SIMLIGINING GEOGRAFIK TARQALISHI.
Reja:

1. Ferula L turkumi turlarining floristik okruglar bo'yicha tarqalishi

2. Ferula L turkumi turlarining tik mintaqalar bo'yicha tarqalishi
Tayanch so'zlar:

(FERULA L. Turkumi nomini birinchi marotaba Turnefort (Tournefort, 1700), keyinchalik K. Linney ta'riflab, u 9 turga ta'rif beradi. Linneus, 1753. Hozirgacha bu nomenklatura saqlanib qolgan (Ferula so'zi – tik qomatli ma'nosini beradi).

Turkum tuzilishini o'rganish bo'yicha ko'pchilik taniqli olimlar o'z hissalarini qo'shganlar (Boissier (1872), Regel, 1878; 1882; Drude, 1898;iPolyanskiy, 1914; 1934; Korovin, 1939;; Regel, 1878; Polyanskiy, 1914; 1934; Korovin, 1939; 1942; 1947 va b.q.)
FERULA L. turkumini, birinchi klassifikatsiyasini Boissier (Boissiyer, 1872) o'simlik mevasining chekkalaridagi sekretor kanallarining soniga, gultojbarglarning xarakteriga qarab barcha turlarni uch guruhga: Peucedanoides, Euferula, Scorodosmaga ajratilgan.

Yer yuzida tarqalgan Apiaceae oilasi shuningdek Ferula L. turkumini o'rganishda akadimek Ye.R. Korovinning xizmatlari kattadir. U 50 dan ortiq yangi turlarga taьrif berdi. Ferula L. turkumi haqida ajoyib monografiya yaratib, 133 turning to'liq sistemasini yaratib, ularni 6 ta kenja turkum, 9 ta sektsiya va 8 ta guruhga (gruppaga) ajratildi.



Ferula L. turkumi turlarining sobiq SSSRda 96 turi, Turkmanistonda 18, O'zbekistonda 38, Qozog'istonda 48, Tojikistonda 38, Qirg'izistonda esa 32 turi o'sishi qayd qilingan (Korovin,! 951; 1950; 1969; 1963, Korovinvab., 1984; Golovkova, 1959).

Apiaceae L oilasining tuzilishini o'rganishda yangi turlarga ta'rif berishda yirik monograf olim M.G. Pimenovning ham roli kattadir. U O'rta Osiyo soyabonguldoshlarining taksonomiyasi va filogeniyasi masalalari bilan shug'ullanib, 9 yangi turkum, 42 yangi turlarga, shu jumladan 10 yangi kovrak turiga ta'rif berdi (Pimenov, 1983). Sobiq Ittifoqda tarqalgan kovrak turlarini 33ta tanlab olingan belgilar asosida klassifikatsiya yaratdi.

Shuni ta'kidlash lozimki, M.G. Pimeniovning yangi klassifikatsiyasi E.P. Korovin klssifikatsiyasidan tubdan farqqiladi. Bunda fandagi yangi nomenklatura va xemosistematik ma'lumotlari hisobga olingan. Unga ko'ra Ferula L. turkumi 18 sektsiyaga, ularning ba'zilari kenja sektsiyaga ham bo'lingan. Uning sstematikasi E.P. Korovmdan keyingi yangi materiallar asosida yaratilgan.

Shunday qilib, Ferula L turkumining sistematikasi to'liq yaratilgan deb bo'lmaydi, fanda yangi-yangi turlar aniqlanmoqda (Hasanov, Tojiboyev).

Hozirda O'rta Osiyoda 110 Ferula L. turkumi turlari uchrashi aniqlangan (Rahmonqulov, 1999).


1. FERULA L. TURKUMI TURLARINING FLORISTIK VOHALAR (OKRUG) BO'YIChA TARQALIShI

Turlar soni bo'yicha Ferula L. turkumi Apiaceae L. oilasi ichida yetakchi o'rinda turadi. Ularning vakillari asosan qadim O'rta Yer dengizi hududilarida joylashgan. Turlar sonining ko'pligi jihatidan Ferula L. turkumi O'rta Osiyoda yetakchi o'rinda turadi, ayniqsa, O'rta Osiyo tog'larida u ko'p soni (96 tur) tashkil qiladi.



Ma'lumki, O'rta Osiyo Golarktik dunyoga (TSarstva), O'rta Yer dengizi kenja olamiga, Eron-Turon oblastiga, Afg'on-Turon provintsiyasiga kiradi (Kamelin, 1990). Ushbu rayonlashtirish bo'yicha turkum vakillarining rayonlar bo'yicha tarqalishini quyidagi jadvalda ketirilgan (4.2-jadval).
4.2-jadval


Т.r

Floristic voha

Tur

Endem turlar

Soni

Tur soniga nisbatan%

Soni

Umumiy tur soniga nisbatan %

1

Cho’l

15

15,65

-

-

2

Qoratog’

22

22,93

3

3,12

3

Ugam-Chotqol

28

29,17

5

5,21

4

Mo’g’iltog’-qurama

16

16,57

4

4,17

5

Qirg’iz-Alatov

13

13,84

-

-

6

Farg’ona

16

16,67

3

3,12

7

Farg’ona-Oloy

15

15,62

1

1,04

9

Nurota

15

26,4

2

2,08

10

G’arbiy xisor

5

15,62

-

-

11

Panj

4

5,27

-

-

12

Hisor-darvoz

18

18,75

1

1,04

13

Qorategen

9

9,28

-

-

14

Badaxshon

8

8,33

-

-

15

Kopet-dog’

9

9,38

-

-

16

Tog’li O’rta Osiyo

96

100

71

75,96

17

Pomir Oloy

42

43,75

20

20,83

18

Tayanch-shan

57

57,29

30

31,25

19

G’arbiy tyanshan

55

57,29

28

29,10

(Izoh: *) - 6 okrug G'arbiy Tyan-shan okruglari chegarasida, Kamelin (1990).

Jadvaldan ma'lumki, O'rta Osiyoda 110 Ferula L. turkumi turlari uchrasa, Tog'li O'rta Osiyo hududida 96 tur, G'arbiy Tyan-shanda 55, G'arbiy Pomir-Oloy tog'larida esa 42 tur o'sadi. Endemik turlar G'arbiy Tyan-shanda 28, G'arbiy Pomir-Oloyda 20 tur uchraydi.

Floristik okruglar bo'yicha eng ko'p uchraydigan Ferula L. turkumi turlari Ugom-Chotqol va Ko'histon okruglarida bo'lib, ular 28-25tadan, eng kam tur G'arbiy Hisor va Panj okruglaridadir (5-4).

G'arbiy Tyan-shan hududida 28 polikarp, 27 monokarp turlar uchraydi. Tyan-shanning floristik okruglari bo'yicha Ferula L/ turkumi turlari Ugom-Chotqol va Qoratog'da eng ko'p (26-28), Qirg'iz va Farg'ona okrugida esa eng kam (13-16) tur uchraydi.

Ferula L. turkumi turlarining O'rta Osiyo floristik okruglari bo'yicha tarqalishi bir xil emas. G'arbiy Tyan-shanda 55 tur o'sib, shundan 28 turi endemikdir.

Okruglar bo'yicha O'rta Osiyo turlarning tarqalishi bo'yicha Ugom-Chotqol okrugida 28 tur uchrab birinchi o'rinnni egallaydi. Undan keyin Ko'histon (25 tur), Qoratog' (22 tur) okruglaridir. Eng kam tur Panj okrugida uchrab, unda atigi 4 tur uchraydi.

Shuni ta'kidlash lozimki, Tog'li O'rta Osiyo va unga tutash hududlarda nafaqat ko'p tur uchraydi, balki endem turlarga ham boyligi bilan xarakterlanadi. Bu Ferula L. turkumining ayrim vakillari avtoxton (evolyutsiya jarayorida shu joyda paydo bo'lib, shu kungacha o'sib kelayotgan o'simliklar) holda chiqib kelganligidan darak beradi (Korovin, 1938; 1941; 1951; Popov, 1963; Pimenov, 1983; Rahmonqulov, 1999).

G'arbiy Tyan-shanning floristik okruglari bo'yicha Ferula L. tukumi turlarining tarqalishi

TOG'LI O'RTA OSIYO floristik okuruglari bo'yicha Ferula L. turkumi turlarining umumiyligi G'arbiy Tyan-shan o'z tarkibiga 6 floristik okrugni o'zichiga olib, unda 55 Ferula L. turkumi turlari uchraydi. Shundan 28 polikarp turdan 17 tasi endemik, 27 monokarp turdan 11 turi endemik turlardir (Rahmonqulov va b., 1981).

Tog'li O'rta Osiyoga nisbatan G'arbiy Tyan-shan Ferula L turkumi turlarining umumiyligi shuni ko'rsatdiki, hududdagi 6 okrugda ulaning tarqalishi 16 dan (Mog'oltog'-Qurama) 43 (Qirg'ziston) va 54 (Ugom-Chotqol) gacha borib, o'rtacha 31 turni tashkil qiladi. Qolgan 9 okruglarda quyidagicha taqsimlangan: maksimal turlar soni Farg'ona- Oloy va Ko'histon okruglarida (15 va 18), 5 dan 8 tagacha G'arbiy Hisor va Nurotada tarqalgan. Eng kam tarqalgan turlar Hisor-Darvoz, Qorategin va Vaxsh okruglariga to'g'ri kelib, bu hududlarda atigi bittadan tur tarqalgan. O'rtacha 9 okrugga atigi 16 ga yaqin tur to'g'ri keladi.

G'arbiy Tyan-shan hududida tarqalgan Ferula L. turkumi turlarining eng ko'p umumiy o'xshash turini Ugom-Chotqol va Qoratog' okruglari (13) va Ugom-Chotqol va Qurama (11) tashkil qiladi. Ugom- Chotqol va Farg'ona hamda Farg'ona va Farg'ona Oloy okruglarida bu miqdor 10-11 ni tashkil qiladi.

G'arbiy Tyan-shan floristik okruglarining O'rta Osiyo tog'li hududlari okruglari bilan solishtirganda quyidagi natija berdi: Eng ko'p o'xshashlik Ugom-Chotqol va Farg'ona okrugi - 9 tur, shuningdek, Farg'ona va Farg'ona-Oloy (11) okrug hududidadir. Ikkinchi o'rinda Ugom-Chotqolning Ko'histon, Nurota okruglari 7 tadan umumiy turga ega. G'arbiy Tyanь-shanь okruglaridan tashqari 9 okrugdan 3 okrugida bironta ham umumiy tur mavjud emasligi aniqlandi.

Shu narsani ta'kidlash lozimki, 2 okrug — Qirg'iz va Farg'ona okruglari Kopet-Dog' okrugidan tashqari barcha okruglarda deyarli bir xil turlarga egadir.

Ferula L. turkumi turlarini G'arbiy Tyan-shanda tarqalishini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, G'arbiyTyan-shan hududida quyidagicha guruhlanadi:

1. Faqat G'arbiy Tyan-shanda tarqalgan turlar - 28;

2. Qoratog'da- 2 (F. pachyphtlla, F. eremophilia).

3. Ugom-Chotqol okrugida - 4 (F. gypsacea, F. xeromorpha, F. talassica, F. czatkalensis).

4. Mo'g'ultog'-Quramada tarqalgani- 4 (F. litophilla, F. conocaula, F. mogoltavica, F. Iatiloba).

5. Farg'ona okrugida - 3 ta (F. aitschisoni, F. rubroarenosa, F. foliosa).

6. Qirg'iziston okrugida endemikturlaruchramaydi.

Ferula L. turkumi turlarining areal tiplari bo'yicha tarqalishi quyidagicha:

1. Eron-Turon-Tog'li O'rta Osiyo tipi - 1 (F. ovina).

2. Turon G'arbiy Tyan-shanda- 9 (F. schtschurowskiana, F. vi irl, i. i Joetida, F. karelini, F. syreitschikovi, F. lehmannii, F. Inin iimica, F canescens, F. karataviensis).

3. Kopet dog'-(G'arbiy Tyan-shan G'arbiy Pomir-Oloy -1 F. diver ilvlnain

4. G'arbiy Tyan-shan turlari 28 (F. leucographa, F gvpsacea, F. pallida, F. Iermnphilla, F. tenuisecta, xeromorpha, F. kiyalovii, F. litophila, F rubroarenosa, F.czatkalensis, F. renardi, F. aitschisoni, I conocuula, F. minkwitzae, F. mogoltavica, F. Iatiloba, I funlpt rlna, F. tschuiliensis).

5. G'arbiy Tyan-shan - Pomir-Oloy tip - 8 (F. lipskyi, F. korsinsyi, /• kiihlstanica, F. angrenii, F. ferganensis, F. lapidosa, F. kelleri, F. Iieniilneivls).

6. G'arbiy Tyan-shan - Pomir - Oloy – Jungar tip - 1 (F. transtllenxk).
7. G'arbiy Tyan-shan - Jungor - Muyunqum - 4 (F. feruleoide, F leiophilla, F. dissecta).

8. Tyan-shan — G'arbiy Tyan-shan— 4 (F. akitschkensis, F. tschuiliensis, F. dissecta, F. fedoroviorum).


2. FERULA L. TURKUMI TURLARINING TIK MINTAQALAR BO'YICHA TARQALISHI

Akademik Q.Z. Zokirov klassifikatsiyasi bo'yicha G'arbiy Tyan- shanda Ferula L. turkumi turlarinmg tarqalishi quyidagicha: cho'lda - 13 tur, adirda - 15 tur, tog'da - 25 tur va yaylovda faqat 1 tur tarqalgan.

F. tenuisecta, F. samarkandica, F. kuhistanica adirdan to yaylovgacha, F. renardi, F. transiliensis tog' va yaylovda tarqalishi kuzatildi.

Cho'l va adirda F. shtschurowskiana, F. eremophila, F. syreitschikovii, F. dissecta uchraydi.

Faqat cho'lda F. shtschurowskiana, F. eremophila, F. syreitschikovii, F. dissecta o'sadi .

Faqat adirda F. diversivittata, F. mogoltavica, F. lipski, F. conocaula, F. Tschuiliensis lar uchraydi.

Tog' hududida esa F. ugamica, F. talassica, F. czatkalensis, F. inceso-serrata, F. tschinganica, F. kelleri, F. lapidosa, F. ferganensis, F. foliosa lar tarqalgan.

Bu ko'rsatgichlar M.G. Pimenovning (1983) ma'lumotlarini tasdiqlaydi, ya'ni ziradoshlar oilasi, shu jumladan Ferula L. turkumi vakillarining ko'pchilik turlari tog'ning o'rta qismi (dengiz sathidan 700-2200m balandlik) da uchraydi. Yaylov uchun tipik kovrak turi mavjud emas.

Turkum turlarining asosiy qismi tog'da uchrashi O'rta Osiyo kovraklari uchun ham xosdir. Bunga sabab hududning shakllanish tarixiga, iqlimning geolog-ekologik xilma-xilligiga, keskin kontinentalligiga, tuproq qatlamining xilma-xilligiga, haroratning keskin o'zgarishiga bog'liq.

Tog'da janubiy qiyalikda siyrak o'simliklar guruhi, shimoliy qiyalikda daraxt va butalar bilan qoplanishi yerda salqin muhitni vujudga keltiradi (Sveshnikova va b.q,1956; Lavrenko, 1962). Natijada, Ferula L, turkumi turlarining xilma-xilligiga va o'zgaruvchanligiga olib keladi.

Bu R.V. Kamelinning (1973) bu o'rganilgan turlar avtoxton (evolyutsiya jarayorida shu joyda paydo bo'lib shu kungacha o'sib kelayotgan o'simliklar) yo'l bilan hosil bo'lganligi haqidagi fikrini yana bir bor tasdiqlaydi. Tog'li O'rta Osiyo hududi tur hosil bo'lishiga potentsial imkoniyatlar yaratganligini ko'rsatadi.


Download 387.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling