MA’ruza materiallar 1 mavzu. Kirish. Fan haqida umumiy tushuncha. Fanining maqsadi va vazifalari


Download 387.35 Kb.
bet3/4
Sana19.05.2020
Hajmi387.35 Kb.
#107975
1   2   3   4
Bog'liq
коврак


3 - MAVZU. KOVRAK O'SIMLIGINING XOM ASHYO ORGANLARI, KIMYOVIY TARKIBI VA ISHLATILISHI. KOVRAKDAN SMOLA OLISH USULLARI.

Reja:

1. Kovrakning kimyoviy tarkibini o’rganish bo’yicha olib borilgan izlanishlar.

2. Kovrak o’simligining ishlatilishi.

3. Mahsulotning kimyoviy tarkibi.

4. Kovrakdan smola olish usullari.

5. Smola olish muddatlari va sharoitlari.

Tayanch so'zlar: (Turkum, turlari, xom ashyo, seskviterpenoidli moddalar, terpenoidli kumarinlar, murakkab efirlar, seskviterpenli laktonlar, umbelliferon va b.q.).

1. Kovrakning kimyoviy tarkibini o’rganish bo’yicha olib borilgan izlanishlar. Ferula L/ turkumi Apiaceae L. oilasichida eng ko'p (185) turga ega bo'lib, O'rta Osiyo va Qozog'istonda ularning 110 ga yaqin turi uchraydi. Bu turkum turlari efir moyli, yem-xashak, asalchilik, shifobaxsh, kraxmal beruvchi, aromatik, ozuqabop va texnika o'simliklari hisoblanadi.



Ferula L. turkumi turlarining kimiyoviy tarkibi O'simlik moddalari kimyosi instituti olimlari G.K. Nikonov, A.I. Saidxodjayevva V.M. Malikovlar tomonidan chuqur o'rganishga kirishildi.

1970-1980-yillar davomida O'rta Osiyoda o'sadigan Ferula L. turkumi turlarining 50 tasini kimyoviy tarkibi o'rganilib, ulardan 250 ga yaqin terpenoidli moddalar ajratib olingan (Saidxodjayev va b.q, 1974; Sagitdinova va b.q, 1977, 1978; Meliboyev, Rahmonqulov, Saidxodjayev, 1980). Mualliflar Ferula L. turkumining 90 dan ortiq turlari tarkibida seskviterpenoidli moddalar uchrab, shundan 55 tur terpenoidli kumarinlar (56,0 %), 34 tur murakkab efirlar (35,0 %), 15 tur esa seskviterpenli laktonlar (20,0 %) uchrashini aniqladilar.

Hozirda 100 ga yaqin kovrak turlari seskviterpenoidli moddalar saqlashi aniqlandi. Bundan (54,7 %) kovrak turi terpenoidli kumarinlar, 40 (35,5 %) turi murakkab efirlar, 15 (12,4 %) tur seskviterpenli laktonlar saqlashi ma'lum bo'ldi.

O'rta Osiyoda uchrovchi Ferula L. turkumi turlarini kompleks o'rganish natijasida ulardan yangi-yangi dorivor preparatlar yaratilmoqda (Saidxodjayev va b.q, 1974; Meliboyev va b.q,1980; Malikov va b.q, 1998; Kurmukov, Axmedxodjayeva, 1994).

F. tenuisekta o'simligi estrogen (garmonlarni kayta tiklanuvchi) xususiyatga ega moddalar saqlashi aniqlandi va shu asosda ginekologiyada qo'llaniladigan tefestrol va veterinariyada ishlatiladigan panoferol preparatlari yaratildi.

Bu turkumning boshqa vakillari ham biologik faol moddalar saqlab, tibbiyotda qo'llanilmoqda. Masalan, F. varia o'simligi lyuteolin, D – glyukopiroanzoid saqlashi aniqlandi. Institut ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan ushbu moda pefritsizin nomi bilan klinik sinovlardan o'tmoqda (Maqsumova va b.q, 1993).

2. Kovrak o’simligining ishlatilishi.

Tibbiyotda ildizi va ildiz yelimi-smolasi qo'llaniladi. Ildizidan olingan yelim-smola (qurigan sut shirasi) - “Assa-foyetida” smolalardan, yelimdan, efir moyidan va boshqa birikmalardan (umbelliferon kumarin, ferula kislotasi va uning smola spirtlari bilan hosil qilgan efirlari) dan tarkib topgan. Yelim-smola efir moyi tarkibida o'simlikga sarimsoq hidi beruvchi organik sulfidlar, pinen, kumarinlar va boshqa birikmalardan tashkil topgan.

3. Mahsulotning kimyoviy tarkibi.

Yelim-smola tarkibi 9.35-65.15 % gacha smolalar, 12-48% yelim va 5.8-20% efir moyidan tashkil topgan. Smolalardan ferul kislotasi, asarezen, asarezenatanol, asarezinol va ularning ferul kislota bilan hosil qilgan efirlari hamda farniziferol va umbelliferon birikmalari ajratib olingan.

Efir moyi asosan organik sulfidlardan (65% gacha) tashkil topgan bo'lib, tarkibida pinen va oksikumarin ham bo'ladi.

Ildizi tarkibida 9% gacha smolalar bor. Smolada 0.4% gacha efir moyi bo'ladi.

Kovrakning yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, o'pka sili, o'lat, zaxm, ko'k-yo'tal, tish og'rig'i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun, hamda quvvat beruvchi, balg'am ko'chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo'llaniladi.

Kovrakning juda yosh novdalarini yanchib, qatiqqa qorib xavfli shishlar va zaxmga davo qilinadi. Yelim-smola tindirmasi (nastoykasi), emulsiya va xabdori holida astma, tomir tortish va asab kasalliklarida ishlatiladi.

Ilmiy meditsinada kovrak yelim-smolasi – “assa fetida” nomi bilan kukun, emulьsiya va tindirma (nastoyka) holida og'riq qoldiruvchi, balg'am ko'chiruvchi, yel haydovchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko'pgina davlatlar farmokopeyasiga kiritilgan.

Sharq mamlakatlarida Eron, Pokiston, Afg'oniston va Hindiston kovrak shirasi va ildizi oziq-ovqat sanaotida ziravor sifatida, kosmetika sanoatida attorlik vositalari ishlab chiqarishda ishlatiladi.

Buyuk tabib Ibn Sinoning fikriga ko'ra, «Kovrak urug'ining qaynatmasi (urug' huddi supurginikiga o'xshash malla rang, shakli ham shunga o'xshab ketadi) 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ona suti ko'payadi. Yelimi suvga qo'shib ichilsa, darhol ovoz chiqadi. Shirasiga anjir qo'shib yeyilsa, sariq kasalligini tuzatadi. Yelimiga murch, sirka qo'shib, yomon sifatli yaralarga surilsa, foyda qiladi. Soch to'kilishiga ham o'ta foydalidir. Kovrak bosh miya, skleroz, bronxit, astma, sariq kasal, ko'k yo'tal, diabetga davo, qon ketishini to'xtatadi. Ishtahani ochadi. Ildizi tomchilab siydik va buyrak og'riqlariga davo. Uch mahal qaynatmasidan 30 grammdan ichilsa, foyda qiladi (muddati 15 kun). Ildiz qaynatmasi barcha og'riqlarni bosadi. Bo'g'ilishni ketkazadi, og'riqni tuzatadi».

KOVRAKDAN SMOLA OLISH USULLARI

Kovrak ildizidan smola olish may oyidan boshlanib kuzgacha davom etadi, shuning uchun ham smola olish davrlari bahor va yoz fasllari davrlariga bo'linadi. Bahorgi bosqich bu tayyorgarlik ko'rish davri hisoblanada. Bu bosqichda yelim-smola tayyorlanadigan maydon belgilanib, kovrakni umumiy zahirasi aniqlanadi va yelim-smola olinadigan o'simliklar belgilanib chiqiladi. Kovrak, eslatib o'tganimizdek, monrokarp o'simlik bo'lganligi uchun barcha tupida poyasi bo'lmaydi. Shuning uchun ham o'simlikning ildizini poya va yer ustki barglardan tozalab, smola olishga tayorlash lozim. Buning uchun, kovrak ildizi atrofini 5 - 10 sm chuqurlikda va 20-25 sm kenglikda kovlab, ildizning tepa qismi ochiladi, yomg'ir suvlaridan himoya qilish uchun ariqcha ochib qo'yiladi



SMOLA OLISH TARTIBI

Ma'lumki, kovrakning ildizi yo'g'on, 1-1,5 metr va undan ham uzunlikga ega bo'lib yerga chuqur joylashgan, tashqi ko'rinishdan oqish va jigarrang ko'rinishda bo'lib, ildizining ichki tomonlari ko'pgina tomirlardan iborat bo'lib, bu tomirlardan sutga o'xshagan yelim-smola biologik aktiv modda ajralib chiqadi.

Kovrak ildizini ustki qismi ochilgandan so'ng, smola olish uchun kesib qo'yiladi va ildiz usti quyosh nuri va tashqi ta'sirlardan himoya qilish uchun maxsus kesilgan karton bilan berkitib qo'yiladi. Shu tariqa yelim-smolani ildizdan yuqori kesilgan tomon ko'tarilishga imkon yaratiladi, 5-6 kun o'tgandan so'ng,birinchi va uchinchi kesimda sifatli “donak” shirasi yig'iladi va to'plangan yelim yig'ishtirib olinadi, so'ng yana yangi joydan kesib qo'yiladi, mavsum davomida, o'simlik ildizining katta-kichikligiga qarab 20-30 marotaba kesish mumkin. Yozgi bosqichda ham smola tayyorlash ishlari xuddi bahorgi bosqich kabi davom ettiriladi, yozgi bosqichni bahorgi bosqichdan farqi shundan iboratki, yozda o'simlik poyalari va barglari qurib, ildizdan o'zlari ajraladi, qolgan ishlar xuddi bahordagidek davom etdiriladi. Mavsum tugagandan keyin har bir tupni ustini tuproq bilan yopib qo'yish kerak, keyingi yilga yana shira yig'ish uchun.

Ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, usti yopilgan o'simliklar maydonidan 80-85% shira beradi.

Bizning respublikamizda esa kovrak yelimni tayyorlash rasman 2006 yildan boshlandi. Shuning uchun ham kovrakdan smola-elim olish uchun birinchi navbatda kovrakni tabiiy biologik va ekspluatatsion zaxiralarini aniqlab, katta masshtabdagi xaritasini tuzib ulardan tabiatga zarar yetkazmasdan foydalanishni tashkil qilish, tabiiy sharoitda qayta tiklanishga imkoniyat yaratish kerak, tabiiy maydonlarda navbatma-navbat tayyorlash ishlarini amalga oshirni tashkil qilish lozim.

Shira tayyorlashda qo'yidagi qoidalarga rioya qilish kerak:

- smola-elimni yetilgan katta yoshdagi o'simlikdan olish tavsiya etiladi;

- biologik jihatdan yetilmagan 2-3 yoshli o'simliklardan smola-elim olinmasligi kerak;

- har bir maydonda 10 m2 maydondagi 5 ta yetilgan o'simlikdan uchtasidan yelim-smola olish lozim;

-tayyorlash davrida gullagan o'simlikdan mahsulot tayyorlashga yo'l qo'ymaslik

kerak, toki kelasi yillarda ko'payishlari uchun urug' olish maqsadida, har bir 400-500 m2 maydonda 2-3 tup gullagan va urug' boylagan o'simliklarni qoldirish maqsadga muvofiq.

Kovrakning tabiiy zaxiralarini kamayib ketishini oldini olishning yo'llaridan biri bu, kovrak o'sadigan tabiiy sharoitda ularni ekib plantatsiyalar tashkil etish orqali ko'paytirshdan iboratdir.

Buning uchun, yozda pishib yetilgan kovrak urug'idan tayyorlanib, tozalangan urug'ni kovrak o'sadigan maydonga qulda 5-10 sm chuqurchalar kovlab (qo'rg'oqchillik vaqtida 3,5 sm chuqurchalar) 1 donadan urug' qadab, ustini tuproq bilan yopib chiqish tavsiya qilinadi. 1 gektar maydonga 200 - 300 k mineral o’g'it kaliy-sulfat berilishi tavsiya etiladi.

1 - chi yil ekilgan maydonda 60 foiz ko'chat olishga erishiladi. Shu sababli 2 - chi yilda to'ldirish hisobiga ko'chatlar soni 100 foiz ta'minlanadi. 1 gektar maydonda o'rtacha 2500 dona ko'chat yetishtiriladi.

Bundan tashqari, kovrak o'sadigan tabiiy hududning ochiq yalanglik yerlar uni yaxshilab shudgorlab, tosh-shag'allar va begona o'tlardan hamda butalardan tozalab, egat olib, pushtalarga saralangan kovrak urug'larini kuzda va erta bahorda uyalab ekib chiqish maqsadga muvofiqdir.

Bunda 1 gektar maydonga 5-6 kg sara urug' sarflanadi, shu tariqa tabiiy sharoitlarda kovrak sanoat plantatsiyalarini tashkil etish mumkin. Tashkil etilgan plantatsiya maydonlarini chorva mollar payxon qilishidan asrash, yilning qurg'oqchil fasllarida sug'orish tadbirlarini o'tkazish, imkon boricha tashkil qilingan plantatsiya mahalliy va mineral o'g'itlar bilan ta'minlashni yo'lga qo'yish kerak.

Bunday tavsiya kovrak o'simligini biologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taklif qilinmoqda, chunki kovrak tabiiy sharoitda yetilgan urug'idan ko'payadi va keng maydonga tarqaladi.

Kelajakda mutaxassislar tomonidan kovrakning suvli maydonlarda bio-ekologik xususiyatlarini o'rganib,ularni madaniy holda ko'paytirish va yetishtirish muammosini hal qilish fanimiz oldidagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.

1 gektar maydonda 2500 dona sassiq kovrak o'simligi yetishtiriladi va ularning har biridan 7 yildan so'ng o'rta hisobda 100- 125 kg shira olinadi.
Xulosalar

1. Kovrak monokarp o'simlik bo'lib 7-8 yilda bir marotaba gullab urug' bog'laydi.

2. Respublikamizda kovrakning biologik va ekspluatatsion zaxiralarini aniqlab, katta masshtabdag xaritalarni tuzib uchastkalarga bo'lib har yili, navbatma-navbat shira olish ishlarini tashkil qilish lozim.

3. Kovrakning tabiiy qayta tiklanishi uchun sharoitlar yaratish kerak, shira olingan o'simlik ustini tuproq bilan ko'mish lozim.



4. Kovrakning plantatsiyalarini ularning tabiiy o'sish sharoitlarida tashkil etish maqsadga muvofiq, suhorilad igan dalalarda sanoat plantatsiyalarini tashkil etish uchunamaliy ilmiy tadqiqodlar olib borish tavsiya etiladi.

AMALIY DARS MAVZULARI.

1 - AMALIY MASHG`ULOT

MAVZU: Kovrak o`simligini taksonomik taxlil qilish. Kovrak o’simligini bioekologik va biomorfologik xususiyatlarini o’rganish.
O‘rta Osiyo, shu jumladan, Respublikamiz hududi shifobaxsh o'simliklarga boy o`lkadir. Foydali o'simliklar ichida Ziradoshlar (Apiaceae L.) oilasi vakillari alohida o‘rinni egallaydi. Bu oila ichida Ferula L. turkumi turlari eng ko‘p (180-200) turga ega bo‘lib, uning O‘rta Osiyo va Qozog‘istonda 110 dan ortiq, O'zbekistonda 50ga yaqin turlari uchraydi. Bu turkum turlari efir moyli, yem-xashak, shifobaxsh, kraxmal beruvchi, aromatik, ozuqabop va texnika o‘simliklari hisoblanadi.

Ferula L. turkumi turlari tarkibida smola (yelim), efir moylari saqlab, tibbiyotda, oziq-ovqat sanoatida, lak-bo‘yoq va ziravor modda sifatida qo'llaniladi. O‘simlik ildizidan olinadigan dorivor suyuqlik, o‘ta charchash (isteriya) ning oldini olishda, bundan tashqari, el haydovchi, balg‘am ko'chiruvchi vosita sifatida foydalaniladi. Ferula L turkumiga ta`lluqli turlardan olinadigan galban (galban, eron galbani) turli qizdiruvchi, surtma (plastir) lar tarkibiga kiradi.

Ferula L. turkumining ba’zi turlari - F. foetida, F. renardi, F. alliacea, F. angrenii, F. persica, F. szowitschiana ning yo‘g‘onlashgan ildizlari, yosh maysalari, barglari va urug'lari mahalliy aholi tomonidan iste’mol qilinadi. F. sumbul ning xushbo‘y hidli ildizi ham qandolatchilikda ishlatiladi. F. rigidula ning mevasi baliqchilik sanoatida konservani xushbo‘y qilish uchun foydalaniladi.

Ferula L. turkumi turlarining kimyoviy tarkibini sistematik o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga qarashli O'simlik moddalari kimyosi institutida dastlabG.K. Nikonov, V. Malikov, so‘ngra A. Saidxo'djayev va ulaming shogirdlari tomonidan 1970-yillardan boshlab o‘rganila boshlandi. U. Rahmonqulov va uning shogirdlari O‘rta Osiyoda uchraydigan Ferula L.turkumi turlarini turli hududlardan terib, ularni aniqlab, kimyogarlarga yordam berdilar.

1970 - 1980-yillar davomida O'rta Osiyoda uchraydigan Ferula L. turkumiga mansub 50 turning kimyoviy tarkibi o‘rganilib, ulardan 250 ga yaqin terpenoidli moddalar ajratib olingan (Saidxodjayev va b., 1974; Sagitdinova va b., 1977, 1978; Meliboyev, Rahmonqulov, Saidxodjayev, 1980). Ular Ferula L. turkumining 90 dan ortiq turlari tarkibida seskviterpenoidli moddalar, shundan 55 turi terpenoidli kumarinlar (56,0 %), 34 turi murakkab efirlar (35,0 %), 18 turi esa seskviterpenli laktonlar (20,0 %) borligini aniqladilar.

Ferula L. turkumi turlarini kompleks o‘rganish natijasida yangi- yangi dorivor preparatlar yaratilmoqda (Saidxodjayev va b., 1974; Melibayev va b., 1980; Malikov va b., 1998; Kurmukov, Axmedxodjayeva, 1994). F. tenuisecta o‘simligi estrogen xususiyatga ega moddalar saqlashi aniqlandi va shu asosda ginekologiyada qo'llaniladigan «Tefestrol» va veterinariyada ishlatiladigan «Panoferol» preparatlari yaratildi.

Ushbu preparatlarni ishlab chiqarishga joriy etish uchun bu moddalarni saqlovchi o'simliklarning tabiiy zaxiralarini aniqlash zaruriyati tug'ildi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun O`rta Osiyoning turli hududlariga tashkil qilingan ilmiy ekspeditsiyalarda qatnashib o‘simliklar xomashyosi sanoat miqyosida tayyorlashga yetarli ekanligini aniqladik.

Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda F. foetida, F. kuhistanica 0‘simliklarining ildizlaridan yelim (smola) olinib, har yili yuzlab tonna xomashyo tayyorlanib, chetga eksport qilinmoqda. Bu holat o'simlik zaxiralarining kamayib ketishiga olib kelmoqda. Xomashyoni eksport qilmasdan ushbu smoladan o‘zimizda yangi preparatlar yaratilsa va o‘simlik zaxiralaridan oqilona foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Ferula L. turkumi turlari nektar va perga (mum) beruvchi o'simliklar qatoriga ham kiritiladi. Bizning hisob-kitobimizga ko‘ra faqat G‘arbiy Tyan-shanda o‘sadigan Ferula L. turkumi turlarining 39 turi shira beruvchi o‘simliklardir, shundan 21 monokarp va 18 polikarp turlari asalarichilikda katta ahamiyatga ega.

Ferula L. turkumi turlari efir moyli (Kudryashev, 1932, 1938, 1942; Utkin, 1938; Kir’yalov, 1946; Goryayev, 1952; Lageryev, 1937), xusht’am-aromatik, smola (yelim) beruvchi (Utkin, 1942, Gluxov, 1952; Fyodorov, 1950; Hojimatov, 1991), shifobaxsh, kumarinlar, terpenoidlar, laktonlar saqlovchi (Bagirov, 1979; Abu Ali ibn Sino, 1956; Shreter, 1972; Kisilyeva va в., 1976), asalchil va perga beruvchi (Gluxov, 1952; Kartashova, 1955; Min’kov, 1974; Bulgakova, 1978; Hamidov, 1988), уemxashak (Korovin, 1934; Sovetkina, 1938; Larin va b., 1940; Troiakiy, 1950; Sidorenko, 1953; Karpov, 1954; Vixodsev, 1956; Granitov, 1964), oziqabop Markova va b., 1954; Rahmonqulov va b., |1981), texnika (Pavlov, 1942; Kiryalov va b., 1952) va kraxmal-qand beruvchi (Igolkin, 1938; Korotkova, 1942) o'simliklardir.

Ferula L. turkumi turlari har xil ekologik sharoitda o‘sishi tufayli ular yem-xashak o‘simligi sifatida ham ahamiyati katta. Turkumining 40 ga yaqin turlari muhim yem-xashak xususiyatiga ega bo‘lib, ayniqsa, F. tenuisecta, F. kuhistanika, F.foetida, F. foetidissima, F. dshizakensis, F. akllschkensis, F. ferganensis, F. schurovskiana, F. ugamica, F. karalavika, F. ovina, F. tschlmgamca, F. prangifolia, F. btvinoviana, F. ferulaeoides, F. pennmervis, F. rubroarenosa va F. kokanika turlari har xil o‘simliklar guruhida edifikator va subedifikator sifatida uchrab muhim ahamiyat kasb etadi.

Ferula L. turkumi turlarining urug`lari oziqabop konsentrat hisoblanib, uni qorako‘l qo‘ylari, otlar, tuyalar yozda va qishda sevib iste’mol qiladilar.

S.M. Karpov (1954) ma’lumotlari bo‘yicha F. akitschkensis o‘simligi 14,34 % protein (hazm bo‘ladigani), 9,7 % yog‘, 16,9 % klechatka saqlaydi. Turkum turlarining mevasi oqsil moddalarga boy bo'lganligi uchun ulardan parrandalarni semirtirishda foydalaniladi (Utiyaganova va b., 1973).

O'zbekistonda uchraydigan 50 dan ortiq Ferula L. turkumi turlarining uchdan bir qismi endemik turlar hisoblanib, ba’zilari ma’lum hududdagina uchraydi. Masalan, F. nuratavica faqat Nurota tog` tizmasida, F. helenae esa Nurota tog‘ tizmasi qoldiq tog`lari - Pistali va Baliqli tog'lardagina uchraydi, xolos. Qadimda Nurota tog‘lari etagida o‘sadigan F. schlschurowskiana hozirda bu hududda uchramaydi. Ferula L. turkumi turlari xalq tabobatida keng qo`llanilganligi tufayli ulaming maydonlari tobora qisqarib bormoqda, ba’zi turlari Respublika «Qizil kitobi» ga kiritilgan. Agar 1984-yilda chop etilgan «Qizil kitob»ga bu turkumning 2 turi kiritilgan bo‘lsa, 2009-yilgi nashrda bu miqdor 7 taga yetdi.

Shunday qilib, Ferula L. turkumi turlari dorivor, oziqabop, xushbo‘y ta’m beruvchi o‘simliklar hisoblanadi.

Bir necha ming yillar davomida insonlar tomonidan foydalanilib kelinayotgan kovrak turlarining biologiyasini0‘rganish, istiqbolli turlarini ekib ko'paytirish hamda kamyob turlariningmuhofazasi bilan shug‘ullanish dolzarb muammo hisoblanadi.

Uyda bajarish uchun topshiriq. Kovrak o`simligining ikkita turning biologiyasi va geogirafik tarqalishini yozing.




Biologiyasi

Geogirafik tarqalishi

1







2








Ferula L. turkumi turlari - ko'p yillik, o‘tsimon, geofit o‘simlik. Mavsumiy rivojlanish ritmi bo‘yicha ular efemeroidlardir. Ya’ni o'simlik har yili bahorda qisqa vegetatsiya davrida o‘sib, rivojlanadi, havo harorati, tuproq o‘simlik o‘sishini tormozlagan paytlarda yoz, kuz va qish oylarida atmosfera yog‘ingarchiligi kam davrda tinch holga kiradi (Nechayeva b., 1973; Burigin va b., 1975).

O‘simlikning hayotiy sikli o'tashiga ko‘ra E.P. Korovin (1940) bu turkum vakillarini 2 guruhga: monokarp va polikarp turlarga ajratadi. Monokarp turlar o‘tsimon o‘simliklar orasida unchalik ko'p uchramaydigan original turlar hayotiy formasi hisoblanadi. Bunga Narthex, Mervia hamda Euferula kenja turkumining ba’zi vakillari kiradi. Qolgan turlaming barchasi polikarp turlardir.

Monokarp turlarda asosiy novdaning o‘sishi monopodial tarzda bo'ladi: dastlabki 5-6-yillarda qisqa vegetativ davrda faqat tupbarglar hosil qilib, gullash va urug'lash yilida esa yer ustki ortotrop poya hosil qiladi. Bu poya (novda) polisiklik kategoriyasiga kirib, o'simlik esa yarim tupbarg hosil qiluvchi guruhga kiradi. Ular asosan bir, ba’zi hollarda, poya shikastlanganda 2 tadan 6 tagacha generativ novda hosil qiladi (Nechayeva va b., 1963; Markova, 1970; Rahmonqulov, 1999).

Polikarp turlarda simpodial shoxlanish kuzatilib, keyinchalik yer osti poyadan hosil bo'lgan kurtaklaridan yangi vegetativ novdalardan generativ novdalar hosil bo'ladi (Nechayeva b., 1963). Shuning uchun bu o'simliklarda murakkab ildizpoya shakllanadi.

O'simlikning yer ostki organlari oziq moddalarini zaxira (zapas) holda saqlaydigan ildiz va ildizpoyadan iborat bo'lib, ular tuganaksimon yo'g'onlashgan (Fedorov va b., 1962; Markova va b., 1968; Rahmonqulov, 1999).

O'simlik poyalarining balandligi har xil: gigant-poyasi 3 metr- gacha etadigan turlardan (F. gigantea, F. foetida, F. penninervis, F. kuhistnica, F. malocophilla, F. varia, F. sumbul) tortib, past (karlik) - bo'yi atigi 30 sm ga yetadigan turlar (F. karataviensis, F. nuda) ham uchraydi. Наrbir turning balandligi ob-havo, ekologik sharoitga qarab ham o‘zgarib turadi.

Barglari asosan tupbarglardan iborat bo‘lib, ular ildiz bo‘g‘zida joylashadi. Ulaming yaproqlari (barg plastinkasi) uch bo'lakli, har bir bo‘laklar uch segmentli bir necha karra patsimon qirqilgan. Poyadagi barglar tupbarglarga nisbatan kichikroq, yaxshi rivojlangan barg novlari (qinlari) orqali poyaga o‘rnashadi.

1-ekzokarp, 2-mezokarp, 3-o‘tkazuvchi qovurg'ali yo‘llar, 4-yonbosh sekret kanallar, 5-komissurali sekret kanallar, 6-qovurg‘ali sekret kanal- lar, 7- gipendokarp, 8-endokarp, 9-urug‘ qavat, 10-komissurali skler- enxima, 11-o‘tkazuvchi funikulus bo‘shliq, 12-endosperm.


Ferula helenae Rahmonqulov va Meliboyev merikarpining ‘ndalang kesimi

Soyabongullar asosan qipiqsiz, supurgisimon, joylashishi bo‘yicha ular ikki xil: markazdagisi asosan ikki jinsli gullardan tashkil topsa, yon soyabonda joylashgan gullar faqat changchili gullardan (yoki changchili va ikki jinsli gullardan) iborat bo‘ladi. Yon soyabongullar markaziy soyabongulning asosida joylashgan bo‘ladi.

Gullari ikki jinsli yoki faqat changchili oddiy soyabongulda joylashadi. Gulkosabarglari tishsiz yoki faqat qipiq holida tezto‘kilib ketadigan. Gultojbarglari 1 dan 4 mm gacha uzunlikda, sarg‘ish yoki och sarg'ish, oqish rangli, butun (qirqilmagan) uchki qismi buralgan, elliptik, teskari tuxumsimon, lansetsimon, uchi to'mtoq yoki uchli, asosan tuksiz, ba’zan tashqi tomoni tukli bo‘ladi. Changchisi 5 ta, urug'chisi 1 ta, ikki mevabargdan iborat.

Tugunchasi 2, ayrim hollarda 3 uyali. Changchisi 0,5-0,8 mm uzunlikda, ellipssimon, sarg'ish, jigarrang va binafsha ranglarda. Chang donachalari 3 pushtali uzunchoq ellipssimon.

Mevalari tashqi qismidan siqilgan, yapaloq yoki biroz egilgan. Tashqi tomondagi qobirg`alari ipsimon, chekka qirralaridagisi qanotchasimon. Karpofori erkin, ikki bo'lakli. Mezokarp ikki qavatli, ichki qavati yog'ochlangan parenxima hujayralar (gipendokarpiy) dan iborat.

Download 387.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling