Ma’ruza materiallari 1-mavzu: investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati reja


Ilmiy, ilmiy-texnologik parklar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi parklar


Download 0.89 Mb.
bet111/125
Sana27.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1726893
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125
Bog'liq
Ma’ruza materiallari 1-mavzu investitsiyalarning iqtisodiy mazm

18.5. Ilmiy, ilmiy-texnologik parklar va boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi parklar.

Texnopark, texnologik park — fan, taʼlim va ishlab chikarishni ilmiy tashkilotlar, loyihakonstruktorlik byurolari, oʻquv yurtlari, ishlab chikarish korxonalari birlashmasi koʻrinishida hududiy uyushtirish shakli. Texnologik park yuqori malakali mutaxassislarning bir joyga toʻplanishi natijasida ilmiy-texnika va texnikatexnologiya ishlanmalarini yaratish va ularni qoʻllashni jadallashtirish maqsadlarida tashkil etiladi. Rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Koʻpincha soliq imtiyozlariga ega boʻladi.


Zamonaviy dunyoda davlatlar deyarli har bir sohada ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng qoʻllash natijasida taraqqiyotning yuksak darajasiga erishmoqdalar. Zamon shiddatiga mos ravishda texnologik taraqqiyotga xos boʻlgan yangidan yangi atamalar paydo boʻlmoqdi. Kovorking markazlari, biznes-aksilerator, texnopark shular jumlasidan. Kovorking soʻzining oʻziyoq- yoshlarning hayotga yangicha yondashuvi, zamonaviy fikrlar, innovatsion gʻoyalar shakllanadigan, hayotga tatbiq etiladigan markaz boʻlishiga ishoradir. Bu kabi zamonaviy atamalardan biri – texnoparklardir. Texnopark — bu hududiy, ilmiy, texnologik va innovatsion loyihalarni amaliyotga tadbiq etuvchi texnologik baza hisoblanadi. Texnopark — mulk kompleksi bo’lib, u ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat obyektlari, biznez markazlari, koʻrgazma maydonlari, taʼlim muassasalari, va shuningdek, xizmat koʻrsatish obyektlari: transport vositalari, oʻtish yoʻllari, aholi yashaydigan qishloqlar va qoʻriqlash xizmatini oʻz ichiga oladi. Xalqaro texnologik parklar assotsiatsiyasi innovatsion infratuzilma obyektini quyidagicha taʼriflaydi: texnopark — bu tashkilot mutaxassislari tomonidan boshqariladi, uning asosiy maqsadi innovatsion madaniyatni rivojlantirish orqali mahalliy aholi yashash farovonligini yaxshilash va innovatsion biznes va ilmiy tashkilotlarning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat. Ushbu maqsadlarga erishish uchun texnopark universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, kompaniyalar va bozorlar oʻrtasida axborot va texnologiyalar bilim oqimini boshqaradi va ragʻbatlantiradi. Yangi gʻoyalar yaratilishini osonlashtiradi va inkubatsiya jarayonlari orqali innovatsion kompaniyalarni yaratadi.
Texnoparklar asosan innovatsion gʻoyalar shakllanadigan joy. Biroq, texnoparklar zamonaviy ilm-fan shaharlari – yangi texnologiyalarni joriy etish uchun nafaqat platformadir, balki, noyob meʼmoriy loyihalar amalga oshiriladigan joy hamdir. 
Dunyoda hali ham eng mashhur texnopolis bu - “Silikon vodiysi” hisoblanadi. Don Xeflerin bir qator maqolalaridan keyin uning nomini olgan. Texnopark San-Fransiskodagi IT-dasturchilar uchun koʻp yillardan buyon butun dunyodagi eng yaxshi aql-idrokka ega boʻlib, noyob texnologik yechimlar yaratish, yangi robototexnika tizimlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Hozirgi kunda Stendford universiteti hududida 200 dan ortiq kompaniya, mingdan ziyod startaplar, shuningdek, mehmonxona, turar-joy majmualari va savdo-koʻngilochar majmualari faoliyat koʻrsatmoqda.
2019-yilning 10-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
Unga ko’ra quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:
axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
Texnopark rezidentlarini o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologik infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlash, ularga moliyaviy, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, biznes-akselerator xizmatlari ko‘rsatish;
axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish;
rezidentlarga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirish orqali ko‘maklashish;
yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish tarmog‘ini amalga oshirish uchun ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalashga ko‘maklashish;
axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish;
yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.90
Texnoparkning faoliyatini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muassisligida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladigan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish manbalari:
a) xo‘jalik shartnomalari asosida Texnoparkning faoliyati ixtisosligiga tegishli ishlar bajarilishidan olingan mablag‘lar:
xalqaro moliya tashkilotlari va institutlaridan ajratilgan grantlar va kreditlar;
Texnoparkni moliyalashtirishning yetishmayotgan qismi yuzasidan – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablag‘lari Texnoparkning faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq choralarni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi;
b) Texnopark rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan istiqbolli startap-loyihalarni moliyalashtirish, ular belgilangan tartibda tanlab olingandan keyin Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining idoraviy mansub tashkilotlari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT-park) istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirish va ularni bozorga olib chiqish maqsadida yaratilmoqda. IT-park bu — faol va iste’dodli insonlar buxgalteriya, yuridik, marketing va ilmiy-ta’limiy yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlash orqali g‘oyalarini haqiqiy biznesga aylantirishlari uchun chinakam imkoniyatga ega bo‘ladigan maskan hisoblanadi. 2019-yil iyul oyida Toshkentda dastlabki IT-park o’z faoliyatini boshladi.
Bugungi kunda IT-park hamkorlari quyidagilar hisoblanadi: «Software Technology Parks of India» (Nyu-Dehli), «Tech Nation» (London), «Astana Hub» Xalqaro IT-startaplar Texnoparki (Nur-Sulton), Yuqori texnologiyalar sohasidagi Texnopark «IT-parki» (Qozon), «Eksadel» MChJ (Minsk), Yuqori texnologiyalar sohasidagi Texnopark «IT-parki» (Moskva).
IT-parkning quyidagi yo‘nalishlardan iborat asosiy vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
— Inkubatsiya dasturi — g‘oyani kerakli resurslar, qo‘llab-quvvatlash, tavsiyalarni ta’minlash orqali g‘oyani mahsulot ko‘rinishga yetkazish.
— Mavjud startaplarni masshtablashtirish va ularni xalqaro darajaga ko‘tarish.
— AKTni rivojlantirish Fondi va xususiy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan maxsus fond orqali venchur moliyalashtirish.
— IT-laboratoriyalar va data-markazlarni o‘z ichiga olgan IT-Akademiya.
Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalarni qabul qilish jarayoni o‘z yakuniga yetdi. Qabul qilingan 103 nomzod orasidan 42 ta ariza akseleratsiya va 61 ta ariza inkubatsiya dasturiga topshirilgan. Ariza yo‘llaganlaring eng yoshi — 16 yosh, eng katta yoshli nomzod esa 67 yoshda. Foiz ko‘rsatkichida olinadigan bo‘lsa, ariza yuborganlarning 51% ni 16 dan 25 yoshgacha bo‘lganlar, 31% ni 26 dan 35 yoshgacha bo‘lganlar va 18% ni 36 hamda undan yuqori yoshdagilar tashkil qiladi. Kelib tushgan arizlar orasida quyidagi yo‘nalishlar yetakchilik qilmoqda: elektron tijorat 54%, onlayn ta’lim — 13% va IoT — 12%.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son farmoniga binoan IT-park rezidentlari 2028 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatga qadar quyidagilardan ozod etiladilar:
— barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburan ajratmalarni, shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;
— belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
— tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xorijiy mutaxassislarning chet el valyutasida naqd pulsiz shaklda ish xaqi xorijda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga to‘lashga ruxsat beriladi.91
Mahalliy va xorijiy bozorlarda mahsulotlarni ilgari surish uchun boshqa imtiyozlar ham taqdim etiladi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling