Ma’ruza materiallari 1-mavzu: Leksikologiyaning obyekti, maqsadi va vazifalari. So’zning leksik birlik sifatidagi mohiyati


-MAVZU: Frazemalarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari


Download 253 Kb.
bet19/21
Sana16.04.2023
Hajmi253 Kb.
#1359687
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
maruza-materiallari

11-MAVZU: Frazemalarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari


Frazemalaming shakl munosabatiga ko'ra turlari Frazemalaming shakl munosabati asosida frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi: 1. Frazeologik omonimiya frazemalaming ifoda planidagi (shakldagi, ti 7ilishdagi) tenglik hodisasidir. Qiyos qiling:!. Jon bermoq - «barhayot qilmoq»: ... Odamzodga jon bergan ham, jonini oladigan ham yaratganning o'zi (P T.) 2. Jon bermoq — «o'lmoq» «so‘nggi marta nafas chiqarmoq»: Semiz va hamisha yurak kasalidan qiynalib yurgan xotin arava ustida yulduz to 'la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.) Yana: 1. Ustidan chiqmoq — «Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoq»: Qaynanangiz rosa sevarekan, rais, — dedi Ro'zi polvon hazil aralash, — ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 2. Ustidan chiqmoq - «Bajarmoq»: Demak, Hakimov telefonda bergan so'zining ustidan chiqibdi (P.Q.). Shaklan teng bolgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi1™. Erkin birikma bilan frazema (turg'un birikma) o'rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda «Omonimiya» va «omonimlik» atamalari o'zaro farqlanadi. Chunonchi: 1. Ko'zyummoq (erkin birikma) - «Ko'zini yumib 110 Qarang: U.Tursunov, J.Muxtorov, Sh.Rahmatullaycv. Ko'rsatilgan asar, 138-b. olmoq» ma’nosida; 2) Ko'zyummoq (turg'un birikma, frazema) — «ko'rabila turib e’tiborsiz qoldirmoq» ma’nosida; 3) ko'zyummoq (turg'un birikma, frazema) — «vafot etmoq» ma’nosida. Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida erkin va turg'un birikmalar, ikkinchi va uchinchisida esa turg'un birikmalar (frazemalar) o'rtasida shakliy tenglik borligini ko'ramiz. Birinchi va ikkinchi misollardagi shakliy tenglik omonimlik sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga kiradi. II. Frazeologik paronimiya — tarkibidagi biror leksik komponent bilangina farq qiluvchi frazemalar. Bunday leksik komponentlar bir-biriga o'Xshash bo'lishi kerak: 1. Yetti uxlab tushiga kirmaslik — «mutlaqo o'ylamaslik, kutmaslik». 2. Yetti uxlab tushida ham ko'rmaslik — «hech qachon ko'rmaslik» kabi. Bu ikki frazemaning tarkibidagi «kirmaslik» va «ko'rmaslik» so'zlari talaffuzida (ma’nosida emas, albatta) o'xshashlik bor, bunday frazemalar tilshunoslikda parafrazemalar deb nomlanadi [27, -142]. 158- §. Frazemalaming ma’no munosabatiga ko'ra turlari Bunday munosabat asosida frazeologik sinonimiya va frazeologik antonimiya hodisalari yuzaga keladi. I. Frazeologik sinonimiya bir necha frazemaning bitta frazeologik ma’no atrofida birlashishidir. Masalan: 1) pixiniyorgan — «аууог», 2) ilonning yog'ini yalagan — «аууог» kabi. Yana: 1) yer bilan osmoncha — «Juda katta farq», 2) ot bilan tuyacha — «Juda katta farq» kabi. Leksik sinonimiyada bo'lganidek, frazeologik sinonimiyada ham sinonimik qatorlar yuzaga keladi: birinchi misoldagi pixini yorgan va ilonning yog'iniyalagan frazemalari «аууог» ma’nosi bilan bitta sinonimik qatorni; ikkinchi misoldagi yer bilan osmoncha va ot bilan tuyacha frazemalari esa «juda katta farq» m a’nosi bilan bir sinonimik qatorni hosil qilmoqda. Frazeologik sinonimlarda uslubiy bo'yoq, odatda, bo'rtib turadi. Aslida, frazeologik birliklar (frazemalar) xuddi shu maqsadda - voqelikni nomlashda uni o'tkir baholab berish uchun, shu voqelikka ijobiy yoki salbiy munosabat ifodalash uchun yaratiladi, shuning uchun ular nutqning ta’sirchan, obrazli bo'lishini ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sanaladi. Misollar: 1. Bunga Botiming achchig7 keldif buni Bo‘ston sezdi (S.N.). 2) Keyingi nasihatomuz gapi qon ini qaynatib yubordi. (S. An.). Frazeologik sinonimiya hodisasi ko'proq har bir tilning o ‘z frazemalari doirasida uchraydi: Qilidan quyrug'igacha. — Ipidan ignasigacha; Quvonchi olamga sig'maydi. — Sevinchi ichiga sig*maydi_kabi. Boshqa tildan frazema o'zlashtirish juda passiv bo'lganligidan, o'zlashma iboralarning frazeologik sinonimiya doirasiga tortilishi juda kam uchraydi. Frazeologik sinonimiya hodisasini frazeologik variatsiyadan farqlash kerak: frazeologik sinonimiyada bir necha frazema bir ma’no atrofida birlashadi, demak, bitta sinonimik qatorni hosil qiladi; frazeologik variatsiyada esa bitta frazemaning ichki ko'rinishlari nazarda tutiladi, bunday ko'rinishlar sinonimik qator hosil qilmaydi. Masalan: 1) ko'zini yummoq; 2) bandalikni bajo keltirmoq; 3) jon bermoq. Bu uch frazema bitta ma’noni — «vafot etmoq» ni bildiradi, shunga ko'ra bitta sinonimik qatorga birlashadi. Qolini bigiz qilmoq va barmog'ini bigiz qilmoq qo'shilmalari esa ikkita frazema emas: ular bitta frazemaning ikkita ko'rinishi, xolos. Bu frazema tarkibidagi «qo'l» va «barmoq» so'zlari o'rtasida sinekdoxa yo'li bilan ma’no ko'chishi (butun va qism munosabati) bor, bu hoi «qo'l» so'zi o'rnida «barmoq» so'zining qo'llanishiga yo'l ochgan, ammo bir frazema o'rnida butunlay boshqa frazema yuzaga kelmagan, shunga ko'ra ular bitta frazemaning ichki ko'rinishlari — variatsiyalari sanaladi. Demak, variatsiyalar bir obrazga asoslanadi. Yana misollar: Kiprik qoqmaslik. - Mijja qoqmaslik (bir frazemaning ikki varianti, chunki «kiprik» va «mijja» so'zlarida bitta obraz mujassam). Ba’zan leksema bilan frazema bir sinonimik qatorga birlashadi: qaramoq (leksema) - ko'z qirini tashlamoq (frazema), xursand (leksema) — boshi osmonda (frazema) kabi. Bular leksik-frazeologik sinonimlardir. Leksikfrazeologik sinonimlar qatorida leksema dominanta sanaladi. Demak, lug'aviy sinonimlar uch xil bo'ladi: 1) leksik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat io'zlar birlashadi); 2) frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda faqat frazemalar birlashadi); 3) leksik-frazeologik sinonimlar (sinonimik qatorda so'z va frazemalar birlashadi). II. Frazeologik antonimiya ikki frazemaning o'zaro zid ma’no ifodalashidir: oshig7 olchi va ishi o'ngidan kelmaslik; boshi ko'kka yetmoq va fig'onifalakka chiqmoq kabi. Antonimiya hodisasi ikki frazema o'rtasidagina emas, leksema bilan frazema o'rtasida ham yuzaga kelishi mumkin: xursand (leksema)-^///' siyoh (frazema), landavur (\eksema)-yulduzni benarvon uradigan (frazema) kabi. Bular lug'aviy antonimlarning leksik-frazeologik turi sanaladi. Demak, lug'aviy birliklar o'zaro zid ma’no anglatishiga ko'ra leksik antonimlar (so'z bilan so'z o'rtasida), frazeologik antonimlar (frazema bilan frazema o'rtasida) va leksik-frazeologik antonimlar (so'z bilan frazema o'rtasida) kabi mikrosistemalarni hosil qilishlari mumkin.
Frazemalaming tarixan ikki qatlamga ajratilishi O'zbek tili frazemalari tarixan ikki qatlamga ajratilishi mumkin: o'z qatlam frazemalari va o'zlashgan qatlam frazemalari. 1. O'z qatlam frazemalari o'zbek tilining o'ziniki bo'lgan yoki umumturkiy manbaga mansub frazemalardir. Bunday frazemalar asosida bevosita o'zbek xalqi (yoki turkiy xalqlar) hayotiga xos voqelik va shunga suyangan obraz yotadi: ikki ko‘zi to ‘rt bo 'Imoq (varianti: ko 'zi to ‘rt bo ‘Imoq) — ma’nosi: «intizor bo'lmoq»; bel bog'lamoq (varianti: bel(i)ni bog'lamoq) — ma’nosi: «shaylanmoq», «otlanmoq»; 2. O'zlashgan qatlam frazemalari - o'zbek tiliga boshqa tillardan o'tib, o'zlashib qolgan frazemalar. Bunday frazemalaming aksariyati kalka usulida o'zlashtirilgandir: pashshaga ozor bermaslik (ruscha мухи не обидеть frazemasining kalkasi) — ma’nosi: «beozor»; pashshadanfilyasamoq (ruscha из мухи делать слона frazemasining ijodiy kalkasi) — ma’nosi: «bo'rttirib yubormoq», «oshirib yubormoq», «mubolag'a qilmoq». Boshqa tillardan frazemalaming o'zicha (o'zgarishsiz) o'zlashtirilishi o'zbek tilida juda kam uchraydi: dardi bedavo (tojik tilidan); sukut — alomati rizo (tojik tilidan) kabi. FRAZEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI VA ZAMONIYLIGI Adabiyotlar: II [87-89], 27 [143-151]. 160- §. Frazemalaming ishlatilish doirasiga ko'ra tavsifi O'zbek tili frazemalarining ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo'lishi mumkin. 1. Ishlatilish doirasi chegaralanmagan frazemalar millat vakillarining barchasi uchun umumiydir, ular barchaning nutqida bir xil darajada qo'llanadi, barchaga tushunarli bo'ladi: ikki gapning birida, ko'ngliga qil sig'maydi, ter to'kmoq, g'azabi kelmoq kabilar shular jumlasidandir. 2. Ishlatilish doirasi chegaralangan frazemalar, asosan, muayyan dialekt yoki sheva birligi bo'lib, umumtil va adabiy til doiralarida qo'llanmaydi. Masalan, qipchoq lahjasi shevalarida qo'tini moylab kelmoq (ma’nosi: «xohlamay, loqayd ishlamoq»), ayroni achimas (ma’nosi: «loqayd», «bcparvo»), jiydaning ostidan o'tmoq (ma’nosi: «esini vo'qotmoq», «miyasi aynimoq»). qulog'i ostida qolmoq (ma’nosi: «o'lmoq», «vafot etmoq») frazemalari uchraydi1-1. Ba’zan, umumtil frazemalarining u yoki bu shevadagi varianti (ko'rinishi) ham uchraydi: Qoyniga qo'l solib ko'rmoq (umumtil frazemasi) — ichiga qo'l sotib kolrmoq (dialektal variant), chillaki chillakini koYib chumak uradi (umumtil frazema) - chitgi chilgini ko ‘rib chumak uradi (dialektal variant) kabi. 161-§. Ishlatilishi kasb-hunarga ko'ra chegaralanish Ishlatilishi kasb-hunarga ko'ra chegaralanish frazemalarga xos emas, ammo frazemalaming kelib chiqishi va shakllanishida ijtimoiy mehnatning u yoki bu turi nolisoniy omil sifatida ishtirok etganligi shubhasiz: ko'pchilik frazemalar ijtimoiy mehnat bilan bog'liq voqeliklarga tayangan holda yuzaga kelgan. Masalan: arpasinixom o'rmoq (dehqonchilikka tayanilgan), astaravrasini ag'darmoq (tikuvchilikka tayanilgan), bo'zchining mokisiday (to'quvchilikka tayanilgan), temirni qizig'ida bosmoq (temirchilikka tayanilgan), misi chiqmoq (zargarlikka tayanilgan) kabi. 11 Bu haqda qarang : Дамияров X. Опыт изучения диалектов в сравнении с узбекским литературным языком.-Ташкент: «ФАН», 1975,стр.214-215. 1. Istorizm-frazemalar o'tmish voqeligiga xos iboralardir: qo'sh qilich bir qinga sig'mas [DLT, I, -340], taqdirga tan bermoq kabi. Istorizmfrazemalar tilda juda kamdir. 2. Arxaizm-frazemalar — hozirgi tilda leksik yoki frazeologik sinonimi bor bo'lgan eskirgan frazemalar. Masalan: tengri rahmatig'a bormoq (arxaizm-frazema) - dunyodan o'tmoq, vafot etmoq, ko'zyummoq, olmoq (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo'llanayotgan sinonimlari); daqyonusdan qolgan, varianti: doqiyunusdan qolgan (arxaizm-frazema) — almisoqdan qolgan, eski, qadimgi (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo'llanayotgan sinonimlari) kabi. 3. Neologizm-frazemalar — yangilik bo'yog'ini yo'qotmagan iboralar. Masalan: tomi ketgan (ma’nosi: «aqldan ozgan», «esi past»), yangi o'zbeklar (ma’nosi: «hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga kelgan yangi ishbilarmonlar») kabi.

Download 253 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling