Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


Download 93.44 Kb.
bet17/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

2.Almashlab ekish turlari.
Almashlab ekish, olinadigan mahsulotlarning turiga qarab dala, yem-xashak va maxsus turlarga bo’linadi.(12-jadval)
1. Dala almashlab ekish. Bunda umumiy maydonning yarmidan ko’pida don va texnik ekinlar ekiladi. Ular asosan bug’doy, g’o’za, zig’ir va hokoza ekinlardir.
2. Yem-xashak almashlab ekishda umumiy ekin maydoning ko’pini yem-xashak ekinlari tashkil qiladi. Ular ham o’z navbatida ikkiga bo’linadi: ferma oldi va pichan tayyorlash (yaylov).
Ushbu jadvalda berilgan almashlab ekish klassifikasiyasi Timiryazev nomidagi Moskva qishloq xo’jalik akademiyasining dehqonchilik kafedrasida ishlab chiqilgan.
Ferma oldida almashlab ekish fermaga yakin yerlarda tashkil qilinadi va ularda chorva mollariga ko’kat holda yediriladigan silosbop o’simliklar ekiladi. Pichan tayyorlanadigan yaylov almashlab ekishlar esa o’tloqlarda tashkil qilinadi. Bunda asosan ko’p yillik va bir yillik o’tlar ekiladi.
Maxsus almashlab ekishda alohida sharoitni talab qiladigan yani tuproq unumdorligi yuqori va sug’orishning maxsus usullarini talab etadigan ekinlar ekiladi. Bunday ekinlarga sholi, sabzavot, poliz, tamaki, kartoshka, kanop va boshqalar kiradi.
1-jadval
Almashlab ekishlar klassifikasiyasining sxemasi.

Almashlab ekish tiplari

Turlari

Dala ekinlari.

2.Yem-xashak ekinlari:


a) ferma oldi o’simliklari

b)pichan tayyorlanadi-gan yaylov o’simlikla-ri.


3.Maxsus almashlab ekish.

Don-shudgor
Don-shudgor, qator oralari ishlanadigan, shu jumladan, don –shudgor-lavlagi,
Don-shudgor-kartoshka, don-shudgor-kungaboqar o’simliklari.
Don-o’t o’simliklar, shu jumladan, don-zig’ir-o’t o’simliklar, tuproq ihota o’simliklar.
Don-qator oralari ishlanadigan ekinlar.
Don-o’t-qator oralari ishlanadigan ekinlar (ekin almashinadigan), shu jumladan, toza shudgorli don-o’t-lavlagi o’simliklar.
Qator oralari ishlanadigan ekinlar, shu jumladan, g’o’za.
O’t-qator oralari ishlanadigan ekinlar, shu jumladan, beda-g’o’za, beda-lavlagi ekinlari.
Sideratlar.

Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling