Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


Zamonaviy dehqonchilik va uning tarkibiy qismlari


Download 93.44 Kb.
bet23/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

4. Zamonaviy dehqonchilik va uning tarkibiy qismlari.
Haydaladigan hamma yerlar ekinlar bilan band qilinib, ularga qator oralari ishlanadigan ekinlar ekiladi. Dehqonchilikning bu tizimida yerga organik va mineral o’g’itlar solib, yuqori darajada sifatli ishlov berish orqali mikrobiologik jarayonlar tartibiga solinadi, begona o’tlar, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashishda kimyoviy vositalardan foydalaniladi, mexanizasiya ishlari yuqori darajada olib boriladi va meliorativ tadbirlarni qo’llash yo’li bilan tuproq unumdorligi oshiriladi.
Almashlab ekishda shudgor qilinmasdan yoki nihoyatda oz maydonlarda qo’llanib, don va boshqa ekinlar navbatlab ekish, ekin almashinadigan tizim deyiladi. Bu tizimda fan va texnika yutuqlaridan foydalaniladi.
Dehqonchilikning o’t dalali tizimi XІX asrning birinchi yarmida qo’llanildi. Bu tizimda ko’p yillik o’tlar va dala ekinlari navbat-lab ekiladi. Yerning yarmidan yoki undan ham ko’prog’ini o’t egallagani uchun bu tizim ham samarasiz deb topildi. Dehqonchilikning intensiv tizimiga qator oralari ishlanadigan sanoat-zavod tizimi ancha intensiv bo’lib, katta kapital va moddiy mablag’ talab etadi. Haydaladigan hamma yerlar ekinlar bilan, jumladan, almashlab ekish strukturasida 50 % dan ortiq maydonlar qator oralari ishlanadigan ekinlar bilan band bo’ladi. Agrotexnik, agrokimyoviy, agromeliorativ tadbirlar, fan va texnikaning hozirgi zamon yutuqlaridan, ilg’or tajribalardan foydalanilgan holda dehqonchilik olib boriladi.

xulosa:
Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy va agro-meliorativ tadbirlar majmuasi dehqonchilik tizimini tashkil etadi hamda u ibtidoiy, ekstensiv, intensiv (jadallashgan) tizim-laridan iborat. Ibtidoiy davrda qo’riq yer yoki bo’z yer va partov yer tizimi, siderasiyalash va o’rmonlarni kesish hamda ko’ydirish tizimlari; ekstensiv tizimda shudgor, ko’p dalali o’t, yaxshilangan g’allachilik; intensiv tizimda ekin almashinadigan tizimlar qo’llanilib, tuproq unumdorligi oshirilgan va ekinlardan mo’l-ko’l hosil yetishtirilgan.


Nazorat uchun savollar:
1. Dehqonchilik tizimi nima?
2. dehqonchilik tizimining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?
3. Ibtidoiy jamoa davrida dehqonchilikni qanday tizimlari qo’llanilgan?
4. Dehqonchilikni siderasiyalash tizimi nima?
5. Dehqonchilikni ekstensiv tizimini mohiyati nimada?
6. Yaxshilangan g’allachilik tizimini izohlab bering?
7. Dehqonchilikni jadallashgan tizimini tushintirib bering?
Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling