Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


Dehqonchilikning ibtidoiy (primitiv)tizimi


Download 93.44 Kb.
bet21/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

2.Dehqonchilikning ibtidoiy (primitiv)tizimi.
Ibtidoiy jamoa tizimi davrida quruq yer yoki bo’z yer tizimi qo’llanilgan. Bu tizimda dehqonlar quruq yer ochib dehqonchilik qilishgan. Bu tizim hali xususiy mulkchilik bo’lmagan davrda paydo bo’lgan. Bu vaqtda yerlar oddiy usulda ishlangan, dehqonlar ixtiyeridagi quruq yoki bo’z yerlar maydoni cheklanmagan. Dehqonlar yerlarni oddiy qurollar bilan ishlaganlar va 3-4 yil muttasil asosan don ekinlari (bug’doy, arpa, suli va x.k) ekkanlar. Bu yerlarda tuproq unumdorligi kamaygan, hashoratlar, kasalliklar, begona o’tlar ko’payib ketgan. Hosildorlikni pasayib ketishi dehqonlarni bu yerni tashlab boshqa yangi yer ochishga majbur qilgan. Tashlab ketilgan yerning unumdorliklari 15-20 yildan keyin tabiiy ravishda tiklangan. Shu usulda tuproq unumdorligini tiklash va dehqonchilik yuritish partov yer tizimi deyiladi. Partov yer deganda, ilgari ishlanib bir necha yil ekin ekilgan unumdorligi pasaygandan keyin tashlab ketilgan yerga ba’zi joylarda 8-15 yildan so’ng foydalanish uchun qaytilgan.
Dehqonchilikning quruq yer tizimini partov tizimidan farqi shundaki, quruq yer tizimida tuproqning unumdorligini va xossalarini tiklash uchun tashlab qo’yilgan yerlarga dehqon katta ekin ekmagan. Bu ikkala tizimda ham tuproq unumdorligi odamlar ishtirokisiz, yani tabiiy jarayonlar tasirida tiklangan.
Dehqonchilikning partov yer tizimida qishloq xo’jalik qurollarida malum o’zgarishlar yuz berdi. Masalan, ancha takomillashgan motiga va belkuraklar paydo bo’ldi. Yog’och mola, temir lemixli va ag’dargichli bir korpusli pluglar bilan almashtirildi. Yerlarni ag’darmasdan va yuza haydash o’rniga chuqurroq ishlash va haydash usuli qo’llanildi. Partov yer tizimida yerlardan qo’yidagicha foydalanilgan, ya’ni dalaning bir qismiga g’alla ekinlari ekilgan, qolgan qismi esa partov qilib tashlab qo’yilgan. Belgilangan muddat o’tgach, u yer yana ekin ekish uchun foydalanilgan.
Dehqonchilikning partov yer tizimi davrining oxirlarida partovdagi yerlar maydoni va partovga qoldirish muddati keskin qisqardi. Natijada yerlarning unumdorligi pasaydi, tabiiy xossalari yomonlashdi, begona o’tlar bilan kuchli ifloslandi, bular esa har xil kasallik va zararkunandalarning ko’payishiga va hosildorlikning pasayishiga sabab bo’ldi. Partovdagi begona o’tlarni bir yil ichida yuqotish zaruriyati tug’ildi, natijada bunday yerlar shudgor qilindi va bu dehqonchilik tizimi esa shudgorlash tizimi deb ataldi.
Dehqonchilikning siderasiyalash tizimi. Bu tizim bundan ikki ming yillar oldin sharq mamlakatlarida qadimgi Gresiyada, Rim imperiyasida va boshqa yerlarda qo’llanilgan. Bu tizimning mohiyati shuki, ekinlarning hosili yig’ishtirib olingandan keyin har yili yoki 2-3 yilda bir marta kuzgi javdar yoki rang o’t ekib, keyinchalik kuzgi javdarni nay urash fazasida, rang o’tni esa gullash davrida (kech kuzda) yerga qo’shib haydaladi. Dehqonchilikning siderasiyalash tizimida tuproq unumdorligining ortishi va saqlashi ko’kat o’g’itlar hisobiga asoslangan edi. Bu tizim hozirgi vaqtda ham keng qo’llaniladi.
Dehqonlarga o’sha davrda tuproq unumdorligini oshirishda dukkaksiz o’simliklarga qaraganda dukkakdosh ekinlarning ahamiyati katta ekanligi malum bo’lgan.
Dehqonchilikning o’rmonlarni kesish va ko’ydirish tizimi. Sobiq ittifoqning shimoliy mintaqalarida yerni chakalakzor o’rmonlardan tozalash, yangi yerlarni o’zlashtirishda inson o’tdan foydalangan. O’rmon yeng’inlari bo’lgan yerlardagi o’tlar juda avj olib o’sgan, eng sodda usulda yuza ishlov berib don, zig’ir ekilganda eng yaxshi hosil olingan. Natijada, tabiiy o’rmon o’tlari ko’ydirilib, tozalangan yerlar madaniy ekin ekish uchun foydalanilgan. Bu usul dehqonchilikning o’rmonlarni kesish va ko’ydirish tizimi deb nomlangan. Yerda ko’plab kul qolishi kislota muhitli tuproqlarning neytrallanishiga ijobiy tasir etgan. Dastlabki 2-5 yil g’alla ekinlaridan yuqori hosil olishni taminlagan. Keyinchalik tuproq unumdorligi pasaygan, tabiiy xossalari yomonlashgan, mikrobiologik jarayonlar so’ngan. Chunki, o’simliklar to’plagan organik moddalar, mavjudodlar va mikroorganizmlar ham ko’yib ketgan. Natijada dehqon mehnatiga yarasha haq ololmagandan keyin u yerni tashlab, yangi yer o’zlashtirgan, tashlab ketilgan yerni esa yangi daraxtlar va tabiiy o’tlar egallagan.

Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling