Ma’ruza matnlari. 1-mavzu: Kirish. Dehqonchilik rivojlanish tarixi (4 soat) Reja


Download 93.44 Kb.
bet20/23
Sana23.02.2023
Hajmi93.44 Kb.
#1223928
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Ma\'ruza mashg\'uloti (1)

Nazorat uchun savollar.
1.Almashlab ekish deb nimaga aytiladi va uning ahamiyati qanday?
2.Almashlab ekishning qanday tiplarini bilasiz?
3.Dehqonchilikda a.e. qanday turlari qo’llaniladi?
4.Sabzavotchilikda qanday almashlab ekish tizimlari qo’llaniladi?
5.Paxtachilikda qo’llaniladigan a.e. tizimlari qanday?
6. A.E. dalasidagi bedaning qanday agrotexnik va xo’jalik ahamiyati bor?
7. Almashlab ekish rotasiyasi nima va uni izohlab bering?

11-MAVZU: DEHQONCHILIK TIZIMI (2 soat)
REJA:
1. Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha.
2. Dehqonchilikning ibtidoiy (primitiv) tizimi.
3. Dehqonchilikning ekstensiv tizimi.
4. Zamonaviy dehqonchilik tizimlari va ularning tarkibiy qismlari
Adabiyotlar: 1,2,3.
Tayanch iboralar: dehqonchilik tizimi, tuzimlar, tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy, agromeliorativ, almashlab ekish tizimi, yerni ishlash va o’g’itlash tizimlari, kimyoviy meliorasiya, ibtidoiy, ekstensiv, intensiv, quruq yer yoki bo’z yer tizimi, partov yer tizimi, siderasiya tizimi, dukkakdosh ekinlar, o’rmonlarni kesish va kuydirish tizimi, ekstensiv tizimi, ko’p dalali o’t tizimi, g’allachilik tizimi, intensiv tizim, ekin almashinadigan tizim, sanoat-zavod tizimi.
1. Dehqonchilik tizimi to’g’risida tushuncha.
Dehqonchilik tizimi xo’jalikni boshqarish tizimining tarkibiy va ajralmas qismi bo’lib, u doimiy bo’lmaydi. Binobarin, kishilik jamiyatining rivojlanishi asosida tuzumlarning o’zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi bilan u ham o’zgaradi, yani dehqonchilik tizimining kelib chiqishi va rivojlanishi jamiyat ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyet qilishiga va ishlab chiqarish munosobatlariga bog’liq.
Qishlok xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olishga qaratilgan tashkiliy xo’jalik, agrotexnik, agrokimyoviy hamda agromeliorativ tadbirlar majmuasiga dehqonchilik tizimi deyiladi.
Qishlok xo’jalik ishlab chiqarishi halq xo’jaligining boshqa sohalariga qaraganda tabiiy va iqtisodiy sharoitga qat’iy bog’liq, chunki respublikamiz xududi keng va sharoiti ham xilma-xildir. Shuning uchun dehqonchilikni respublikamizning hamma yeri uchun bir xilda yaroqli bo’lgan qandaydir yagona tizim asosida rivojlantirish mumkin emas. Bunday yagona tizim yo’q va bo’lishi ham mumkin emas.
Barcha dehqonchilik tizimlari umumiy tarkibiy qismga ega. Bunga qo’yidagilar: xo’jalik xududining agrotexnikasini tuzish va almashlab ekish tizimi; yerni ishlash tizimi; o’g’itlash tizimi; begona o’tlarga, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash tizimi; urug’lik; tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish tadbirlari va xakozalar kiradi. Shu bilan bir qatorda: ixota o’rmon polosalari borpo etish; sug’orish; botqoqlarni quritish; kimyoviy meliorasiyalash (oxaklash, gipslash va boshqalar) ham qo’shiladi.
Dehqonchilik tizimining har bir tarkibiy qismining har xil tuproq-iqlim mintaqasida tuproq unumdorligi va qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirishdagi ahamiyati turlicha bo’ladi. Masalan, O’rta Osiyo sharoitida sug’orish, nam to’plash va namlikni saqlashga qaratilgan yerga ishlov berish tizimi va boshqalar eng asosiy omil hisoblanadi. Tuprog’i unchalik unumdor bo’lmagan, namlik yetarli bo’lgan rayonlarda hamda sug’oriladigan dehqonchilikda, ayniqsa, mineral o’g’itlar qo’llashda, ortiqcha kislotali va ishqorli tuproqlarda esa kimyoviy mileorasiya, ortiqcha nam saqlanadigan sharoitda zaxni qochirish va quritish tadbirlarining ahamiyati katta. Yuqorida keltirilgan tarkibiy qismning har birining roli minimum qonunga ko’ra baholanishi kerak.
Dehqonchilik tizimi samaradorlik darajasiga ko’ra uch turga: ibtidoiy, ekstensiv va intensivga bo’linadi. Dehqonchilikning ibtidoiy tizimiga quruq va bo’z yer tizimi, partov yer tizimi; ekstensiv tizimiga esa shudgorlash tizimi kiradi. Intensiv tizimiga fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanishga asoslangan tuproq unumdorligini oshirishni va ekinlardan yuqori va sifatli hosil olishni taminlaydigan hozirgi tizimilar kiradi.

Download 93.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling