Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Ekologik-geografik asosida juft tanlash


Download 399.53 Kb.
bet18/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

1. Ekologik-geografik asosida juft tanlash.Ota-ona juftlarini tanlashning ekologik-geografik usuli N.I.Vavilov ishlab chiqqan, lekin amalda birinchi bo’lib I.V.Michurin tomonidan qo’llanilgan. Bu usul shunga asoslanganki, o’simlik navlari va shakllari uzoq davr davomida tabiiy tanlanish va sun’iy tanlash ta’sirida shakllanadilar va shu tuproq-iqlim sharoitiga moslashadilar. Natijada turli ekologik-geografik sharoitlariga mos o’simlik ekotiplari vujudga keladi.
Masalan, G’arbiy Sibirda bug’doyning uzoq davom etadigan bahorgi qurg’oqchilikka chidamli navlari vujudga kelgan bo’lsa, O’rta Osiyoda don quyulish davrida qurg’oqchilikka chidamli navlar shakllangan.Shimoliy rayonlarda donli ekinlarning ertapishar, qoratuproqli cho’l sharoitida yuqori sifatli donga ega bo’lgan navlar vujudga kelgan.Italiyada shakllangan bug’doylar poya zang kasalligiga chidamli bo’lib, doni yirik, poyalari kalta, yotib qolmaydigan lekin don tarkibida oqsili kam xususiyatlarga egadir.
Ekologik-geografik usulning mohiyati bir-biridan geografik va ekologik jihatdan uzoq bo’lgan nav va xillarda uchraydigan muhim belgi hamda xususiyatlarni bitta yangi navda kerakli nisbatda qo’shilishini ta’minlashdan iborat.
Agar biror hududda o’simlikning qishga chidamliligini oshirish vazifasi qo’yilgan bo’lsa, I.V.Michurin chatishtirish uchun ona sifatida sovuq iqlim sharoitida o’sgan o’simlikni, ota sifatida esa yuqori hosil beradigan navni olishni tavsiya etadi.
Bu usulni A.P.Shexurdin, P.P.Lukyanenko kabi atoqli seleksioner olimlar keng qo’llab, bug’doyning bir qancha yuqori hosilli, plastik (o’ta moslashuvchan) navlarini yaratganlar.
A.P.Shexurdin bahori bug’doyning rivojlanish fazalarining turli bosqichlarida qurg’oqchilikka chidamli navlarini yaratish maqsadida naychalash-boshoq chiqarish fazasida qurg’oqchilikka bardoshli Poltavka mahalliy navini O’rta Osiyoning doni quyulish fazasida qurg’oqchilikka chidamli Grekum mahalliy navi bilan chatishtirib Lyutessens-91 navini yaratgan. Bu nav keyinchalik bahori bug’doyning ko’plab qimmatli Saratov navlarini yaratishda ishtirok etadi.
Bahori bug’doyning Poltavka mahalliy navi Lyutessens-62 liniyali navgagina asoslanib kelmay, balki birqancha yuqori hosilli, chidamli, yaxshi sifatli Saratovskaya-29, Saratovskaya-210, Albidum-43, Albidum-24 va boshqa duragay navlari yaratish uchun ekologik asos bo’lib kelgan.
P.P.Lukyanenko kuzgi bug’doy seleksiyasida ayniqsa bu usuldan keng foydalangan.Kuzgi bug’doyning Bezostaya-1 navi Ukraina mahalliy bug’doyining o’rmon-gul ekotipi ishtirokida yaratilgan.
Bu usuldan ko’p mamlakatlar seleksionerlari keng foydalanib, katta muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.Svalef seleksiya stansiyasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar – bu yerda Shvesiyada o’sib shakllangan bug’doyning boshqa mamlakatlardan keltirilgan navlar bilan chatishtirilishi tufaylidir.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling