Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 399.53 Kb.
bet17/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

Diallel chatishtirish – olingan navlarning (insuxt liniyalarning) har biri boshqa navlar bilan alohida-alohida chatishtiriladi. Masalan, A, B, V, G, D, Ye harflari bilan ifodalangan nav (liniyalar) olingan bo’lsa ular quyidagicha chatishtirilib o’rganiladi:

A x B B x V V x G G x D D x Ye


A x V B x G V x D G x Ye
A x G
A x D B x D V x Ye
A x Ye B x Ye

Bu chatishtirish usulini qo’llashdan maqsad hosil qilingan bir qancha duragaylarning ichidan eng kuchli geterozisli (eng yaxshi xususiyatli) kombinasiyalarini (juftlarini) ajratib olish hisoblanadi.Mazkur usul ko’pincha makkajo’xorining geterozisli duragaylarini yaratishda qo’llanadi.


To’yintiruvchi chatishtirish.Bu usulni 1930 yilda L.A.Sapegin tavsiya qilgan.Duragayda biror xususiyatni hosil qilish yoki kuchaytirish uchun 5-7 yil davomida o’tkaziladi. Ayniqsa sitoplazmatik erkak pushtsizligidan foydalanib geterozisli duragaylar yetishtirishda – fertil liniyalarning steril analoglarini hosil qilishda foydalanadi:

A x B AB yoki B x A BA


A B x B ABB BA x A BAA
A BB x B ABBB BAA x A BAAA
A BBB x B ABBBB BAAA x A BAAAA
A BBBB x B ABBBBB BAAAA x A BAAAAA

Bunda biri «A» – erkak sterilli o’simlik turi bo’lsa, «B» – fertil liniya bo’lsa – bir necha yil davomida chatishtirish natijasida fertil liniyaning steril analogi ABBBBB hosil bo’ladi.Bu steril liniya esa geterozis duragay urug’larini erkak sterillik asosida yetishtirish jarayonida qo’llanadi.(Bu masala geterozis degan mavzuda ko’rib chiqilida).


Chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlash
Seleksiyaishiniboshlashdanoldinseleksionerqo’yilganmaqsadgamuvofiqqaysio’simliknixilini (navini) qaysisibilanchatishtirishlozimliginianiqlashikerak, ya’niota-onajuftlarinitanlashlozim.To’g’ri tanlab olingan ota –ona juftlaridan seleksiya ishining taqdiri, ya’ni muvaffaqiyatliligi bog’liq.
Duragaylashda ota-ona organizmlarning belgi hamda xususiyatlari ularning bo’g’imiga to’g’ridan to’g’ri o’tavermaydi. Duragaylash doimiy o’zgarib, tashqi muhit ta’sirida genotipning rivojlanishiga asolangan yangi belgi va xususiyatlarga ega organizm vujudga kelishidan murakkab jarayon hisoblanadi.
Duragay organizm o’z ota-onasining irsiyati asosida vujudga keladi, lekin xususiyatlari bilan ma’lum darajada farq qiladi.Buning qonuniyatlarini tushunish uchun chatishtirish maqsadida olingan o’simliklarning belgilari muayyan sharoitda bo’g’indan bo’g’inga qanday o’tishini bilish kerak.
Seleksiya ishida chatishtirish uchun ota-ona juftlarini tanlashning ko’p usullari mavjud, ulardan quyidagilari katta ahamiyatga ega:
  1. Ekologik-geografik asosida juft tanlash.


  2. Xo’jalik-biologik belgi va xususiyatlarining tarkibiga (majmuasiga) qarab juft tanlash.


  3. Ayrim rivojlanish fazalarning davomiyligiga qarab juft tanlash.


  4. Kasallik va zararkunandalarga chidamliligiga qarab juft tanlash.


  5. Chatishtirishda kombinasion qobiliyatlariga qarab juft tanlash va boshqa usullar.





Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling