Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 399.53 Kb.
bet13/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

Internet manbalari
  • 1.www.referat.ru


  • 2.www.agronomy.ord


  • 3.www.library:breeding of animals and crop plants.


  • 4. http: www.Ziyonet.Uz


    Analitik seleksiya asosida, ya’ni tabiiy populyasiya - mahalliy navlardan tanlash yo’li bilan yaratilgan seleksion navlar ko’pincha o’zlari kelib chiqqan dastlabki o’simliklarning belgi va xususiyatlarini saqlaydi. Ularda yuqori hosildorlik, mahsulotning sifatliligi, yotib qolishga va kasalliklarga chidamlilik kabi xususiyatlar yaxshi rivojlangan bo’lmaydi. Bunday belgi va xususiyatlar majmuiga (kompleksiga) ega bo’lgan navlarni duragaylash yo’li bilan yaratish mumkin.


    Duragaylash deb, irsiyati har xil bo’lgan ikki yoki bir necha organizmlarni (o’simliklarni) chatishtirishiga aytiladi. Duragaylash natijasida vujudga kelgan organizm (o’simlik) duragay deyiladi. Duragaylash yo’li bilan ota-ona organizmlarning qimmatbaho xususiyatlari bir organizmda mujassamlashtiriladi va shu asosda yangi shakllar yaratilishi mumkin.
    I.V.Michurin duragaylashni seleksiyaning eng qudratli usuli deb hisoblagan va duragaylash usuli bilan mevali, rezavor o’simliklarni ko’plab (300dan ortiq) navlarini yaratgan.
    Hozirgi zamon seleksiyasida duragaylash yangi navlar, geterozisli duragaylar yaratishda asosiy usul bo’lib hisoblanadi.
    Duragaylash ikki xil bo’ladi – tabiiy duragaylash va sun’iy duragaylash.
    Tabiiy duragaylash tabiatda keng tarqalgan.Tabiatda yonma-yon o’sib turgan o’simliklar bir-biri bilan erkin changlanib, ular o’rtasida tabiiy duragaylar hosil bo’lib turadi. Bunday changlanish (duragaylash) bir turga mansub bo’lgan o’simliklarda va har xil tur va turkumlarga mansub bo’lgan o’simliklar o’rtasida yuz berib turadi. Masalan, qand lavlagi bilan hashaki lavlagi, bahori yumshoq bug’doy navlari bilan bahori qattiq bug’doy navlari, bug’doy bilan javdar, bug’doyiq bilan egilops, jo’xori bilan sudan o’ti, sudan o’ti bilan g’umay o’rtasida changlanish ro’y berib, duragay o’simliklar (xil, turlari) hosil bo’lishi mumkin.

    Download 399.53 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling