Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Ota-ona juftlarini ularning kombinasion qobiliyat-lariga qarab tanlash


Download 399.53 Kb.
bet21/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

5. Ota-ona juftlarini ularning kombinasion qobiliyat-lariga qarab tanlash. Duragaylash uchun ota-ona shakllari, ularni chatishtirishda kombinasion qobiliyati e’tiborga olingan holda tanlanadi.Buning uchun diallel chatishtirishlar o’tkaziladi.Umumiy kombinasion qobiliyatni aniqlash uchun (ruscha - obщaya kombinasionnaya sposobnost – OKS) topkross usulidan foydalaniladi.Buning uchun bir yoki bir necha keng genetik asosga ega navlar ajratilib, ular boshqa qiziqtirgan nav yoki shakllar bilan testor (analizator) sifatida chatishtiriladi.Bu hollarda chatishtirishdan ona o’simligi yoki ota o’simligi testor sifatida qo’llanilishi mumkin.
Chatishtirish natijasida yuqori kombinasion qobiliyatini ko’rsatgan ota-ona shakllari yangi yuqori hosilli navlarni yaratish maqsadida duragaylashga kiritiladi. Bu usulda yaratilgan duragaylar o’rganilgan belgi va xususiyatlari bo’yicha yuqori geterozisli bo’ladi. G’2va undan keyingi avlodlarida (pushtida) esa – transgressiv shakllarni hosil qilishi mumkin. Ulardan esa o’z navbatida seleksiya jarayonida foydalanish mumkin.
Duragaylash tartibi
Ota-ona juftlari tanlab olingandan keyin chatishtirish o’tkaziladi. Chatishtirish tartibi (texnikasi) o’simlik gulining tuzilishi (bir yoki ikki jinsli), gullash biologiyasi (ochiq yoki yopiq gullash) va changlanish xiliga (o’zidan yoki chetdan) bog’liq.
Chatishtirish o’tkazish uchun birinchi navbatda o’simliklarning gullash davri davomiyligi, gul to’plamida boshoq, ro’vak, savatchaning gullash tartibi (xarakteri), gullash vaqti (sutkada), chang donachalari va onalik tumshuqchasining hayotchanligi (qancha vaqt hayotchanligini saqlash qobiliyati) hisobga olinishi kerak, chunki bu xususiyatlar turli navlarda tuproq-iqlim hamda ob-havo sharoitiga qarab har xil bo’ladi.
Chatishtirish o’tkazishdan oldin ekindan eng yaxshi rivojlangan o’simliklar, ularda esa yaxshi yaroqli bo’lgan gullar shona holatida olinib, quyidagi ishlar bajariladi:
  • gulni chatishtirishga tayyorlash;


  • gulni bichish (ona o’simligida);


  • bichilgan gulni izolyasiya qilish;


  • gulni changlash (ota o’simligidan olingan changlar bilan);


  • changlangan gulni izolyasiya qilish (qog’oz xaltasi bilan);


  • etiketka osib qo’yish.


Etiketka qog’oz xaltachaga yoki alohida qog’oz yoki kartonga ota-ona o’simliklarning nomi (nomeri), bichilgan kun, changlatilgan kun, mas’ul kishining familiyasi qalam bilan yoziladi.


Duragaylashda qo’llaniladigan sun’iy changlatishning quyidagi 3 ta usuli mavjud:

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling