Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Genotip deb, organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarni rivojlantiradigan genlar yig’indisiga aytiladi. Fenotip


Download 399.53 Kb.
bet30/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

Genotip deb, organizmdagi barcha irsiy belgi va xususiyatlarni rivojlantiradigan genlar yig’indisiga aytiladi.
Fenotip deb, genotip asosida organizmda shakllanadigan belgi va xususiyatlar to’plamiga aytiladi.
Sun’iy mutasiya deb, kishilar tomonidan sun’iy ravishda hosil qilinadigan mutasiyalarga aytiladi.Sun’iy mutasiya seleksiyasida boshlang’ich material tayyorlashning istiqbolli usuli bo’lib hisoblanadi.
Sun’iy mutasiya seleksiya ishida 1920-yillardan boshlab qo’llanilmoqda. 1925 yilda Rossiya olimlari G.A.Nadson va Filippovlar achitqi zamburug’lariga rentgen nurlari bilan ta’sir etib, mutasiyalar hosil qildilar. 1927 yil amerikalik olim G.Myuller drozofila pashshasida sun’iy yo’l bilan irsiy o’zgarishlar hosil qilishda katta yutuqlarga erishdi.1928 yil amerikalik olim Stadler makkajo’xori, arpaning mutantlarini hosil qiladi. 1928-1932 yillarda L.N.Delone va Sapegin birinchi bo’lib, o’simliklarga rentgen nurlari ta’sir ettirib, irsiy o’zgarishlar hosil qilish va shu yo’l bilan mutasion jarayonni tezlashtirish mumkinligini isbotladilar. Ular rentgen nurlari ta’sir ettirib, bug’doyning qimmatli xo’jalik belgi va xususiyatlariga ega xillarini hosil qildilar. Shu bilan radiasion mutasiya faniga asos solindi.1932-1936 yillarda S.Ya.Krayevoy rentgen nurlari ta’sirida goroxning, 1937 yil A.N.Lutkov arpaning foydali mutasiyalarini yaratdi.1935 yilda T.V.Aseyeva rentgen nurlari ta’sirida kartoshkada irsiy o’zgarishlar ro’y berishini aniqladi.
Keyingi yillarda sun’iy mutasiya ishlari Shvesiya, Rossiya, Hamdo’stlik mamlakatlari, AQSh, Chexiya, Slovakiya, Fransiya, Hindiston, Yaponiya kabi mamlakatlarda keng avj oldi.Akademik I.A.Rapoport rahbarligida Rossiya fanlar akademiyasining ximiyaviy fizika institutida mutagenez markazi tashkil qilindi.
Akademik N.P.Dubinin 1957 yilda radiasion genetika laboratoriyasini tashkil qiladi. Qimmmatbaho va muhim xo’jalik-biologik belgi hamda xususiyatlarga ega bo’lgan sun’iy mutantlar hosil qilish uchun turli mutagenlardan foydalaniladi.
Mutagen deb, sun’iy mutasiyalarni hosil qiluvchi omillarga aytiladi. Seleksiya ishida sun’iy mutagenlarni hosil qilish uchun fizikaviy va ximiyaviy mutagenlardan foydalaniladi.
Fizikaviy mutagenlar – ionizasiya, alfa, betta, gamma, rentgen va lazer nurlari, neytronlar, ultrabinafsha nurlar, o’ta past va o’ta yuqori harorat kabilardan iborat.
Bularning ta’sir etuvchi miqdori (dozasi) o’simlikning turi, navi, yoshi va boshqa omillarga qarab 5 dan 200 kr gacha (kilorentgen) bo’ladi. Gamma va rentgen nurlari o’simlik urug’iga ta’sir ettirilganda ularning dozasi 5-10 kr. dan oshmasligi kerak.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling