Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja
Download 399.53 Kb.
|
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar
Ximiyaviy mutagenlar – etilenemin, nitrozometilmochevina, nitrozoetilmochevina, dimetilsulfat, metilmetansulfanat, gidroksilaminlardan iborat – murakkab ximiyaviy moddalar. Ularning suvdagi 0,0001-3 foizli eritmalariga o’simliklarning urug’i, ildizi, qalamchasi, novdasi, o’sish nuqtasi (kurtagi), tuganagi va piyozlari 8 soatdan 24 soatgacha ivitib olgandan keyin ekiladi. Bunday o’simliklar ichida irsiyati o’zgargan yangi belgili – xususiyatli o’simliklar hosil bo’ladi.Bu o’simliklarda tanlash o’tkazib, kerakli belgili – xususiyatli o’simliklar – mutantlar tanlab olinadi. Ximiyaviy mutagenlarning o’ta ta’sirchan ekanligini inobatga olib mutasiya chaqirish uchun quyidagi miqdordagi suvdagi eritmalari qo’llaniladi:
Nitrozometilmochevina – 0,0001-0,015 foiz; Nitozoetilmochevina - 0,0001-0,025 foiz; Dimetilsulfat - 0,01-0,15 foiz; Dietilsulfit - 0,01-0,2 foiz; Etilenemin - 0,01-0,5 foiz; Etilmetansulfanat - 0,1-1,5 foiz; Gidroksilamin - 0,5-3,0 foiz. Bunday kuchli murakkab ximiyaviy moddalar-mutagenlar bilan ishlaganda juda ham katta ehtiyotlik choralari ko’rilishi kerak. Mutagenlar ta’sir etilib hosil qilingan o’simlik avlodi mutant deyiladi va katta (bosh) M harfi bilan ifodalanadi (M1 M2 M3 va boshqalar). Mutantlardan Morfozlar (irsiy bo’lmagan o’zgaruvchanlikni) farqlash uchun tanlash mutantlarning birinchi (M1) bo’g’inida o’tkazilmay, balki ikkinchi (M2) bo’g’indan boshlab o’tkaziladi. Sun’iy mutasiyalardan seleksiya ishida foydalanishning ikki yo’li bor: Rayonlashtirilgan eng yaxshi navlarning sun’iy mutantlarini hosil qilib, ulardan to’g’ridan to’g’ri foydalanish asosida (tanlash, o’rganish, sinash) yangi navlar yaratish; Eng yaxshi navlarning sun’iy mutantlarini hosil qilib, ularni boshqa navlar bilan chatishtirish asosida yangi navlar yaratish. Sun’iy mutasiyadan foydalanib mamlakatimizda va chet ellarda ekinlarning yuqori hosilli, mahsulot sifati yaxshi bo’lgan, tezpishar, kasalliklarga chidamli, yotib qolmaydigan, pakana bo’yli nav va xillari yaratilgan, ular ishlab chiqarishga keng joriy etilmoqda, Masalan, bahori bug’doyning Novosibirskaya-67, arpaning Minskiy, soyaning Universal, sulining Zelyony navlari mutantlardir. AQShda kuzgi bug’doyning mashhur bo’lgan Geyns, Hindistonda – Sharbati Sonora degan mutant navlari rayonlashtirilgan.Bu navlar pakana bo’yli bo’lib gektaridan 120-140 sentnergacha hosil bera oladi. Ularning donida oqsil moddasi 2,5 foiz, oqsilida esa lizin aminokislotasi 1,5 marta ko’pdir. Shvesiyada arpaning Pallas navi Bonus navi urug’iga rentgen nurlari ta’sir etilib, AQShda sulining zang kasalligiga chidamli, yotib qolmaydigan, pakana bo’yli serhosil Florad navi Florigen naviga issiq neytronlar ta’sir ettirib yaratildi. V.S.Pustovoyt nomidagi moyli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutida ximiyaviy mutagenez yo’li bilan kungaboqarning Pervenes degan navi yaratilib, uning urug’ining moyida olein kislotasining 75 foizgacha to’planishiga erishilgan. Shu ko’rsatkich Peredovik standart navida 27,6-32,0 foizni tashkil qilgan. Pervenes mutant navining moyi sifati jihatidan zaytun moyiga yaqinligi aniqlangan.Mutagenez yo’li bilan yaratilgan bu xususiyatli kungaboqarning Pervenes navi kabi mutant nav jahonda birinchi nav bo’lib hisoblanadi. P.P.Lukyanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo’jalik ilmiy-tadqiqot institutida shu usul bilan Bezostaya-1 va Mironovskaya-808 navlarining pakana bo’yli, sovuqqa o’ta chidamli, doni a’lo sifatli mutantlari hosil qilinib, ular duragaylashda keng foydalanilmoqda. Kuzgi arpaning Start navi urug’ini nitrozoetilmochevinaning 0,05 foizli suvdagi eritmasida ivitilib, qimmatbaho Debyut navi yaratilgan. Arpaning 31M15 liniyasini duragaylashda foydalanib, kuzgi arpaning Novator navi yaratilgan.N.Nazirov radiasion mutantlarni hosil qilish uchun g’o’zaning bargi va gul tugunchasiga radioaktiv fosforni ta’sir qilinishi to’g’risida aytib o’tadi.Oddiy KN2RO4 bilan radioaktiv KN2R32O4 aralashmasini 100 ml distillangan suvda eritib tuguncha yaqinida joylashgan bargni shu aralashmaning ichiga qo’yadi. Shu tugunchadan rivojlanib hosil bo’lgan urug’ini ekib o’stirilgan o’simliklarda mutasion o’zgarishlar, ya’ni belgi va xususiyatlar kuzatiladi. Ko’pincha g’o’za ekini seleksiyasida sun’iy mutantlar hosil qilish maqsadida g’o’za o’simligining urug’i (chigiti) nurlanadi.Radiasion nurlanish usulini qo’llab Sh.I.Ibragimov g’o’zaning 108-F navidan yangi yirik ko’sakli (9 grammgacha) yuqori hosilli Mutant-1 navini yaratadi. G’o’zaning Gossipium barbadenze turiga mansub o’simligi chigitini nishlangan va unib chiqish davrida past haroratning mutagen omili bo’lganligi kuzatilgan. G’o’zaning Gossipium barbadenze turiga mansub o’simligining nul tipli, hosilni asosiy tanaga yaqin barg qo’ltiqlarida shakllantiradigan mutant hosil qilish tarixi qiziqdir.Bunday shakllarni birinchi bo’lib seleksioner V.G.Kulibayev hosil qilgan.Ingichka tolali simpodial shaklli g’o’zaning unib chiqish fazasida qor ostida qolib o’zgargan o’simliklardan tanlash usuli bilan yuqorida aytib o’tilgan xususiyatli 3169-I navi yaratiladi.Keyinchalik shu usulni qo’llab A.I.Avtonomov 2525 navini yaratadi.Bu ikkala navdan keyinchalik boshlang’ich material sifatida foydalanib, ko’plab nul tipli g’o’za navlari yaratiladi. Nabijon Nazirov rahbarligida va uning usullarini qo’llash natijasida, qimmatli belgi va xususiyatlarga ega bo’lgan mutant g’o’za navlari yaratilgan: Oktyabr-60, Mutant-7, AN-Samarqand-2, Samarqand-3, AN-401, AN-402, AN-407, AN-409. Bu navlardan Oktyabr-60, Samarqand-3, AN-402 rayonlashtirilib, Davlat reyestriga kiritilgan bo’lib, respublikamiz viloyatlarining katta maydonlarida ekilmoqda. Hindistonda M.Svaminatan pakana bo’yli ikki genli Sanora- 64 bug’doyiga gamma nurlarini ta’sir qilib, mashhur yuqori hosilli, ajoyib sifatli (qahrabo rangli urug’li) Sharbati Sanora mutant navini yaratdi. Bu navda Sanora-64 ga nisbatan oqsil 2,5 foiz ko’p (Sanora-64 navida 16,5 foiz) va lizin aminokislotasi 1,5 foiz marta ko’p saqlanadi. Sun’iy mutagenez usullari bilan ekinlarning past, pakana bo’yli mutant-navlarini yaratish ko’p mamlakatlarda avj olib kelmoqda.AQShda ko’p miqdorda pakana bo’yli makkajo’xori navlari yaratilib, katta maydonlarda ekilmoqda. A.I.Patapolskaya, L.I.Yurkevich, S.G.Mashtaler aytishlaricha, o’tkazgan tajribalarida kuzgi javdarga ekzogen nuklein kislotasi ta’sir qilganda past bo’ylilik rivojlanganligi va shu bilan yuqori hosillik va yaxshi sifatli o’simliklar hosil qilingan. Ularning tajribalarida nazorat o’simliklarning (ta’sir etilmagan) bo’yi 125,7-157,6 sm bo’lgan bo’lsa, tajribada-nuklein kislotasi bilan ta’sir qilganda bo’yi 75-114 sm tashkil qilgan. Ya’ni ekzogen nuklein kislotasi ta’siri ostida javdarning bo’yi 51,1-68,6 sm. gacha pasaygan. Yangi navlar yaratishda tabiiy mutasiyalarning ahamiyati katta. Masalan, Norin-10 yapon kuzgi bug’doyning pakana bo’ylilik genlaridan foydalanib, bug’doyning pakana (kalta) bo’yli navlarni, makkajo’xorida aniqlangan oqsil sifatini yaxshilovchi Opak-2 va Flouri-2 mutant genlardan foydalanib, donining tarkibida lizin va metionin aminokislotalarini miqdorini oshirish va boshqalar. Oddiy makkajo’xori donining tarkibida (har 100g oqsilga to’g’ri keladigan) lizin 1,6 g, metionin 2 g bo’lgan bo’lsa, Opak-2 li makkajo’xorida bu ko’rsatkichlar 3,7 va 1,8 ni, Flouri-2 makkajo’xorida esa – 3,4 tashkil qilgan. Bunday xususiyatli makkajo’xoridan foydalanib, tarkibida lizin va metionin moddalarni ko’p miqdorda saqlaydigan yuqori to’yimli oziqa beradigan navlar yaratilmoqda. Shunday qilib eksperimental, sun’iy mutagenez usullari qo’llash natijasida qishloq xo’jalik ekinlarining yuqori hosilli, yaxshi sifatli, kasalliklarga, zararkunandalarga chidamli, tarkibida qimmatli moddalarni ko’p to’playdigan, mexanizasiyaga mos navlari yaratilgan va yaratilmoqda. SavollarMutasiya nima, qaysi o’zgaruvchanlik? Sun’iy ravishda (eksperimental) mutasiya hosil bo’lishi mumkinmi? Mutant nima? Mutagen nima va uning xillari. Qishloq xo’jalik ekinlarining qaysi mutantlari hosil qilingan? O’zbekistonda sun’iy mutagenez ishlari, g’o’za seleksiyasida nima ishlar qilingan? (N.N.Nazirov, Sh.I.Ibragimov, O.Jamilovlarning ishlari). Tabiiy mutasiyalardan seleksiyada foydalanish mumkinmi? Download 399.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling