Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja
Download 399.53 Kb.
|
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org
Allopoliploidiya. Har xil genomlarning qo’shilishi tufayli vujudga keladigan poliploidiya - allopoliploidiya (amfidiploidiya) deyiladi. Bular har xil tur va turkumlarga mansub o’simliklarni (uzoq shakllarni) chatishtirish asosida hosil bo’ladi. Masalan, turlararo duragaylashda:
AA x VV
Bu uzoq shakllar duragayi (AV)ning genomlari 2 marta ortib (AAVV)- amfidiploid hosil bo’ladi. Agar bir tur (turkumning) genomi AA-2n=42 xromosomali bo’lsa, ikkinchining genomi VV-2n=14 xromosoma bo’lsa, ularni chatishtirish natijasida AV(2n=28) duragayi hosil bo’ladi. A A x VV AV kolxisin AAVV 2n=42 2n=14 28 xr. 28+28=56xr. n=21 n=7 2n Bu duragayning urug’iga kolxisin ta’sir qilinsa xromosomalar soni ikki barobar oshadi 28+28=56 va ikki turkumning genomlari qo’shiladi. AAVV-56 xromosomali amfidiploid hosil bo’ladi. Bu yangi amfidiploid tarkibida 42 xromosomasi bug’doyniki, 14 xromosomasi javdarnikidir. Demak, amfidiploidlarda xromosomalar soni ikkala diploid turlarning (o’simliklarning) yig’indisiga teng. Viktor Yevgrafovich Pisarev 1972 yilda yumshoq bug’doy bilan javdarni chatishtirib, 56 xromosomali amfidiploid-tritikaleni yaratdi. Yumshoq bug’doy 2n=42 x javdar 2n=14 duragay 2p=28 n=21 n=7 (B21+J7)=28 Kolxisin ta’sir etib, xromosomalar soni ikki barobar oshadi. Natijada 2n=28x2 2n=56 xromosomali tritikale (bug’doy bilan javdar diploid xromosomalari qo’shilgan). Hosil qilingan tritikale o’simligi tez va kuchli o’sadi, u yirik boshoqli, kasalliklarga va sovuqqa chidamli, donida 19-23 foiz oqsil va ko’p miqdorda lizin aminokislotasi mavjud. Ukraina o’simlikshunoslik, seleksiya va genetika ilmiy tadqiqot institutida A.F.Shulndin qattiq bug’doy bilan (2p=28) javdarni (2p=14) chatishtirib, 42 xromosomali amfidiploid - tritikaleni yaratdi. Amfidiploidning (tritikalening) 120 dan ortiq navlari yaratilib, ulardan Amfidiploid-1, Amfidiploid-196, Amfidip-loid-209 kabilarni yem-xashak ekini sifatida (doni va yashil ozuqasi uchun) ekilmoqda. O’zbekistonda tritikalening Bahodir (Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida yaratilgan), Mnogozerny-2, Prag serebristy, Uzor navlari ekilmoqda. Tritikale nomi ikki turkum (bug’doy - tritikum, javdar - sekale) nomidan kelib chiqqan. Bu odam tomonidan yaratilgan yangi don ekinidir. Uning katta hosildorlik imkoniyatlari, tarkibida ko’p miqdorda oqsil va lizin, triptofan aminokislotalarini saqlanganligi, kasalliklarga va noqulay sharoitlarga chidamliligi katta ahamiyatga ega ekanligini va istiqbolligini ko’rsatadi. Tritikale donining tarkibidagi oqsil moddasi bug’doy donidagiga nisbatan 3-4 foiz ko’p, kleykovina esa bug’doynikidek, javdarga nisbatan esa 2-4 foiz ko’p, lekin sifati pastroq. Tritikalening doni non tayyorlashda, konditer sanoatida, pivo pishirishda va mollarga yem sifatida foydalaniladi. Non pishirish sifati bug’doyga nisbatan pastroq, lekin bug’doy unini (70-80 foiz) tritikale uni bilan (20-30 foiz) aralashtirilsa, juda yaxshi sifatli non tayyorlanadi. Tritikalening ko’k massasi va silosi bug’doy va javdarga nisbatan 0,5-1,0 foiz ko’proq hazm qilinadigan proteinga ega. Bir organizmda bug’doy bilan javdarni belgi va xususiyatlarini birlashtirish g’oyasi taxminan 1875 yilda Edenburgda Angliya olimi Uelsonning bug’doy-javdar duragayi hosil qilinganligi to’g’risida maqolasi chop etilgandan keyin vujudga keladi. 1881 yil Germaniyada Rimpau bug’doy bilan javdar o’rtasida (konstant) barqaror oraliq duragaylari ajratib olgan bo’lsada, u vaqtda buning ahamiyatiga e’tibor berilmaydi va shuning uchun amalda qo’llanilmaydi. 1918 yilda Saratov qishloq xo’jalik tajriba stansiyasida G.K.Meyster bunday duragaylarni (bug’doy-javdar) javdar ekin maydonida bug’doy bilan tabiiy duragaylanish asosida hosil bo’lganligini kuzatgan. 1925 yil V.N.Lebedev Beloserkov tajriba-seleksion stansiyasida tabiiy javdar-bug’doy duragaylarini topgan. Birinchilar qatorida geksaploid tritikaleni o’rgangan A.I.Derjavin hisoblanadi. U kishi 1933 yilda bug’doy bilan javdarni chatishtirib birinchi amfidiploidni hosil qildi. Undan keyin seleksiya ishida planli ravishda ko’p mamlakatlarda jumladan O’zbekistonda tritikale navlarini yaratish ishlari avj olib yuborildi. Download 399.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling