Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Mavzu. Daslabki materialni yaratishda poliploidiyadan foydalanish


Download 399.53 Kb.
bet32/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

6. Mavzu. Daslabki materialni yaratishda poliploidiyadan foydalanish
Reja:
1. Poliploidiya natijasida o‘simliklarning belgi va xususiyatlarini o‘zgarishi.
2. Poliploid shakllarini sun’iy hosil qilishda foydalaniladigan ximiyaviy mutagenlar xillari. 3.Avtopoliploidiya va allopoliploidiya.
4. Seleksiyada gaploidiyadan foydalanish, gaploidlarni sun’iy yaratishda qo‘llaniladigan usullar.
Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati
1. Abdukarimov D.T.Qishloq xo’jalik ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi.(Darslik) T., 2010.
2. Abdukarimov D.T. Dala ekinlar xususiy seleksiyasi. .(Darslik) T., 2007.
3.Abdukarimov D.T. Donli ekinlar seleksiyasi va urug’chiligi. .(Darslik) T., 2010.
Xorojiy adabiyot
1.Principles of Plent Genetics and Breeding. George Acquaah Bowie State University, Maryland, USA. 2012.
2.Rex Bernardo. Essentials of PLANT BREEDING. Stemma press. USA-2014
Qo’shimcha adabiyotlar
1.Ergashtv I.T.va boshqalar . Qishloq xo’jalik ekinlari seleksiyasi va urug’shilik praktikumi.Toshkent 2012.
2.Qurbonov G.K. Javlar va triticale. O’simlikshunoslik.Toshkent .Mehnat,2002
3.O’zbekiston Resublikasi hugudida eksh ucyun tavsiya etilgan qishloq xo’jalik ekinlari davlat reestriga kritilgan navlarning tavsifi Toshkent 2017
Internet manbalari
1.www.referat.ru
2.www.agronomy.ord
3.www.library:breeding of animals and crop plants.
4. http: www.Ziyonet.Uz
Har bir tur o’simliklarga xos bo’lgan hujayra yadrosining tarkibidagi xromosomalarining soni aniq miqdorda bo’ladi.
Xromosomalarning miqdorini o’zgaruvchanligi, o’simliklar evolyusiyasida muhim rolni o’ynagan. Yovvoyi va madaniy o’simliklarning xromosomalar tarkibini o’rganib chiqqanda ko’pchilik qishloq xo’jalik o’simliklari poliploid ekanligi aniqlangan. Bular ko’pgina donli ekinlar, mevali, rezavor, sitrus, texnika va boshqa ekinlardir.
Akademik P.M.Jukovskiyning iborasicha, insoniyat ko’pincha poliploidlar mahsulotini iste’mol qiladi. Masalan, poliploid madaniy o’simliklardan: suli (2p=42), kartoshka (2p=48), o’rta tolali va uzun tolali g’o’za (2p=52), tamaki (2p=48) va boshqalar. Ammo ayrim ekinlarda poliploid turlari uchramaydi (masalan, javdarda (2p=14), arpada (2p=14), bularda faqat diploid o’simliklar (tur) mavjud.
Har xil poliploidliligiga ega bo’lgan madaniy o’simliklarda xromosom soni ko’proq bo’lgan turlarining mahsuldorligi yuqoriroq bo’ladi.
Masalan, geksaploid yumshoq bug’doy – eng yuqori hosilli va yer yuzida ko’p tarqalgan bug’doy turi. Bu ekinning (bug’doyning) jahon umumiy maydonining 4/5 qismi yumshoq bug’doyga to’g’ri keladi. Qattiq bug’doyga (2p=28) bug’doy ekini umumiy maydonining faqat 10-11foizi to’g’ri keladi. Ko’p ekinlarning tabiatda tarqalgan poliploidlari aniqlangan. Ayrimlarining poliploid qatorlari ham aniqlanib tuzilgan. Masalan, kartoshkada - 12, 24, 36, 48, 60, 72, 96, 108, 144. G’o’zada - 26, 52. Otquloqda - 20, 40, 60, 80, 100, 120, 140. Atirgulda - 14, 21, 28, 35, 42, 56. Bug’doyda - 14, 28, 42, 56. Sulida - 14, 28.
Sistematik jihatdan yaqin turlarda xromosomalar asosiy sonining karrali ortib borishi natijasida hosil bo’lgan qatorga poliploid qator deyiladi.
Xromosomalari gaploid yig’indisidagi genlar to’plami genom deyiladi. Xromosomalarning asosiy gaploid soni X bo’lsa, diploid soni - XX, triploid soni - XXX, tetroploid soni - XXXX bo’ladi.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling