Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 399.53 Kb.
bet36/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

1. Tur ichida changlatish. Makkajo’xorining gaploidini hosil qilishning hozirgi yakka usulidir. Makkajo’xorining gaploidini hosil qilish to’g’risida birinchi bo’lib L.Randolf va L.Stadlar 1929 yilda De Moyn shahrida (Ayova shtati) Amerika ilmiy assosiasiyasining yillik yakuniy yig’ilishida og’zaki aytib o’tadilar. Randolfning aytishicha makkajo’xorida har bir ming o’simlikka o’rtacha 0,64 gaploid to’g’ri keladi. (0,11 dan 1,03 gacha).
2. Turlararo changlatish. Boshqa tur o’simligining changi bilan changlatish. Bu usul gaploid partenogenezga asoslangan bo’lib, madaniy tur navlarining gullari (onaligi) yovvoyi tur o’simligi changi bilan changlatilsa gaploid organizmlar hosil bo’lishi mumkin. Bu yerda urug’lanmagan tuxum hujayradan murtak o’sib, rivojlanib urug’ning murtagini hosil qiladi. Gaploid xromosomalar soniga ega bo’lgan murtakning urug’idan - gaploid o’simlik o’sib chiqadi.
3. Rentgen, gamma va lazer nurlari bilan ta’sir ettirgan changlar bilan changlatish. Bu nurlar ta’sirida chang donachalarining hayotchanligi pasayib, ular tuxum hujayrani normal urug’lantira olmaydi, lekin uning partenogenetik rivojlanishini tezlashtiradi. Bu usul bilan makkajo’xori, yumshoq bug’doy, qattiq bug’doy, tamaki, pomidor va boshqa ekinlarning gaploidlari olingan.
4. Egizaklik usuli. A.Myuntsingning aytishicha, egizak organizmlarning 0,5 foizi gaploid bo’lishi aniqlangan. Shu usul bilan yumshoq bug’doy, javdar, sholi, g’o’za va kartoshkaning gaploidlari yaratilgan.
5. O’simlik gullaganda changlanish va urug’lanishga yo’l qo’ymay, uni cho’zish. Bu usuldan foydalanib, yovvoyi bir donli bug’doylarning gaploidlari yaratilgan.
6. Changdonlarni o’stirish usuli. Bunda yetilgan changdonlar tarkibida stimulyatorlar (o’stiruvchi moddalar) bo’lgan, sun’iy ozuqa muhitiga joylanib, muayyan issiqlik va yorug’lik sharoitida steril holda saqlanadi. Bir necha haftadan keyin bu changdonlar yorilib, ulardan gaploid xromosomali embrionlar (embrionga o’xshash o’simtalar) paydo bo’ladi. So’ngra bu o’simtalar yangi ozuqa muhitga ko’chirilib, ulardan gaploid o’simliklar hosil qilinadi.
Shu usul bilan bangidevona, tamaki, arpa kabi ekinlarning gaploidlari olingan. Umuman ommaviy miqyosda gaploidlar hosil qilishda changdonlarni o’stirish usuli ancha istiqbolli usul hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda sun’iy gaploidlardan seleksiya ishida keng foydalaniladi. Ayniqsa, bunda gomozigotali (turg’un) shakllarni tez va qisqa muddatda yaratish imkoniyati mavjud. Ma’lumki, insuxt (inbriding) asosida gomozigota organizmlar hosil qilish uchun o’simlikni kamida 7-10 yil davomida majburiy o’zidan changlatish lozim. Shundan keyin ham ularda geterozigotalik ma’lum darajada saqlanib qoladi.
Gaploid o’simliklardagi xromosomalar sonini ikki barobar oshirib, 2-3 yilda yuqori darajadagi gomozigota organizmlarni yaratish mumkin. Bunda gaploidlar normal nasl beradigan, ya’ni fertil holatda bo’ladi.
Gaploidiya uzoq shakllarni duragaylashda keng qo’llanadi. Masalan, kartoshkaning madaniy tetraploid (2n=48) turi navlari yovvoyi diploid (2n=24) turi bilan yomon chatishadi. Ularni osonlik bilan chatishtirish uchun madaniy tetraploid turi navlarining gaploid o’simliklari (digaploidlari 2n=24) hosil qilinib, keyin yovvoyi diploid (2n=24) tur o’simligi bilan chatishtiriladi.
Madaniy tur 2n=48 xromosoma
Yovvoyi tur 2n=24 xromosoma
Madaniy tur 2n=48-gaploidiya digaploid 2p=24
Digaploid 2n=24 x yovvoyi tur 2n=24 duragay
n=12 n=12 2n=24

Hosil bo’lgan uzoq shaklli duragay urug’iga kolxisin ta’sir qilib, bu duragay 48 xromosomaliga aylantiriladi (2n=48).


Gaploidlar mutagenlar ta’sir ettirib olingandan so’ng darhol resessiv mutasiyalarni tanlab olishda ham keng qo’llaniladi.
Gaploidlardan bug’doyning pakana bo’yli, kartoshkaning kasalliklarga chidamli navlarini yaratishda keng foydalaniladi. Gaploidiya usuli bilan Odessadagi seleksiya va genetika ilmiy tadqiqot institutida arpaning yuqori hosilli Istok, Odesskaya-115 navlari yaratilgan. Ayniqsa kartoshka seleksiyasida turlararo duragaylashda gaploidiya usuli keng qo’llanib, uning asosida fitoftorozga, virus kasalliklariga, kolorado qo’ng’iziga chidamli, tarkibida ko’p miqdorda oqsil, kraxmal saqlaydigan kartoshka navlarini yaratishda katta muvaffaqiyatlarga erishilgan. Bunga S.M.Bukasov, A.Ya. Kameraz rahbarligida yaratilgan navlar yaqqol misol bo’lishi mumkin.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling