Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


Download 399.53 Kb.
bet39/55
Sana08.11.2023
Hajmi399.53 Kb.
#1758137
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55
Bog'liq
Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi -fayllar.org

Oddiy liniyalararo duragaylar. (AxB, VxG), ikkita insuxt liniya chatishtirib olinadi. Bu duragaylar serhosil bo’lib, odatda navlarga nisbatan 30-40 foiz va undan ko’p hosil beradi. Ko’pincha shirin makkajo’xori yetishtirishda foydalaniladi. Keyingi yillarda bir necha mamlakatlarda don uchun oddiy liniyalararo duragaylarni ekish keng tarqalmoqda. B.P.Sokolov, V.P.Riyxo, A.B.Xudayqulov O’zbekiston g’allachilik ilmiy-tadqiqot institutining Kattaqurg’on tayanch punktida o’zidan changlatilgan liniya- lararo chatishtirish usulini qo’llab makkajo’xorining Dneprovskiy-70TV duragayi hosil qilingan.

IKS-64T x IKS-19TV Dneprovskiy-70TV


Oddiy liniyalararo duragaylardan Ulug’bek oddiy duragayi, BS-6166 TV oddiy duragayi O’zbekistonda ekilib kelinmoqda. Oddiy liniyalararo duragaylar uch liniyali, qo’sh liniyalararo duragaylar urug’ini hosil qilishda ona o’simliklari sifatida foydalaniladi.


Uch liniyalararo duragaylarni yaratish uchun birinchi yili ikkita liniya chatishtirilib, oddiy duragay hosil qilinadi, ikkinchi yili u uchinchi liniya bilan chatishtiriladi. (AxB)xV. Bunday duragayning birinchilaridan 1976 yil Dneprovskiy-98 MV yaratilgan, hozirgi vaqtda uch liniyali duragaylarni ekish keng tarqalmoqda.
A.B.Xudayqulov hammualliflikda g’allachilik ilmiy-tadqiqot institutining Kattaqurg’on tayanch punktida makkajo’xorining uch liniyali duragayini quyidagicha hosil qilgan:

(V-73T x V-84ET) x DKK 18VT


Qo’sh liniyalararo duragaylar yaratish uchun birinchi yili to’rtta o’zidan changlatilgan liniya ikki juft qilib chatishtirilib, ikkita oddiy duragay hosil qilinadi va ikkinchi yili bu odiy duragaylar o’zaro chatishtiriladi va natijada qo’sh liniyalararo duragay yaratiladi.


1 yil AxB va VxG
2 yil (AxB) x (VxG) qo’sh liniyalararo duragay
oddiy duragay oddiy duragay

Bunday duragaylar ishlab chiqarishda ko’p tarqalgan. Ular odatdagi navlarga nisbatan 25-35 foiz ko’p va arzon hosil beradi. Bular: VIR-42, VIR-156, VIR-338, Krasnodarskiy-5, Dneprovskiy-90T va boshqalar. VIR-42 duragayi ikki oddiy duragayni chatishtirishdan hosil qilinadi:


Slava (VIR-44 x VIR-38) x Svetoch (VIR-40 x VIR-43)


Bunda Slava va Svetoch – oddiy duragaylar, VIR-44, VIR-38, VIR-40, VIR-43 - o’zidan changlatilgan liniyalar. VIR-156 duragayi quyidagicha hosil qilinadi:


Pobeda (VIR-133 x VIR-64) x Progress (VIR-157 x VIR-158)


oddiy duragay oddiy duragay

O’zbekistonda ko’p yillar davomida katta maydonlarda keng tarqalib ekilgan, davlat reyestriga kiritilgan makkajo’xorining qo’sh liniyalararo duragayi VIR-338dir. Bu duragay quyidagicha hosil qilinadi:


Oddiy duragay Vesna ikkinchi oddiy duragay Veter bilan chatishtiriladi:
Vesna (VIR-133 x VIR-155) x Veter (VIR-164 x VIR-167).

Murakkab liniyalararo duragaylar uch bosqichda hosil qilinadi. Masalan besh liniyali Jerebkovskiy 86 MV duragayi (1972 yilda rayonlashtirilgan) quyidagicha hosil qilinadi:


[(VIR-44M x VIR-403M) x G380M] x (VIR-26MV x VIR-27MV)



Bu duragaydan keyin murakkab oltiliniyali Odesskiy 92MV va VGI-9MV duragaylari yaratilib rayonlashtiriladi.

Download 399.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling