Ma’ruza matnlari mavzu. Kirish. Qishloq xo‘jalik ekinlari yangi navlarini yaratishning axamiyati, xolati va istiqbollari. Reja


O’zidan changlangan (insuxt) – liniyalar


Download 416.72 Kb.
bet5/55
Sana12.02.2023
Hajmi416.72 Kb.
#1191022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
маруза матни

O’zidan changlangan (insuxt) – liniyalar deb chetdan changlanadigan o’simlikni ko’p marta majburan o’zidan changlantirib olingan bir o’simlikning nasliga aytiladi. Geterozisli duragaylar yaratishda yaxshi insuxt-liniyalar tanlab olinib, o’zaro yoki navlar bilan chatishtiriladi.Natijada hosil qilingan duragay urug’lar ekilgan yili hosildorlik keskin oshadi. Shuning uchun insuxt-liniyalar duragaylarining urug’ini har yili yetishtirish kerak.
Sun’iy mutasiya va poliploid shakllar deb, o’simliklarga radiasiyaning har xil turlari, maxsus murakkab ximiyaviy moddalar, harorat va boshqa omillar bilan ta’sir etib yaratilgan boshlang’ich materialga aytiladi.
Seleksiyaning rivojlanish tarixida turli boshlang’ich material ahamiyati turlichadir.Tabiiy populyasiyalar ko’p asrlar davomida seleksiya uchun yagona boshlang’ich material bo’lib kelgan. Genetika fani paydo bo’lishi va rivojlanishi natijasida seleksiyada duragaylashni qo’llash nazariy jihatdan asoslab berildi.
Mutantlar va poliploid shakllar seleksiya uchun yangi boshlang’ich material bo’lib, ko’pchilik ekinlar sohasida yaxshi natijalar bermoqda. Masalan, genetik olim Nabijon Nazirov g’o’za seleksiyasida radiasiyadan foydalanishning istiqbollari katta ekanligini 1977 yildayoq yozgan edi. Oxirgi yillarda shu usul bilan yaratilgan boshlang’ich material asosida g’o’za va boshqa ekinlarning ko’p miqdorda yuqori hosilli, chidamli, yaxshi sifatli navlari yaratilmoqda.
Tabiiy populyasiyalar va ekinlarning mahalliy navlari hozirgi zamon seleksiyasining talabini to’la qondira olmaydi, chunki ular mahalliy sharoitlarga ekologik jihatdan yaxshi moslashsada, yangi navlarda bo’lishi zarur hisoblangan hamma sifatlarga ega emas. Ekinlarning talabga to’la javob beradigan navlarini yaratish uchun seleksiyada chet mamlakatlardan yoki boshqa qit’alardan keltirilgan dastlabki materialdan ham foydalanish kerak.
Seleksiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi jarayonida o’simliklarning yangi navlarini yaratishning bir qancha usullari ishlab chiqilgan hamda amalda keng qo’llanilgan.

Download 416.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling