Uchinchi xil korroziya betonning sement toshiga sul’fat suvlari ta’sir qilganda sodir bo‘ladi. Sul’fat SaS04, MaSO4, NaSO4 lar va boshqa er osti suvlar, shuningdek okar suvlar tarkibida mavjuddir. Sul’fatlarning kal’siy gidroksidi bilan almashinish reaksiyasiga kirishi natijasida sementtoshi govaklarda ikki molekula suvli kal’siy karbonat angidridi (gips) hosil bo‘ladi, Gips kal’siy gidroalyuminati bilan reaksiyaga kiradi:
2(SaS04*2N20)+ZSaO*A12Oz*6N2O+19N2O=3SaO*Al2O3*3CaSO4*31N20
eritring
Bu reaksiya natijasida hosil bo‘ladigan qiyin eriydigan kalsiy gidrosul’fatoalyuminati suv bilan kristallashib uz hajmining 2,5 martaba oshiradi, bu esa betonda yoriqlar ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Portlandsementning turlari.
Portlandsementning davlatimiz xilma-xil, turlari: tez kotadigan,plastiklashtirilgan, gidrofob, sul’fatga. CHidamli va boshqa turlarini ishlab chiqarmokda. Bunday sementlar joyiga qarab, samarali ekanligi hisobga olinib qo‘llaniladi.
Tez kotadigan portlandsement qotishining dastlabki uch sutkasida mustahkamligi tez oshib borishi bilan ajralib turadi. Sementning tez qotishiga klinker tarkibida aktiv minerallar (S3S+SzA=60….65%) bo‘lishi, shuningdek klinkerning tuyish maydaligini, solishtirma yuzasini 3500. ..4000 sm2/g gacha oshirish hisobiga erishiladi. Uni to‘yishda (kupi. bilan 15%) aktiv mineral qo‘shimchalar yoki granullangan domna shlaklari (sement massasi bo‘yicha 20 % gacha) qo‘shishga yo‘l qo‘yiladi.
Tez kotadigan portlandsementdirning yana bir turi o‘ta tez qotadigan portlansementdir. U tarkibida 60... 65% S3S gacha va ko‘pi bilan 8% S3A bo‘lgan klinkerga gips qo‘shib 4000... 4500 sm2/g va undan ortiq solishtirma yuzagacha maydalab to‘yib tayyorlanadi. Mineral qo‘shimchalar kiritishga ruxsat etilmaydi. Uta tez qotadigan portlandsement juda tez kotishi va yuqori markalari (600 va 700) bilan xarakterlanadi. 400 va 500 markali tez kotadigan portlandsementlardan mustahkamligi yuqori yig‘ma, oddiy va oldindan taranglangan temir-beton buyumlar va konstruksiyalarni tayyorlash maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, undan beton va qorishma mustahkamligining tez ortishini talab qiladigan ta’mirlash va tiklash ishlarida foidalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |