Ma`ruza Mavzu: Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi moddalar tasnifi
Download 170.32 Kb.
|
3-Ma`ruza Mavzu Mineral bog’lovchilar. Mineral bog’lovchi modda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ohakning qotish.
- Ishlatish soxasi, tashish va saqlash
Ohakning sundirish jarayonlari.
So‘nmagan donador ohakka suv ta’sir ettirilib so‘ndirilgan ohak olinadi va u qo‘yidagicha ximiyaviy tarkib orqali ifodalanadi. SaO+N2O=Sa(ON)2=Sa(ON)2+Q=15,2 kkal=1160j. Ohak so‘ndirishning bir necha usuli mavjud bo‘lib unda ohak tarkibiga kancha suv qo‘yilganiga qarab ohak massasiga nisbatan 32,1...50% suv qo‘yilsa u maydalanib so‘nadi va unda ohak kukuni(ochilgan ohak)hosil bo‘ladi. Agar suv miqdori ohak massasiga nisbatan 2..3 baravar oshirilsa unda ohak xamiri hosil bo‘ladi. Bordi-yu, ohak massasiga nisbatan 4..5 baravar suv qo‘shilsa unda ohak suti hosil bo‘ladi, bu holat esa allbata ohakli bog‘lovchi tarkibidagi CaO miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.So‘ndirilmagan ohak tarkibiga CaO miqdoriga ko‘proq bo‘lsa uni albatta suv talabchanligi ko‘proq bo‘ladi. Tarkibida magnezialli va dolomitli gilli aralashmalari bo‘lsa unda tarkib suv talabchanligi kam bo‘ladi. Ohakni so‘ndirganda dastlabgi hajmidan 2...3,5 baravar kengayishi ohak sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Ohakni so‘ndirish tezligi va natijalari esa uning ximiyaviy tarkibi, kuydirish harorati, rejimiga, ohak qancha saqlangani hamda so‘ndirish uchun qancha suv solinganiga bog‘liq bo‘ladi. Ohakni so‘ndirish tezligi va natijalari esa uning ximiyaviy tarkibi, kuydirish harorati, rejimiga, ohak qancha saqlangani hamda so‘ndirish uchun qancha suv solinganiga bog‘liq bo‘ladi. Ohak so‘ndirish tezligiga ko‘ra tez so‘nuvchi (kupi bilan 8 minut) o‘rtacha so‘nuvchi (kupi bilan 20 minut) va sekin sinuvchi (kamida 25 minut) turlarga bo‘linadi. Ohak xamirining shirali va shirasiz xillari ham bor. SHirali ohakning so‘nish davri shirasiz ohakka nisbatan kam. Sifatiga qarab havoda qotadigan ohak uchta navga bo‘linady ya’ni ohakli bog‘lovchi tarkibidagi aktiv oksidlar (SaO+MgO) mikdoriga qarab navlanadi: 1 -navda aktiv oksidlar (SaO+MgO) miqdory 90% dan kam bo‘lmasligi kerak, 2-navda esa 80% dan, 3-nav ohakda esa 70% dan ko‘p bo‘lishi lozim. SHuningdek so‘ndirilmagan donalar miqdori bo‘yicha qo‘yidagicha navlanadi: 1 - nav donador ohakda so‘ndirilmagan mikdori 7% dan ortiq, 2 - nav ohakda 11% dan ortiq, 3 - nav dotador ohakda esa so‘nmagan donalar miqdori 14% dan ortiq bo‘lmasligi lozim Ohakning qotish. Ohak xamiri asosida tayyorlangan qurilish qorishmasining qotishi ,bir necha kun davom etsa, so‘nmagan ohak kukuni qorishmasi 30...60 minutni talab qiladi. SHuning uchun so‘ndirilmay to‘yilgan qorishmasidan tayyorlangan namuna qotishmasining siqilishdagi mustahkamlmk chegarasi va uzoqqa chidamliligi sundirilgan ohaknikidai birmuncha ko‘p bo‘ladi. Ohak qorishmasining qotishiga asosan ikki faktor ta’sir ko‘rsatadi: o‘ta to‘yingan qorishmaning qotishi jarayonida unda kalsiy gidroksidning kristall xolda ajralishi; havodagi karbonat yangidrit gazi bilan kalsiy gidroksidning o‘zaro ta’siri natijasida suv ajralib chiqadigan karbonizatsiyalanish jarayoni sodir bo‘ladi: Sa (ON)2 +SO2+n N2O = SaSOz + (n + 1)N2O Bunga karbonlanish jarayoni deb ataladi. Karbonlanish jarayoni asosan, qorishma qatlamning qalinligi va havodagi karbonat angidrit gazining miqdoriga bog‘liq. SHuning uchun ham ohakli qorishma bilan suvalgan devorda karbonlanish jarayoni tez qechadi. Ohak qorishmasining qotish jarayonida yuz beradigan bu ikki jarayon natijasida qorishmaga mustahkamlik beruvchi kalsiy karbonat (SaSO3) bilan kristallangan kalsiy gidroksid hosil bo‘ladi. Ohak qorishmasining qotish jarayonida kalsiy karbonat qorishmaning sirtida, kalsiy gidroksid ,esa qorishmaning ichki qismida qoladi, chunki qorishmaning sirti tez karbonlashgani ya’ni zichlashgani uchun havodagi karbonat angidritni qorishmani ichkarisiga kam o‘tkazadi, natijada Sa(ON)2 ning kristallanishi sekin kechadi. Ishlatish soxasi, tashish va saqlash Havoda qotadigan ohak asosida g‘isht terish va suvash, silikat g‘isht, beton tayyorlash, murakkab qurilish qorishmalari tayyorlash, shuningdek,bo‘yoqchilik ishlarida bog‘lovchi sifatida ishlatiladi. So‘ndirilmagan donador ohak temir yo‘l vagonlari,avtosamosvallarda sochma holida tashiladi. Bunda ohak namlanmasligi uchun kuzovlarni brezent bilan yopib qo‘yish kerak. Ohak qorishmalari esa kuzuvlari maxsus moslashtirilgan avtosamosvallarda, ohak suti esa avtotsisternalarda tashiladi. So‘ndirilmagan ohakning barcha turlari qurilishda nam ta’sir etmaydigan usti berk xonalarda saqlanishi kerak. Agar ohak qog‘oz qoplarda bo‘lsa, uni 10...20 kun ichida ishlatib yuvorish lozim. O‘rta Osiyoda ohak qurilishda asrning o‘rtalarida juda kam ishlatilgan bo‘lib, qurilishda asosan havoda qotadigan boglovchi materiallardan soz tuproq bilan ganch ko‘proq ishlatilgan. Respublikamizda ohak ishlab chiqaruvchi yirik zavodlar birinchi bo‘lib Jizzax va Quvaysoyda 1930 yillarda kurildi, keyinchalik esa CHirchiq va YUxangaronda qurildi Magnezial bog‘lovchilar. Magniy xlorid (MgS12)ning suvli eritmalarida qoriladigan va mayda to‘yilgan kaustik magnezit yoki kaustik dolomit kukunlaridan iborat havoda qotadigan bog‘lovchi moddalar magnezial bog‘lovchi materiallar deb ataladi. Kaustik magnezit kukuni bilan xlorid eritmalarining havoda qotadigan xamirsimon aralashmasi ba’zan Sorel’ sementi deb (ixtirochining nomi bilan) ataladi. Kaustik magnezit va magnezial sementning kimyoviy tarkibi tufayli organik to‘ldirgich (yog‘och kipig‘i, kirindi-tarashasi va boshka)larning birikishi - yopishishi uchun kulay sharoitlar tug‘iladi. Ular magnezial bog‘lovchilar muxitida chirimaydi va parchalanmaydi, magnezial bog‘lovchilar bilan asbest va boshqa tolasimon to‘ldirgichlar ishlatish ham ancha foydali. Kaustik magnezit tabiiy magnezitni 750.850°S haroratda - kuydirib, so‘ngra pishgan maxsulotni kukunsimon holigacha to‘yish yo‘li bilan olinadi. MgCO3 Mg O +CO 2 (MgCO3 ) magnezitning kimyoviy tarkibi quyidagicha foiz holatda qismlardan iborat bo‘ladi: 47, 82 % Mg O va 52., 18 % CO2 . Kaustik dolomit tabiiy dolomitni kuydirish natijasida olinadi. U kalsiy va madniyni qo‘sh tuzidan iborat bo‘lib, quyidagi kimyoviy tarkibli foizlar hisobidan qismlarga ega: 54,2% CaCO3 va 45,8% MgSO3. Magniy karbonatni parchalanish reaksiyasi entotermik reaksiya hisoblanadi ya’ni bu reaksiya, reaksiya sodir bo‘lishi uchun talaygina issiqlik (1kg MgSOz ga 344 kkal) sarflash talab qilinadi. Magniy karbonatning parchalanish reaksiyasi umuman qaytarma reaksiyadir. Reaksiya talabdagidek yo‘nalishda bo‘lishi uchun reaksiya maxsulotlardan biri, ya’ni SO2 tabiiy yoki suniy yo‘l bilan chiqorib tashlanadi, shuningdek kuydirish harorati nazariy zarur haroratdan foyda yo‘q, chunki MgO ning bog‘lovchilik xossalari yomonlashadi. Magnizitni 1300 0 S dan ortiq xaroratda kuydirish xarorati (ruxsat etilgan chegaralar)da qanchalik past bo‘lsa, kaustik magnizit shunchalik sifatli chikadi. Natijada o‘ta pishgan magnezit hosil bo‘ladi. Bunday magnezitni to‘yganda bog‘lovchi modda bo‘lmay qoladi, balki o‘tga chidamli magnezit buyumlar ishlab chiqarish uchun xom - ashyo sifatida ishlatishga yaraydi xolos. Magnezial bog‘lovchilar uchun magniy xloridning suv eritmalari, shuningdek magniy sulfati, temir sulfatlarining eritmalari va boshqa tuzlar koritqi bo‘lishi mumkin. Mg0 ni suv bilan qorganda suv bilan u juda sekin reaksiyaga kirishadi, shu tufayli suvda qorilgan magnezial bog‘lovchi modda uncha mustaxkam bo‘lmaydi. MgO ning eruvchanligini oshirish uchun yuqoridagi eritmalar kifoya. SHuning uchun ham magniy xlorid yoki magniy sulfatning suvdagi eritmasida korilgan kaustik magnezit (yoki dolomit)ni magneziyal bo-lovchi modda deb atash qabul qilingan. Magnezial sement komponentlarining o‘rtacha dozasi aktiv magniy obsidi MgO - 67 - 62% va 33 - 38% qattiq suvli magniy xloridga hisoblanganda MgS12 *6N2O dan iborat. Tarkibida magniy xlorid suvli eritmasi bo‘lgan kullar sanoat miqiyosida magniy tuzlar qazib olish manbalari hisoblanadi. Qattiq qorishmadan og‘irlik bo‘yicha 1:3 nisbatda (bog‘lovchi modda kum) tayyorlanish namunaning siqilishdagi mustaxkamlik chegarasiga karab, kaustik magnezit markalari 40,0 dan 60,0 MPa gacha dolomit uchun esa 10,0 dan 30,0 MPa gacha belgilangan. Magnezial bog‘lovchi moddalardan choksiz ksilolit pollar yotqiziladi; bu holda yogoch kipigi asosiy to‘ldirg‘ich modda bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek suvoq ishlarida (binolarning ichki qismlari uchun) qo‘llaniladi, to‘ldirg‘ich sifatida qum ishlatiladi. Turli qurilish detallari deraza tokchalari, zinapoyalar, fibrolit plitalar va issiqlik o‘tkazmaydigan har xil materiallar tayyorlashda ham bu bog‘lovchi moddalar ishlatiladi. Download 170.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling