Ma’ruza mavzu: tabiiy polimerlar reja
Tabiiy kauchukning tuzilishi
Download 175.5 Kb.
|
№5-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiiy kauchuk
- Оlish usullаri, аsоsiy хоssаlаri, ishlаtilish sohaаri.
Tabiiy kauchukning tuzilishi. Kauchukning ximiyaviy xossalariii o‘rganish uni to‘yinmagan birikmalar uchun xarakterli bo‘lgan xossalarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, kauchuk katalitik gidrogenlanadi, brom va vodorod galogenidlarni biriktiradi.
1860 yilda ingliz olimi Vilyams kauchukni quruq haydab olgan moddasini izopren deb atadi va uning tarkibi C5H8 ekanligini aniqladi. Oradan 22 yil o‘tgach, Tilden izoprenning struktura formulasini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi va tabiiy kauchuk bilan izopren o‘rtasida bog‘lanish borligi aniqlandi. Kauchukniig ximiyaviy tuzilishini aniqlashda K. Garries ishlari katta rol o‘ynadi. U kauchukni ozonladi va reaksiya natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlarning 95% i levulin aldegiddan iborat bo‘lishini ko‘rsatdi: Kauchukni ozonlash natijasida levulin aldegidning hosil bo‘lishi kauchuk makromolekulasining ketmaket ulangan izopren qoldiqlaridan tuzilgapligini ko‘rsatadi. Tabiiy kauchuk molekulyar massasi turlicha (50000 dan 3 milliongacha) bo‘lgan polimer gomologlar aralashmasi bo‘lib uning asosii massasini molekulyar massasi bir milliondan kattaroq bulgan fraksiyalar tashkil qiladi Tabiiy kauchuk – izoprenni polimerlash mahsuloti ekanligi va uning tuzilishi 1924 yilda nemis kimyogari G.Shtaudinger tomonidan aniqlandi. Izoprenning polimerlanishi 1-4 mexanizmda boradi Tabiiy kauchukning tuzilishi sis – izomerga to‘g‘ri keladi va uning eritmasi lateks deyiladi. Lateks –oq rangli, yopishqoq, uzoq turib qiyomsimon massaga aylanadigan Lateks — tarkibida kauchuk bo‘lgan usimlik shirasi — kauchukning suvdagi dispersiyasi odatda kauchukni mikdori 40% beradi. Tabiiy kauchuk sis 1,4 poliizopren Оlish usullаri, аsоsiy хоssаlаri, ishlаtilish sohaаri. Kauchukning yuqori elastikligi uning makromolekulalarining uziga xos tuzilishidan kelib chiqadi. Oddiy ugleroduglerod bog‘lari atrofida to‘yingan uglerod atomlarining erkin ailanishi natijasida zanjir turlicha formalarni (konformatsiyalarni) egallashy mumkin. Kauchuk molekulasidagi 1,5 holatda joylashgan qo‘shbog‘lar bunga sezilarli ta’sir qilmaidi. Shuning uchun ham kauchukning uzun ipsimon makromolekulalari turli xil formalarda, aypiqsa, ko‘proq tartibsiz Oukilgan, hatto yumalss bo‘lib olib, o‘zlarining uchlari bilan birlagdishi mumkin bo‘lgan formada bo‘ladi. Kauchukni tortganda bunday makromolekulalar qisman to‘g‘rilanadi va cho‘ziladi. Tashqi kuch ta’siri yo‘qotilgandan so‘ng yana o‘zining dastlabki energetik jihatdan qulay holatiga qaytadi. Guttapercha, Indoneziya, Hindiston va Malayya yarim orolida o‘sadigan ayrim o‘simlyklarning shirasidan ajratib olinadigan, ko‘p jixatdan kauchukka o‘xshash bo‘lgan yuqori molekulyar moddadir. Guttapercha kauchukdan farq qilib, oddiy sharoitda qattiq, isitilganda esa yumshaydi. U elektor mabayl ishlab chiqarishda izolyasiya material sifatida, yelimlar tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Tabiiy poliizoprenning trans - tuzilishli holati ham mavjud bo‘lib guttapercha deyiladi. O‘zining tezda qotishi (kristallinishi) bilan sis- poliizoprendan farq qiladi. Guttapercha tabiiy kauchukning fazoviy izomeri bqlib, trans-1,4-poliizopren tuzilishiga ega: trans-poliizopren (gutappercha) Download 175.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling