Ma'ruza Mavzu: Tibbiy axborot resurslardan tegishli axborotlarni qidirish. Olingan axborotlar natijalarini baholash


Demografiya ikkita asosiy qismdan iborat


Download 408.02 Kb.
bet2/4
Sana23.02.2023
Hajmi408.02 Kb.
#1224557
1   2   3   4
Bog'liq
maruza 3 mavzu Аholi orasida demografik jarayonlarni urganish usullari (1)

Demografiya ikkita asosiy qismdan iborat:

Statika

  • boshqacha qilib aytganda aholining maʼlum bir vaqtda olingan soni, tarkibi ( jinsi, yoshi, kasbi, oilaviy ahvoli, millati, tili, maʼlumoti), turar joyi, geografik joylanishi, zichligi haqidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga oladi.

Dinamika

  • aholi sonining oʼzgarashi. U oʼz navbatida ikki xil boʼladi: a) mexanik harakat; b) tabiiy harakat (tugʼilish va oʼlim natijasida).

Аholi dinamikasi (harakati)

  • Аholining ichida tabiiy va mexanik (migratsiya jarayonlari) harakat farqlanadi. Аholining tabiiy harakati deganda, asosiy demografik jarayon tugʼilish va oʼlimning natijasida maʼlum bir territoriyada aholi sonining oʼzgarishi tushuniladi.

Migratsiya

  • Аholining mexanik harakati yoki migratsiya – aholini hududlar boʼyicha koʼchib yurishi.

Migratsiyaning quyidagi turlari farqlanadi.

  • Migratsiyaning quyidagi turlari farqlanadi.
  • Hudular boʼyicha:

  • 1.Qitʼalararo;
  • 2.Mamalakatlararo;
  • 3.Mamlakat ichidagi.
  • Urbanizatsiya- qishloq aholisining shaharlarga koʼchib oʼtishi hamda megapolislarning oʼsib borishi.

    Davomiyligi boʼyicha: 1.Doimiy; 2. Uzoq muddatli; 3. Mavsumiy.

  • Emigratsiya – mamlakat tashqarisiga chiqish;
  • Immigratsiya – mamlakatga kirish.

Migratsiya jarayonlari katta ijtimoiy - gigienik va epidemiologik ahamiyatga ega:

  • a) aholining mexanik harakati maʼlum bir hududda aholining son jihatdan koʼpayishiga, boshqa bir hududda esa kamayishiga, aholining yoshi, jinsi, kasbi boʼyicha tarkibini oʼzgarishiga olib keladi. Bu esa oʼz navbatida sogʼliqni saqlash muassasalarining faoliyatini koʼrib chiqishni talab etadi;
  • b) aholining mexanik harakati, ayniqsa davlatlararo migratsiyasi natijasida u yoki bu davlatda yuqumli kasalliklarni kelib chiqishiga olib keladi.

Download 408.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling