Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi


Download 432.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana11.05.2023
Hajmi432.61 Kb.
#1451650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)

Tuzilishi. Buyrak usti bezi qalin biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan o‘ralgan. Po‘stloq 
moddadagi endokrin xujayralar tortmalar hosil qiladi, ularning orasidan sinusoid tipdagi qon 
kapillyarlari o‘tadi. Miya moddasi xujayralari orasida ko‘plab kapillyarlar, hamda yirik venoz
sinuslar bo‘ladi. 
Po‘stloq moddada 3 ta soha farqlanadi: 
1. Kapsula ostidagi-koptokchali soha (po‘stloq qalinligining 15% tashkil etadi), kapillyarlar bilan 
ajratilgan aylana xujayralarni hosil qiladi. 
2. Tutamli soha (po‘stloq qalinligining 75%) – 1-2 xujayra tortmalaridan iborat, ularning orasida 
to‘g‘ri kapillyarlyar ko‘rinadi: 
3. 
To‘rsimon soha (po‘stloq qalinligining 10%) – anastomozlashgan xujayra 
tortmalaridantuzilgan, ularning oralarida keng kapillyarlar joylashgan.
Bu sohalar orasida aniq chegara bo‘lmaydi. Koptokchali zona xujayralar yumaloq yoki 
tsilindrsimon shaklda. Ularda silliq endoplazmatik to‘r, ribasomalar, golji kompleksi, 
mitoxondriyalar yaxshi rivojlangan, mayda lipid kritmalarga ega. Ular Na miqdorini boshqarib 
turadigan mineralokortikoid – aldosteron sekretsiya qiladi. 
Tutamli zona hujayralari glyukokortikoid-steroid gormonlar ishlab chiqaradi. Bu 
hujayralar poliganal shaklda, ko‘plab yog‘ kiritmalari hisobiga tsitoplazmada vakuollar ko‘rinadi 
(Spongiotsitlar). Hujayrada steroid gormonlarning oldingi holati-xolesterin kontsentratsiyasi juda 
yuqori. Bu hujayralarda ko‘plab mitoxondriyalar bo‘lib naysimon kristalari bo‘lishi bilan farq 
qiladi. Silliq endoplazmatik to‘r yaxshi rivojlangan, ular steroid gormonlarning sintezlanishida 
ishtirok etadi. Donador endoplazmatik to‘r ham nisbatan yaxshi rivojlangan, kam miqdorda 
lizosomalar xam bor. Glyukokortikoidlar uglevod, oqsil va yog‘ almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi, 
immunologik reaktsiyanipasaytiradi, bu ko‘pincha a’zo va to‘qimalarning transplantatsiyasida 
ahamiyatga ega. 



Po‘stloqning to‘rsimon qavatida ko‘p bo‘lmagan ganadotrop gormonlar ishlab chiqaradi 
(androgenlar, esterogenlar va progesteron). Ularning hosil bo‘lishi gipofizning ganadotrop 
gormoniga bog‘liq emas. Bu yerda qoramtir va oqish xujayralar tavofut qilinadi, vu hujayralar 
lipid kiritmalarga ega, lekin tutamli zonaga nisbatan ularning miqdori ancha kam. Yirik
lipofutsin donachalar, yaxshi rivojlangan silliq endoplazmatik to‘r, naysimon kristali 
mitoxondriyalyar mavjud. 
Tutamli va to‘rsimon zona gormonlarining ajralib chiqishini gipofizning AKTG 
boshqarib turadi. Koptokchali zonaning faoliyati AKTGga bog‘liq emas. Uning faoliyati 
qondagi angiotenzin II ning kontsentratsiyasiga bog‘liq. U reninning ta’siri ostida angioteizin I 
dan hosil bo‘ladi, renin esa qondagi Na kontsentratsiyasi va ABga bog‘liq ravishda buyrakdan 
ajralib chiqadi. 
Po‘stloq modda hujayralarining yangilanishi koptokchali zonaning kapsula osti 
hujayralari hisobiga ro‘y beradi, bundan tashqari koptokchali va tutumli zonalar orasida kam 
takomillashgan hujayralar hisobiga ham bo‘lishi mumkin. 
Mag‘iz modda yirik oval shaklidagi xujayralardan tuzilgan, ular turli tomonga yo‘nalgan 
tortmalar hosil qiladi. Bu xujayralar xromafillar deb ham ataladi, ya’ni ular xrom tuzlari bilan 
yaxshi bo‘yaladi, adrenalin va noradrenalin sekretsiya qiladi. Stress holatlarida adrenalinning 
ajralishi kuchayadi. Uning sekretsiyasini po‘stloqning glyukokortikoidlari stimullab turadi. 
Adrenalin va noradrenalin boshqa-boshqa xujayralardan ishlab chiqariladi. Xujayralarning asosiy 
xususiyati ularda ko‘p sonli gardishli donachalarning bo‘lishidir. Ular kapillyarlyar bilan va
filstrlangan endoteliyli venullalar bilan kontaktda bo‘ladi. 
Simpatik va parasimpatik innervatsiya qiladi. Postganglionar simpatik tolalar to‘g‘ridan-
to‘g‘ri miya moddasining xujayralariga o‘tadi. Mag‘iz moddada tipik tugun xujayralarining 
to‘plamlarini va nerv tolalari bo‘ylab joylashgan yakka nerv xujayralarini uchratish mumkin. 
Buyrak usti bezining yetishmovchiligida, ayniqsa po‘stloq moddada, patogen ta’sirlarga 
qarshilik kamayib ketadi, buyrak usti bezi po‘stlog‘ining yemirilishi esa o‘limga olib kelishi 
mumkin.
Funktsiyasining oshib ketishi esa (o‘smalarda) xamma turdagi moddalar almashinuvining 
buzilishiga olib keladi. 
Qon bilan mo‘l ta’minlangan: qorin aortasi va buyrak arteriyalari tarmoqlaridan qon 
o‘tadi. Arteriya tarmoqlari kapsulada kapillyarlar to‘rini xosil qiladi va po‘stloq modda epitelial 
tutamlari orasida xam kapillyarlar to‘rini hosil qiladi. Kapillyarlyar retikulyar xujayralar bilan 
o‘ralgan. Buyrak usti bezi mag‘iz qismini alohida arteriya qon bilan ta’minlaydi, bu arteriya 
po‘stloq modda orqali tarmoqlanmasdano‘tadi va xujayralar orasig kapillyarlar xolatida yoyiladi. 
Po‘stloq va mag‘iz moddalar chegarasida kapillyarlar kengayadi va mag‘iz qismiga keng venoz 
sinuslar xosil qilib o‘tadi, ular venaning boshlanishini xosil qilib markaziy venaga yig‘iladi. U 
o‘ng tomondan darvoza venasiga va chap tomondan buyrak venasiga quyiladiyu limfa to‘rlari 
juda mo‘l, yaxshi innervatsiyalangan. Nerv tolalari kapsulada, mag‘iz va miya moddalarda 
quyuq chigallarni xosil qiladi. 
Organizmda endokrin bezlardan tashqari ichki a’zolar tarkibida aloxida endokrin 
xujayralari bor. Avvallari ular nerv qirralaridan xosil bo‘ladi deb hisoblanar edi, lekin oxirgi 
tatqiqotlar bo‘yicha ular entoderial kelib chiqishga ega. Bu xujayralar nafas yo‘llari, oshqozon-
ichak yo‘llari, siydik yo‘llari shilliq pardalari devorida tarqoq xolda joylashgan, ularning 
yig‘indisi diffuz periferik endokrin sistema yoki diffuz nadokrin sistema deb ataladi, ya’ni ular 
qo‘shish xujayralarga ta’sir ko‘rsatadi.

Download 432.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling