Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi
Download 432.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z va iboralar
MA’RUZA MAVZUSI «ENDOKRIN SISTEMA» Ma’ruza rejasi 1. Endokrin sistemaning umumiy morfofunktsional tavsifi; 2. Endokrin sistemaning markaziy a’zolari: 1) gipofiz 2) gipotalamo – gipofizar bog‘lanish 3) epifiz 3. Endokrin sistemaning periferik a’zolari: 1) qalqonsimon bez 2) qalqonsimon oldi bezi 3) buyrak usti bezi 4. Diffuz periferik endokrin sistema haqida tushuncha Tayanch so‘z va iboralar Gormon, gipotalamo-adenogipofizar va gipotalamo-neyrogipofizar sistema, portal sistema medial eminentsiya, krinotrop gormonlar, mineralokortikoidlar, glyukokortikoidlar, atsidofil, bazofil endokrinotsitlar. Ma’ruza matni O‘zining sekretor mahsulotini qonga ajratadigan bezlarga endokrin bezlar deb ataladi. Bu mahsulotlar yoki gormonlar turli a’zolardagi ma’lum hujayralarga tanlab ta’sir o‘tkazadi, bu hujayralar gormonlar uchun maxsus retseptorlarga ega. Masalan, adrenalin turli a’zolardagi silliq mushak to‘qimasiga turlicha ta’sir o‘tkazadi. U teri qon-tomirlarini qisqartirsa, bronx tomirlarini kengaytiradi. Shunga o‘xshash turli effektlarning bo‘lishi ikki xil retseptorlarning borligi bilan tushuntiriladi: alfa va betta, ular adrenalinning ta’sirini qarama-qarshi qabul qiladi. Ko‘plab gormonlar nishon hujayralarga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni shu hujayralardagi ATFdan hosil bo‘lgan tsiklik AMF orqali. U gormonga javoban reaktsiyani stimullaydi. Gormonlarning ortiqcha yoki yetarli bo‘lmagan sekretsiyasi har bir gormon uchun xos bo‘lgan simptomatikani chaqiradi: o‘sishning orqada qolishi, jinsiy balog‘atning kechikishi yoki aksincha infantilizim, moddalar almashinuvining buzilishi, diabet. Bunaqa holatlarda davolash yetishmagan gormonlarni ekzogen kiritishga asoslanadi, hamda uning sintezini stimullash yoki ingibirlash yordamida amalga oshiriladi. Gormonlarning sekretsiyasi teskari manfiy bog‘liqlik printsipiga asoslanib boshqariladi, ya’ni qondagi gormonlarning miqdorining oshishi yoki kamayishi, bevosita yoki bilvosita gipofiz gormonlari orqali ushbu gormonlar sintezining pasayishi yoki stimullanishiga yo‘naltirilgan mexanizmlarni ishga tushiradi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra gormonlar farqlanadi: oqsil tabiatli (polipeptidli), unchalik ko‘p bo‘lmagan lipidlar, glikoproteinlar, steroidlar, aminlar, yodtirotenlar. Gormonlarning ko‘p qismini polipeptidlar va steroidlar tashkil qiladi. Endokrin sistemaga markaziy boshqaruvchi bezlar: (gipofiz, epifiz, gipotalamus) va periferik bezlar (qalqonsimon, qalqon oldi va buyrak usti bezlari), bundan tashqari qisman endokrin funktsiyani bajaruvchi a’zolar (timus, meda osti bezi) va diffuz endokrin sistemaga taalluqli ichki a’zolarda joylashgan yakka endokrin hujayralari kiradi. Download 432.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling