Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi


GIPOTALAMO-GIPOFIZAR MUNOSABAT


Download 432.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana11.05.2023
Hajmi432.61 Kb.
#1451650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)

GIPOTALAMO-GIPOFIZAR MUNOSABAT 
Gipofizning ustida va undan sal orqaroqda gipotalamus joylashadi, u endokrin 
sistemaning markaziy boshqaruv a’zosi hisoblanadi. Uning oldingi qismi kulrang moddada juft 
yadroni saqlaydi: supraoptik va paraventrikulyar yadrolar deyiladi. Ular neyrosekretor 
hujayralardan hosil bo‘ladi, aksonlari esa oyoqcha orqali gipofizning orqa bo‘lagiga kiradi va 
kapillyarlarda kengaymalar (Xerring tanachalari) hosil qilib yakunlanadi. Shu yerda ularning 
sekreti – vazopressin va oksitotsin to‘planadi, keyin esa ular qonga ajraladi.
Adenogipofiz gipotolamusning mediobazal qismi bilan bog‘langan. Unda infundibulyar
arkuat, ventromedial, dorsomedial yadrolar joylashgan. Ularning seyrosekretor hujayralaridagi 
kalta aksonlar shu yerning o‘zida birlamchi kapillyarlar to‘riga yetib boradi, ularning gormonlari 
qon orqali adenogipofizdagi ikkilamchi kapillyarlar to‘riga kelib tushadi va adenogipofizning 
stimullovchi (liberinlar) va pasaytiruvchi (statinlar) faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. 
Birlamchi kapillyarlar normal venalarda yig‘iladi, gipofiz oyoqchasi orqali oldingi 
bo‘lakka o‘tadi va yana kapillyarlarga tarmoqlanadi, so‘ng olib ketuvchi venalar gormonlarni 
umumiy tsirkulyatsiya uchun olib ketadi.
Liberinlar – rilizing omillar bo‘lib gipofizdagi o‘ziga mos gormonlarga ta’sir ko‘rsatadi 
va xuddi shunday nomlanadi: 
1. Somatokrinin (samotoliberin) yoki O‘G (o‘sish gormoni) – rilizing gormoni, O‘B ning 
sekretsiyasi va sintezini stimullaydi, somatotrop hujayralaridagi tsAMFni kuchaytiradi; 
2. Tireotropin – rilizing gormon nafaqat TTG sekretsiyasini stimullaydi, balki 
prolaktinning, hatto akromegaliya bilan xastalanganlarda o‘sish gormonining sekretsiyasini ham 
stimullashi mumkin. 
3. Gonadotropin – rilizing gormon FSG, LG va prolaktin sekretsiyasini stimullaydi, uning 
sekretsiyasidagi buzilishlar organizmda keng spektirdagi o‘zgarishlarga olib keladi: 
gipogonadizm, amenoreyadan to soxta homiladorlikkacha (uning analogi prostata va sut 
bezlarining rakida davolash uchun qo‘llaniladi). 
4. Kortikotropin – rilizin gormon (kortikoliberin) AKTGning miqdorini oshiradi, uning 
ortiqcha ishlab chiqarilishi buyrak usti bezi po‘stlog‘ining atrafiyasiga olib kelishi mumkin.  

Download 432.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling