Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi
Download 432.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)
Qalqonsimon oldi bezi
Odatda 4 ta, ba’zida undan ko‘proq bezlardan tashkil topgan. Ular qalqonsimon bez bo‘laklarining orqarog‘ida joylashgan, biriktirivchi to‘qimali kapsula bilan ajralib turadi, lekin qalqonsimon bezning umumiy kapsulasi bilan tashqi tomonidan o‘ralib turadi. Kapsuladan qon tomirlar va nerv tolalari to‘siqlar hosil qilib turadi. Bo‘laklarda aniq chegaralar yo‘q. Bezda endokrin xujayralar orolcha yoki ichki va bir necha qator poligonal shakldagi xujayralar joylashadi. Bu xujayralar turlicha tipga ajratiladi: qoramtir, bosh va och xujayralar. Bosh xujayralar paratirin gormoni ishlab chiqaradi, ularda yaxshi rivojlangan donador EPT, mayda ipsimon mitoxondriya, yaxshi rivojlangan Golji kompleksi, glikogen kritma, lipidlar uchraydi. Donachalar miqdori unchalik ko‘p emas ularning markazi zich, atrofida esa gardish bilan o‘ralgan. Och xujayralar tarkibida donachalar bo‘lmaydi, lekin ularda glikogen juda ko‘p. Balog‘at yoshgacha bezda katta o‘lchamdagi atsidofil tsitoplazmali oksifil xujayralar paydo bo‘la boshlaydi. Ularning xususiyatlari-yirik mitoxondriyalarning ko‘pligi, nisbatan rivojlangan EPT va GK ko‘rinadi. Yosh kattalashgan sari ularning soni ortib boradi. Hozirgi paytda, taxmin qilinishicha, barcha shu xujayralar bir xil tipda, lekin turli funktsional holatdagi ko‘rinishi deb hisoblanadi. Qalqonsimon oldi bezi gipofunktsiyada qon tarkibida Sa kamayadi, bu tetaniyaga olib keldi. Tetaniya – turli guruh mushaklarining uzoq spastik qisqarishiga aytiladi. Nafas mushaklarining shunday qisqarishi ayniqsa xavfli hisoblanadi. Paratirin qondagi Sa miqdorini me’yorlashtirib turadi, bu bevosita suyaklarning osteoklastlar bilan rezorbtsiyasini va Sa ning yuvilishini stimullaydi; bundan tashqari buyrakka ta’sir etib, siydik bilan Sa ning ajratilishini kamaytiradi; burakda fosfatning sekretsiyasini kuchaytiradi; bu esa qonda Sa miqdorining oshishiga olib keladi; ichakda Sa ning so‘rilishini kuchaytiradi. Kaltsiy skelet strukturasida, turli moddalarning bazal membrana orqali o‘tishida, gormonlar sekretsiyasida, turli fermentlar sistemasida, mushaklar qisqarishida va boshqa muhim ahamiyatga ega. Kaltsiyning kontsentratsiyasi doimiydir, uni D vitamin, paratgormon, tireokaltsitoninlar ichakka, buyrakka va suyak to‘qimasiga ta’sir etib, boshqarib turadi. Vitamin D kaltsiy va fosforning ichak orqali so‘rilishini ta’minlaydi, suyak to‘qimasiga paratgormon ta’siri reaktsiyasini faollashtiradi, bu esa qondagi kaltsiy miqdorini oshiradi. Ma’lumki kaltsiyning deposi suyak xisoblanadi, shuning uchun .... gormonlarning o‘zaro munosabati buzilsa suyakning holatiga ta’sirini ko‘rsatadi. Paratgormon osteoklastlar bilan suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini kuchaytirsa, kaltsiytomin suyakning rezorbtsiya jarayonini tormozlaydi. Qalqonsimon oldi bezi fosfor almashinuvida ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: bezning yetishmovchiligida fosforning qondagi midori oshib ketadi. Paratgormon qondagi fosforning miqdorini pasaytirib turadi, uning siydik bilan ajralib chiqishini kuchaytiradi. Qalqonsimon bez oldi bezining sekretor faolligi gipofizga bog‘liq emas, Sa almashinuvi vegetativ innervatsiya qilinmaydi, lekin sekretor faollik darajasi qondagi Sa ning kontsentratsiyasiga teskari proportsional. Qondagi Sa miqdoriga qarab paratgormonning sekretsiyasi kuchayadi yoki susayadi. Agar bezlarning birortasi olib tashlansa, qolgan bezlarning kompensator gipertrofiyasi hisobiga gipokaltsiemiya ro‘y bermaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling