Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi


Paratgormon osteoblastlardagi retseptorlar bilan bog‘lanadi va bu bilan ularga turtki


Download 432.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana11.05.2023
Hajmi432.61 Kb.
#1451650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)

Paratgormon osteoblastlardagi retseptorlar bilan bog‘lanadi va bu bilan ularga turtki 
berib osteoklastlarni rag‘batlantiruvchi omilni ishlab chiqarishga undaydi, bu omil esa 
osteoklastlarning soni va faolligini oshirib, oxaklangana suyakning rezorbtsiyasini va Sa2+ 
ning qonga chiqishini ta’minlaydi. Sa2+ ning qondagi kontsentratsiyasi ortishi paratgormon 
ishlab chiqaralishini pasaytiradi. Qalqonsimon bezda ishlab chiqariluvchi kaltsitonin xam 
osteoklastlarga ta’sir qilib ularning suyakka rezorbtiv ta’sirini xamda Sa2+ ning qonga 
chiqishini pasaytiradi. (Anthony L. Mescher, Junqueira’sBasic Histology: Text and Atlas, 
13-th ed.-2013). 
 
Buyrak usti bezi 

Taraqqiyoti. Buyrakning yuqorigi qutbi oldida joylashgan. Po‘stloq (80%) va mag‘iz 
moddalardan tashlil topgan. Po‘stloq modda mezodermadan-tselom epiteliysidan rivojlanadi. 
Ular charvi ildizi kraxmal oxirida to‘plamlar hosil qiladi. Bez markaziga nerv qirralaridagi 
xujayralar ko‘chib teradi. 8 haftalarda po‘stloqning 2 sohasi hosil bo‘ladi: tashqi definitiv va 
miya moddasi chegarasidagi embrional (fetal). 
10-20 haftalarda fetal po‘stloq tez o‘sadi, 30 haftalarda 2 barobar kattalashadi. Tug‘ilish 
oldidan degeperatsiyasi boshlanadi va 1 yoshlar oxirida butunlay yo‘qoladi. Fetal po‘stloq 
kortizol va degidro epiandrosterol sintezlaydi, u esa homila jigarida va yo‘ldoshida estrogenga 
aylanadi. 
Definitiv po‘stloq: mayda bazofil xujayralardan iborat. Hayotning birinchi po‘stloq 
moddasining 3 ta sohasini ajratish mumkin, uning takomillashishi yoshida yakunlanadi, keyin 
esa 20 yoshgacha hajmi kattalashadi. 
Miya modda ham jinsiy balog‘at yoshigacha kattalashib boradi. 
Nerv qirrasidan qorin bo‘shlig‘iga xujayralar ko‘chib o‘tadi, tugun va buyrak usti 
bezining markaziy qismi-mag‘iz moddasini hosil qiladi, ya’ni u simpatik tugun xujayralar bilan 
bitta manbadan rivojlanadi. 

Download 432.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling