Ma’ruza mavzusi «endokrin sistema» Ma’ruza rejasi
PYeRIFYeRIK ENDOKRIN BYeZLAR
Download 432.61 Kb. Pdf ko'rish
|
Маruza matni № 8. ENDOKRIN SISTEMA» (1)
PYeRIFYeRIK ENDOKRIN BYeZLAR Qalqonsimon bez Taraqqiyoti. Qalqonsimon bez ektodermal kelib chiqishga ega, yutqin tubi o‘simtasidan rivojlanadi, 4 haftalarda og‘iz bo‘shlig‘i va yutqin chegarasidagi epiteliyninig invagilatsiyasi ko‘rinishida kurtak hosil bo‘ladi. Til ildizida epitelial tortma — qalqonsimon-til chiqaruv naychasi o‘sadi. Distal qismi ikkita tarmoq beradi — qalqonsimon bezning bo‘lajak bo‘laklariga. Keyin chiqaruv naycha yutqindan ajraladi va reduktsiyaga uchraydi. Distal qismi bo‘yin oldi ko‘rinishida qoladi. Ayrim hollarda naychaning qoldiqlaridan qo‘shimcha bezlar xosil bo‘ladi, bo‘yinning turli balandligida, til ildizi, bo‘yin mushaklari orasida, ko‘ks oralig‘ida, kekirdak yonida ular buqoq, gohida rak hosil bo‘lish manbai bo‘lishi mumkin. Epiteliyning III va IV juft jabra cho‘ntaklaridan qalqonsimon oldi bezi kurtagi rivojlanadi, u qalqonsimon bez kurtagi bilan kontaktda bo‘ladi. V juft jabra cho‘ntagidan (yutqin) ultimobronxial tanacha hosil bo‘ladi. U qalqonsimon bez S hujayrasining rivojlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Epitalial kurtak qalqonsimon bez bo‘lakchalariga o‘sadi va xujayra trobekulalarini xosil qiladi va mezinximaga o‘sib kiradi. Trobekula ichida follikulalar shakllanadi, markazdan periferiyaga qarab takomillashadi. Tiroid gormonlar follikulalalar hosil bo‘lguncha mahsulot chiqarishni boshlaydi, buning vazifasi tug‘ilguncha boshlanib ulguradi. Tuzilishi. Bez ikkita bo‘lakdan iborat, bo‘yin oldiga birikkan. Biriktiruvchi to‘qimali fibroz-elastik kapsula bilan qoplangan, bezni bo‘laklarga bo‘luvchi to‘siqlar o‘tgan. Endokrin xujayralar (tireotsitlar) folikullar – pufakchalari xosil qiladi. Ularning tarkibi kolloid tuzilishiga ega. Ular bezning struktur-funktsional birligi xisoblanadi. Folikullar soni 30 mln. ga yaqin. Folikullar bazal membrana bilan o‘ralgan. Kolloid glikoproteid – tireoglobulin saqlaydi va ular tireotsitlar tomonidan ishlab chiqiladi. Tireoid gormonlarning hosil bo‘lishi jarayoni murakkab va quydagicha: 1-faza – donador EPT tsisternalarida glikoproteid-tireoglobulin sintezi amalga oshiriladi, uning tarkibida tirozin aminokislotasini saqlanadi, EPTda uglevod komponentlari 6 birikishi boshlanadi va Golji kompleksida yakunlanadi. Sekret davomida sekretor donachalar shakllanadi, xujayraning apikal qismiga so‘riladi va follikul bo‘shlig‘i - kolloidga ajraladi. 2- bosqich – yodlantirish, ya’ni yod atomlari tireoglobulinga qo‘shiladi, bu esa kolloidda yuz beradi. Yod qondan tireotsitlar apikal yuzasi yordamida ushlanadi. 3-bosqich gormonning hosil bo‘lishi, hujayralar tireoglobulinni fagotsitoz yo‘li bilan kolloiddan qayta so‘rib olishi, uning lizosomalar ta’sirida parchalanishi va qonga triyodtironin, tetrayodtireoninning (tiroksin) chiqishi. Shunday qilib, tireotsitlarning sekretor jarayonida donador EPT, Gol’ji apparati va lizosomalar ishtirok etadi. Hujayralar apikal yuzasida mikrovorsinkalar bor. Hujayra shaklini funktsional faollikka qarab o‘zgartirib turadi. Faol ishlayotgan hujayralar baland, gipofunktsiyada esa yassilashadi (I). Tireoid gormoni organizmdagi moddalar almashuvini boshqarib turadi. Oqsil almashinuvi: oqsillar sintezini kuchaytiradi, organizmda azotni ushab turadi. Ortiqcha gormonlar skelet mushagi oqsillarining, yurak mushagi oqsillarining parchalanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Uglevod almashinuvi: ichaklarda glyukozaning so‘rilishini kuchaytiradi, shu bilan birga glikogenolizni kuchaytiradi, jigarda, yurakda va mushaklardagi glikogen miqdorini kamaytiradi. Yog‘ almashinuvi: ichakda yog‘larning so‘rilishini kuchaytiradi, yog‘larning depo holda yig‘ilishini oshiradi, yog‘lar va uglevodlarning hosil bo‘lishini susaytiradi. Yog‘larning oksidlanishi va jigarda keton tanachalarining hosil bo‘lishi ko‘payadi. Tana og‘irligi kamayadi. Mineral almashinuvi: kaliyning siydik bilan ajralishi kuchayadi. Suv almashinuvi: V,S vitaminlari pantoten kislotasiga talab oshadi. Ontogenezda MNSning takomillashishi uchun tireoid gormoni yetarli miqdorda bo‘lishi shart. Kattalarda tireoektomiya yarim sharlar po‘stlog‘i neyronlari degenerativ o‘zgarishlarni chaqiradi: giperterioz qo‘zg‘aluvchanlik, psixoz, mushaklarning kuchsizlanishi, miopatiya, yurak faoliyatining buzilishi, buyrak usti gipertrofiyasi, jinsiy bezlar faoliyatining buzilishiga olib keladi; gipotireoz esa xotiraning susayishiga, kretinizm, semirish, tepakallikka olib keladi. Oziq maxsulotlarda yodning yetishmasligi tiroksin hosil bo‘lishining kamayishiga olib keladi, gipofizda TTG ajralishi kuchayadi, tireotsitlarning sekretor faolligi oshadi, kolloid miqdori kamayadi, tiriotsitlarning soni ularning bo‘linishi hisobiga oshadi. Natijada bez kattalashadi, folikullar devori .......... bu holat parenximatoz zob deb ataladi. Follikullarda kolloidning to‘planishi bilan boradigan bezning kattalashishi esa kolloid zob deb ataladi. Agar tireoglobulin bezning stromasiga kirib borsa, unda autoimmun kasallik rivojlanadi, stroma o‘sib ketishi hisobiga bez yiriklashadi, unda limfotsitlar miqdori yanada oshadi, hatto limfa tugunlari paydo bo‘lishi mumkin, follikullar atrofiyaga uchraydi, tireoid gormonining hosil bo‘lishi buziladi (Xoshimoto kasalligi). Follikullar oralarida alohida epiteliy xujayralari yoki ularning to‘plamlari joylashadi (interfollikulyar epiteliy, ulardan yangi follikullar paydo bo‘ladi). Gohida o‘ziga xos och xujayralar ham uchraydi. Ularning miqdori tireotoksikozda, gipertireozda oshadi, bu tireotsitlarning o‘tish bosqichidagi holati deb hisoblanadi. Qalqonsimon bezning ikkinchi tur xujayrasi-oqish xujayralar (S-xujayralar) yoki parafollikulyar xujayralar deyiladi. Ular follikul-bazal membranasida joylashgan, lekin ularning yuzasi bo‘shliqqacha yetib bormaydi. Ularning tsitoplazmasida ko‘p sonli sekretor donachalar bo‘lib, kaltsitonin gormoni saqlaydi. Bu gormon qondagi kaltsiyning miqdorini kamaytiradi, uning antogonisti – paratireoid gormoni esa kaltsiyni suyak to‘qimasidan qonga chiqishini stimullaydi. Bu xujayralar follikullar orasida va bo‘lakchalararo to‘siqdagi biriktiruvchi to‘qima tarkibida xujayra orolchalari ko‘rinishida ham uchraydi. Bu orolchalarda S-xujayralardan tashqari limfotsitlar, semiz xujayralar, plazmatik hujayralar, makrofaglar uchraydi. Faoliyatining boshqarilishi endokrin va nerv yo‘llari bilan boradi. TTG qalqonsimon bezga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi: 1) follikulyar xujayralarda yod to‘planishi xususiyati oshadi; 2) glikoproteid sintezi va uning kolloidga sekretsiya qilinishi kuchayadi; 7 3) kolloidda glikoproteidning yodlanishi kuchayadi; 4) tireoid gormoni ajralib chiqishi bilan boradigan tireoglobulinning parchalanish tezligi oshadi. TTG ta’sirida follikul xujayralarining o‘lchami kattalashadi, kolloidning hajmi esa kichrayadi. Qalqonsimon bezning nerv orqali boshqarilishi; - simpatik impulslar yodning yutilishini ko‘paytiradi, gormonoginezni kuchaytiradi, lekin parenximaning proliferatsiyasini susaytiradi; - parasimpatik impulslar qalqonsimon bez faoliyatini pasaytiradi. Download 432.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling