Ma’ruza (nazariy material)-4 soat) reja
Marketing nazorati va uning turlari
Download 168.87 Kb.
|
5Marketingni strategik va taktik rejalashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1-rasm. Marketing faoliyatining nazorati
5.5. Marketing nazorati va uning turlari
Marketingning murakkab masalalaridan biri nazorat hisoblanadi. Nazorat –marketing sohasida holatlar va jarayonlarni doimiy, muntazam, uzluksiz tekshirish va baholashdir. O’z mohiyatiga ko’ra nazorat me’yorlarni va haqiqiy holatni taqqoslashni bildiradi. Muhit sharoitlariningtez o’zgarishi, bozor vaziyatlariga tez e’tibor berish zarurligi marketing nazoratini muhim ahamiyat kasb etishiga olib keldi. Marketing nazoratining asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir: -maqsadlarga erishish darajasini belgilash; -yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; -korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o’zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash. Mamlakatimiz korxonalari, assotsiatsiyalarida marketing xizmatlarini tashkil qilish marketingga tayangan boshqaruv tizimini yaratishga imkon beradi. Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. Marketing faoliyatining nazorati asosiy maqsadlari maqsadlarga erishish darajasini belgilash yaxshilanish imkoniyatini aniqlash korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o’zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatining foydaliligini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. 5.1-rasm. Marketing faoliyatining nazorati Marketingning nazorati va taftishining asosiy vazifasi korxonalar, assotsiatsiyalarning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati samaradorligini oshirishdan iboratdir. Qoidaga ko’ra, marketing faoliyatining nazorati o’z ichiga quyidagilarni oladi: -sotishni amalga oshirish va uni imkoniyatlari ustidan nazorat; -foydalilikning nazorati va marketing xarajatlari tahlili; -strategik nazorat va marketingning taftishi. Sotish faoliyatini nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, xududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo’yicha amalga oshiriladi. Marketingning strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishining asosiy qiyinchiliklari va istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalar, marketing tezkor tadbirlari va marketing tashkilotlari baholarini belgilaydi. Marketingning taftishi, qoidaga ko’ra, o’z ichiga marketingning makro va mikro muhiti, marketing xazmatlarini faoliyat yuritish samaradorligining tahlilini, hamda marketing siyosati: tovar, narx, reklama, xodimlarni o’z ichiga oladi. Nazoratni tashkil qilish korxonaning kattaligi, xodimlarning malakasi, nazorat vazifalarining murakkabligiga bog’liq bo’ladi. Download 168.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling