Ma’ruza (nazariy material)-4 soat) reja


-rasm. Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslash


Download 168.87 Kb.
bet9/13
Sana13.09.2023
Hajmi168.87 Kb.
#1677289
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
5Marketingni strategik va taktik rejalashtirish

3.1-rasm. Bozordagi faoliyat strategiyalarini asoslash
Maqsadli segmentlarni tanlash. Segmentlash tahlil qilib bo’lingach, keyingi vazifa bozorni qamrab olishning qaysi strategiyasini tanlashdan iboratdir. Bu esa o’z navbatida firmaning tovar siyosatini belgilab beradi. Bu bosqichda uchta asosiy strategik yo’nalishlarni ajratib ko’rsatish mumkin.
Firma «differensiallanmagan marketing» strategiyasini tanlar ekan, segmentlarni tahlil qilishning ustunliklaridan foydalanmay, bozor segmentlari o’rtasidagi farqni inkor qiladi va bozorni yaxlit, bir butun deb qaraydi. U ko’proq xaridorlarning ehtiyojlari o’rtasidagi farqlarga emas, balki ular o’rtasidagi umumiy tomonlarga ko’proq e’tibor beradi. Ushbu standartlashtirish strategiyasining ahamiyati ishlab chiqarish xarajatlari hamda zahiralar, savdo va reklama xarajatlarini tejashdan iboratdir. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bu strategiyani himoya qilish tobora qiyinlashib bormoqda, chunki bir tovar yoki marka barchaning ehtiyojini qondirishiga erishish juda kamdan‑kam hollarda yuz beradi.
«Differensiallanmagan marketing» strategiyasiga ko’ra, firma bozorni to’liq qamrab olish strategiyasini ham qabul qiladi, biroq bu safar bozor har bir segmentga moslashtirilgan dasturlar yordamida qamrab olinadi. AQSHdagi «Djeneral Motors» (General Motors) firmasining yondashuvi shunday ediki, firma har bir «hamyon, maqsad va shaxs»ga mos keladigan avtomobil borligini reklama qilar edi. O’zbekiston bozorlaridaARTEL firmasi differensiallangan marketing strategiyasini amalga oshirmoqda. Firma ushbu strategiyaga ko’ra O’zbekiston iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida individuallashgan mahsulotlarni taklif qilmoqda. Bu strategiya firmalarga o’z individual narx, savdo va kommunikatsiya strategiyalariga ega bo’lgan bir necha segmentlarda ishlashga imkon beradi. Bunda firma har bir segmentda katta bozor ulushini egallab olishni mo’ljallashi mumkin. Differensiallangan marketing har doim ham butun bozorni qamrab olishni ko’zda tutavermaydi. Differensiallangan marketing strategiyasi yuqori investitsiya, ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlarini talab qiladi, shuning uchun yirik korxonalar uchun zarurdir.
Mahsulot differensiatsiyasi turli bozorga chiqishning keying imkoniyatidir. Bubirinchi navbatda tovar taqsimlashda diversifikatsiya strategiyasini olib borishga asoslanadi.

Download 168.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling