mа’ruzа: olmosh so’z turkumi ( soat )


Download 130 Kb.
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi130 Kb.
#197740
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
8-maruza.

Kishillk olmoshlari

Kishilik olmoshlari eski oʻzbek tilida quyidagicha koʻrinishda boʻlgan:

I shaxs birligi — men.

XV asr va undan keyingi davrlarga oid ayrim manbalarda kishilik olmoshining I shaxs birligi maʻnosida, yaʻni men oʻrnida faqir, banda, kamina soʻzlari ham qoʻllangan: Faqir anı kѳrübmen, ammā sheʻr ayturın maʻlum qılmaydur erdim (Navoiy, MN). Taŋridin banda tiler-men dāim // gāh zākir boluban, gāh sāim (SHN).

Kishilik olmoshining I shaxs birligi maʻnosida bu faqir, bu banda, bu kamina birikmalari ham ishlatilgan: Bu faqir aruzfanıda vasita bilä Mavlānanıŋ shagirdi-men (Navoiy, MN). Umid ul kim, bu banda davlatxahlıq yüzidin bitib-men (Navoiy, Msh). Banāgāh nazari kimyā asarları bu kamina Mulla Gulxaniygʻa tüshüb, ...(Gulxaniy).

Kishilik olmoshining 1 shaxs birligi men oʻrnida faqir, banda, kamina soʻzlari, bu faqir, bu banda, bu kamina birikmalari qoʻllanganda, soʻzlovchining kamtarligi, tinglovchiga hurmati kabi maʻnolar ifodalanadi.

II shaxs birligi — sen.

Kishilik olmoshining I va II shaxs birlik shakllariga (men, sen) odatda koʻplik affiksi -lar/-lär qoʻshilmaydi. Chunki, bu shakllar yakka shaxsni anglatib, bu shaxslarning koʻpligi uchun maxsus shakllar mavjud (biz, siz). Lekin “Oʻgʻuznoma”da II shaxs koʻplik maʻnosi uchun II shaxs birlik shakli (sen)ga -lär affiksini qoʻshish bilan hosil boʻluvchi senlär shakli qoʻllangan: Taŋ sarıgʻa senlar barıŋ. Men senlärgä boldum qagʻan. Senlär shakli “Qissasi Rabgʻuziy” asarida ham uchraydi: Senlär kāfirlar tamugʻ ichindä.

III shaxs birligi — ul.

Kishilik olmoshining III shaxs birligi eski oʻzbek tilida alif-u vov-u lom orqali ﺍ , ل shaklida yozilgan. Bu olmosh ol tarzida yoki ayrim shevalarda ul, ayrimlarida ol tarzida talaffuz qilingan boʻlishi ham mumkin.

I shaxs koʻpligi — biz, baʻzan bizlär.

Kishilik olmoshining I shaxs koʻplik shakli biz baʻzan I shaxs birligi oʻrnida qoʻllanib, kamtarlik maʻnosini bildiradi: Bizdin eshitsün emdi jāhān tāza nāmalar // chun kѳhnä boldı Laylı-yu Majnun hikāyatı (Sakkokiy).

II shaxs koʻpligi — siz, baʻzan sizlär.

Siz olmoshi II shaxs birligi maʻnosida ham qoʻllanib, tinglovchiga nisbatan hurmatni bildiradi: Qonaq-men tedi shāh kelginchä sizgä (XSH). Tügendi umr va kѳrmäs sizni Lutfiy (Lutfiy).

Bu shakllarning qoʻllanishi quyidagicha: XIII-XIV asrlarga oid manbalarda asosan anlar shakli qoʻllangan. Alar, ular shakllarining qoʻllanishi esa ancha chegaralangan boʻlib, ayrim manbalarda uchraydi. XV-XVI asrlarga oid manbalarda asosan alar shakli qoʻllangan. XVII-XIX asrlarga oid manbalarda alar bilan bir qatorda anlar, ular shakllarining qoʻllanishi ham ancha faollashgan.




Download 130 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling