mа’ruzа: olmosh so’z turkumi ( soat )
Download 130 Kb.
|
8-maruza.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barcha, bar ı, barl ıq, qamugʻ
Birgalik olmoshlari
Eski oʻzbek tilida birgalik olmoshi maʻnosida barcha, barı, barlıq, qamugʻ, hamma (hama), jumla, tamām, jamʻe, baʻzi soʻzlari isteʻmolda boʻlgan. Bularning bir qismi keng isteʻmolda boʻlib, boshqalari maʻlum davrlarda yoki ayrim yodgorliklarda qoʻllangan. Birgalik olmoshlarining koʻpchiligi egalik va kelishik affikslari bilan turlanish xususiyatiga ega, ayrimlari koʻplik affiksi bilan ham ishlatiladi. Barcha, barı, barlıq, qamugʻ birgalik olmoshlari turkiy soʻzlarni tashkil etadi. Eski oʻzbek tilida bularning qoʻllanish darajasi turlicha boʻlgan. Barcha soʻzi birgalik olmoshi maʻnosini ifodalovchi asosiy vosita sifatida eski oʻzbek tili taraqqiyotining hamma davrlarida qoʻllangan: Barcha tapılur bizgä, vale yār tapılmas (Lutfiy). Bari birgalik olmoshi ham eski oʻzbek tili taraqqiyotining deyarli hamma davrlarida isteʻmolda boʻlgan. Lekin yozuv yodgorliklarda uning qoʻllanishi barcha birgalik olmoshiga nisbatan ancha chegarali boʻlgan: Ѳzgä yaragʻ bulmas ersäŋ, barı bahām almagʻıl (QR). Barliq soʻzining birgalik olmoshi maʻnosida qoʻllanishi “Shayboniynoma”da qayd qilindi; Shaharnı barlıq el berkitädi (SHN). Boldılar barlıq el barı gadāy (SHN). Qamugʻ soʻzi turkiy tillarda birgalik olmoshining qadimgi shaklini tashkil etadi. Bu olmosh XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklar tiliga ham xos boʻlib, birgalik olmoshi maʻnosini ifodalovchi asosiy vosita sifatida ancha keng isteʻmolda boʻlgan. Keyingi davrlarga oid yodgorliklarda deyarli qoʻllanmagan. Misollar: Qamugʻın Sir yaqasında bitidim (MN). Arabcha jumla, jamʻe, tamām soʻzlari va forscha hamma (hama) soʻzining birgalik olmoshi maʻnosida qoʻllanish darajasi turlicha boʻlgan. Jumla birgalik olmoshi XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklar tiliga xos boʻlib, keyingi davrlarda uning qoʻllanishi chegaralangan: Qatiŋda yer opärlär jumla shāhlar (MN) . Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling