mа’ruzа: olmosh so’z turkumi ( soat )
Download 130 Kb.
|
8-maruza.
Oʻzlik olmoshlari
Eski oʻzbek tilida ham oʻzlik olmoshi maʻnosida ѳz soʻzi qoʻllangan; oldingi davrlarga oid manbalarda bu olmoshning kendü shakli ham isteʻmolda boʻlgan. Ѳz olmoshining qoʻllanishi, maʻnosi, grammatik xususiyatlari boʻyicha eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida deyarli farq yoʻq. Ѳz olmoshi aniqlovchi vazifasida qoʻllanganda, aniqlanayotgan narsaning maʻlum shaxsga qarashliligini, xosligini taʻkidlab koʻrsatadi: Yusuf kѳzgüge baqdı, ѳz yüzini kѳrdi (QR). Ѳz olmoshining egalik affikslari bilan qofilanishi quyidagicha:
Ѳz olmoshiga kelishik affikslari bevosita emas, balki egalik affikslari orqali qoʻshiladi: ѳzümni // ѳzimni, ѳzümniŋ // ѳzimniŋ, ѳzümgä // ѳzimgä, ѳzümda // ѳzimdä, ѳzümdin // ѳzimdin kabi. Ѳz olmoshi takrorlanib ham qoʻllanadi. Bunda ish-harakatning subyektga qaytganligi, ish-harakatning subyektning oʻzi uchun boʻlganligi kabi maʻnolar ifodalanadi: Qulnıŋ ѳzinü-ѳzi erki bolmas (QR). Tiyä bilmädi ul dam ѳz-ѳzini (XSH). Kendü soʻzi ham oʻzlik olmoshi sifatida turkiy tillarda qadimdan qoʻllanib keladi. 0ʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy tili yodgorliklarida kentü shaklida qoʻllangan boʻlib, oʻzlik olmoshining asosiy shaklini tashkil etadi. Bu olmosh “Devonu lugʻatitturk” va “Hibatul haqoyiq” asarlarida ham qoʻllangan. Download 130 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling