Ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish


Download 0.54 Mb.
bet95/122
Sana23.03.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1288774
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   122
Bog'liq
Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Ijtimoiy muhit.
Umuman odam ongi ijtimoiy tarixiy hayot sharoitida vu­judga kelib, kamolga yetgani kabi, har bir odam ongi ham faqat muayyan ijtimoiy muhitda kamol topadi.
Bola tug’ilgan paytidanoq, muayyan ijtimoiy hayot sharoitida tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar sharoitida, ijtimoiy ong formalari qaror topgan bir sharoitda bo’ladi, bola mehnat sharoitining ta’sirida bo’ladi, tevarak-atrofdagi kishilar bilan so’zlashib, aloqa qilib turadi.
Go’dak bolaning o’zi mehnat qilmaydi albatta. Ammo u mehnat sharoitida yashaydi va o’sadi. Bolaning atrofida ij­timoiy ishlab chiqarish mahsuli bo’lgan narsalar turadi; u mehnat samaralaridan foydalanadi; katta yoshli kishilar bola uchun mehnat qiladilar, so’ngra bola voyaga yetib, mehnatning biron turiga kirishadi, mehnatga biron munosabatda bo’ladi.
Xuddi shuningdek, bola tug’ilgan kuniyoq tilga kirmaydi. Ammo boshqa kishilar bolaning oldida unga murojaat qilib so’zlaydilar. Bola so’zlashuvchilar orasida o’sadi, so’ngra bola ma’lum yoshga yetgach tilga kirib, so’zlashadigan bo’lib qoladi.
O’sayotgan bola tilni bilib oladi, tilning yordami bilan esa avvalgi nasllarning to’plagan moddiy va ma’naviy tajribasini bilib oladi, ayni vaqtda o’zining psixik kuchlarini ham kamolga yetkazadi.
Odam kamolga yetadigan muhit qandaydir o’zgarmas bir narsa emas. Har bir odamning, har bir bolaning ongi o’zgaruvchi muhit ta’sirida kamol topadi. Sinfiy jamiyatda bu muhit sinfiy bo’ladi. Shu sababli, konkret muhitga qarab, o’sayotgan odam ongi ham har xil tarkib topadi va kamolga yetadi.
Hamma sharoitda bola bolaligicha, yigit-yigitligicha qoladi, albatta. Ammo ijtimoiy hayot, turmush va madaniyat sharoitiga qarab, tarbiyaga qarab, o’smirlar va yigit-qizlarning hususiyatlari tarkib topadi.

Ta’lim va tarbiya
Tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhit odamning o’sayotgan ongiga, asosan, uyushgan tartibda ta’sir etadi. Ijtimoiy formasiya qancha yuqori bo’lsa, ijtimoiy muhitning o’smir avlod ongiga uyushgan tartibdagi ta’siri shuncha katta bo’ladi.
Inson jamiyati bolalar ongiga asosan tarbiya va ta’lim yo’li bilan uyushgan ta’sir ko’rsatadi.
Bola tevarak-atrofdagi kishilar bilan xilma-xil o’zaro munosabatlarga kirishar ekan, go’dakligidanoq bilim, mahorat va malaka orttira boshlaydi. U avval oila sharoitida yoki maktabgacha tarbiya muassasasida, so’ngra maktabda o’qiydi, ta’lim oladi.
Tevarak-atrofdagi muhit (tabiat va jamiyat), mehnat va til odam shaxsini kamolga yetkazadigan sharoit bo’lish bilan birga, bola o’sgan sayin maktabda o’rganadi, shuningdek tarbiya vositasi sifatida foydalaniladi.
Ta’lim va tarbiya odamni kamolga yetkazadigan asosiy yetakchi faktordir. Buning sababi shular:
1. Organizm o’sishining o’zi va muhitning stixiyali ta’siri berolmaydigan narsani odam ta’lim va tarbiya jarayonida oladi. Masalan, bola ona tilini tevarak-atrofdagi muhitning «stixiyali» ta’sirida ham bilib olishi mumkin. Ammo, o’qish-yozishni faqat mahsus ta’lim olish yo’li bilan o’rganishi mumkin.
Odam qo’l-oyog’ining xilma-xil harakatlari organizmning o’sishi bilan birga va shu organizm yashaydigan sharoitga qarab takomil etadi. Ammo, mahsus mehnat va texnik ko’nikma hamda malakalarini odam faqat o’qib-o’rganish yo’li bilan egallab oladi.
2. Odamning noqulay organik takomil natijasi bo’lgan nuqson ham ta’lim va tarbiya yo’li bilan zarur tomonga qarab o’zgartiriladi. Masalan, ba’zi bolalarning ayrim nuqsonlar bilan - ko’r, kar (kar-soqov, ko’r-kar-soqov) bo’lib tug’ilishi ma’lum. Ammo, mahsus tashkil etilgan ta’lim va tarbiya yordami bilan bunday bolalar aqli to’la-to’kis o’sadi. Bunga ko’r-kar-soqov Olga Skoroxodova yorqin misol bo’la oladi. Olga o’qib, oliy ma’lumot oldi, bir qancha ilmiy asarlar va she’r to’plamlari yozdi.
3. Muhitning stixiyali salbiy ta’sir etish natijasi bo’lgan kamchiliklar ham ta’lim va tarbiya yo’li bilan zarur tomonga o’zgartiriladi. Masalan, 9-10 yashar bolalarda ba’zan muhit ta’siri bilan ba’zi yomon odat va mayllar - ta­maki chekish, karta o’ynash, so’kinish va shunga o’xshash yaramas odatlar paydo bo’lishi mumkin.
Mahsus pedagogik usullar bilan ta’sir etib, bu yaramas odat va mayllarni bartaraf qilish va o’rniga boshqa yaxshi odatlarni singdirish mumkin.
4. Ta’lim va tarbiya shaxs taraqqiyotida progressiv ahamiyatga egadir. Muhitnnng stixiyali ta’siri odamning taraqqiyotini shu muhit darajasiga yetkaza oladi. Ta’lim va tarbiyada shu progressiv jamiyat darajasidan tashqariga chiqadigan maqsadlar (ideyalar) qo’yiladi. Masalan, pedagogik sistemamizda kelajak kishilarini, yanada mukammal kamol topgan shaxsni yetishtirishni maqsad qilib qo’yamiz. Bunday maqsad yosh avlodda psixikaning kamolga yetish hususiyatlarini ham belgilab beradi, yoshlarda xaqiqiy, maqsadga intilish, yashash va ishlashga intilishning taraqqiy etishini ta’minlaydi. Shunday maqsad qo’yilar ekan, tarbiya va ta’lim shaxs taraqqiyotida yoshda progressiv ahamiyatga ega bo’ladi.
5. Ta’lim jarayonida bolalar o’z aqlini ilm bilan boyitib, bir qancha mahorat va malaka olib, shu bilan birga o’zlari ham kamol topadilar.
Bolalarning kamolga yetish darajasi biror bilim va malakalarni o’zlashtirish imkoniyatiga bog’liq. Bilim va malakalarni o’zlashtirish jarayoni esa o’z navbatida bolalarning jismoniy va ma’naviy jihatdan kamol topishiga imkon beradi.
Ta’lim jarayonida bolalarning iroda va ma’naviy sifatlari takomillashadi, ularning dunyoqarashi tarkib topadi.
Ta’lim - odamning tabiiy qobiliyatlarini uyg’otish va rivojlantirish uchun muhim shartlardan biridir.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling