Ma’ruza. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning fizik asoslari. O’zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanishning imkoniyatlari va istiqbollari


Download 69.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana31.10.2023
Hajmi69.72 Kb.
#1735638
1   2
Bog'liq
12-13-ma’ruza. Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning fizik asoslari. O’zbekistonda Quyosh energiyasidan foydalanishning imkoniyatlari va istiqbollari

 
 
2.2-rasm Quyosh kollektori 
2.3-rasm Quyosh nuridan quvvat oladigan suv isitgich qurilmaning 
soddalashtirgan sxemasi. 
Quyosh nuri yordamida issiq suv olish va uyni qizdirish quyosh kollektorlari 
yordamida amalga oshirilmoqda. Quyosh kollektorlari uylarni va ishlab chiqarish 
imoratlarini qizdirish va ishlab chiqarishda issiq suv olishda foydalaniladi. Ishlab 


chiqarishda asosan yetarlicha qizigan (30-90
0
C) haroratdagi suvlar ishlatish uchun 
olinadi. Bunday haroratli suvlarni quyosh kollektorlari yordamida olish mumkin. 
1. Kollektorlardan foydalanishning afzalliklari 
Yevropa bo’ylab 2000-yildan quyosh kollektorlarining ummumiy maydoni 
14,89 mln m² va butun dunyo bo’yicha 71,341 mln m² ni tashkil qiladi. Quyosh 
kollektorlari yordamida suvni tozalash mumkin ekanligi aniqlangan va hozirda 
amalda foydalanilmoqda. Bunday kollektorlar sputnik tarelkalarini eslatadi. 
Natijada quyosh nuri fokuslanib kichik maydonni qizdiradi va bu energiyadan 
foydalanish samaradorligi katta bo’ladi. Hozirgi kunda parabolik shakldagi 
konsentratorlarning 9-25 kVt quvvatga ega xillari yasalmoqda. Bunday 
konsentratorlarning foydali ish koeffitsienti (FIK) 22-24 % ga teng bo’lib ayrim 
fotoelementlarning FIK dan katta bo’ladi. Kollektorlar asosan: po’lat, mis, alyumin 
va boshqa turdagi metallardan foydalangan holda ishlab chiqariladi. Stirling Solar 
Energy kompaniyasi tomonidan katta hajmdagi 150 kVt energiya boruvchi quyosh 
stansiyalari qurish rejalashtirilgan. Janubiy Kaliforniyada dunyoda eng katta bo’lgan 
shunday kollektorlar yasalgan 2010-yilda 20-ming diametri 11-metr bo’lgan 
parabolic turdagi kollektorlar qurib bitkazilgan va ularning quvvati 850 MVt ga 
yetgan. 
Zamonaviy texnologiya quyosh batareyalari samaradorligini oshirish va 
narxini pasaytirish imkonini berdi. Ayni vaqtda an'anaviy energiya turlari, xususan 
elektr tokining narxi oshib borar ekan, muqobil energiya manbalariga bo'lgan ehtiyoj 
ko'payadi. Hozirda Xitoy quyosh energiyasidan foydalanib elektr energiyasi ishlab 
chiqaruvchi eng yirik davlatga aylanadi. Bu yutuq ko'plab yillar davomida qazib 
olinuvchi yonilg'i turlarida ishlovchi ko'plab zavodlar va fabrikalarning tutuni 
ichida qolgan Xitoy uchun ayniqsa juda muhimdir. Ekologik toza energiya Xitoyni 
tutundan halos qiladi. Ilm-fan taraqqiyoti quyosh energiyasidan foydalanish 
bo'yicha ilg'or usullarni taqdim etmoqda. Bu borada ishlab chiqilgan qurilish 
texnologiyalari binolari loyihalashtirishda bino barpo etilayotgan joyning iqlim 
sharoiti, foydalanilayotgan qurilish materiallari hisobga olinishini nazarda tutadi. Bu 
qurilish nihoyasiga yetgach, binoni yoritish, isitish yoki sovutish uchun quyosh 


energiyasidan 
imkon 
qadar 
ko'proq 
foydalanishda 
zarur. 
Qurilishni 
loyihalashtirishda bino tuzilishi o'zida quyosh energiyasini to'playdigan kollektor 
vazifasini o'taydi. Xususan, yer sharining shimoliy mintaqalarida uy-joylarni
loyihalashtirish va qurishda janub tomonga qaragan derazalar ko'p bo'lishi ko'zda 
tutiladi. Shundagina qishda deraza orqali quyosh nuri ko'proq tushib, uyga iliqlik 
kiradi. Yozda esa quyosh nuri tushishini kamaytirish maqsadida binoning sharqiy va 
g'arbiy tomonlarida derazalar kam bo'lishi kerak. Mana shunday uylar qishda yorug' 
va issiq, yozda salqin bo'ladi. 
Olimlarning ta'kidlashicha, quyosh energiyasidan foydalanish bo'yicha aktiv 
tizimlar asosini quyosh batareyalari – quyosh energiyasini qabul qilib, 
o'zgartiradigan modullar to'plami tashkil qiladi. [6] Aksariyat hollarda quyosh 
batareyalari haqida so'z borganda, quyosh energiyasini elektr energiyasiga 
aylantiradigan moslama nazarda tutiladi. Quyosh batareyalari elektr energiyasini 
muntazam ishlab chiqarish yoki keyinchalik foydalanish uchun uni to'plash 
imkoniyatiga ega. Bunday batareyalar ilk bor fazo yo'ldoshlarida foydalanilgan. 
Quyosh batareyalari tuzilishining oddiyligi, o'rnatishning osonligi, ko'p xizmat talab 
etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. O'rnatish 
uchun qo'shimcha joy talab etilmaydi. Soyada uzoq vaqt qoldirmaslik va yuzasidagi 
changni uzoq vaqt qoldirmaslik undan foydalanishning yagona shartidir. Bunday 
batareyalar nafaqat quyoshli kun, xatto bulutli kunlarda ham energiya ishlab chiqara 
oladi. Zamonaviy quyosh batareyalari o'n yillar davomida ishlash qobilyatini saqlab 
qoladi. Xavfsizligi, samaradorligi va uzoq muddat ishlashi bilan ajralib turadigan 
bunday tizim kamdan-kam uchraydi. Bugungi kunda quyosh energiyasi o'zida 
to'playdigan akkumliyator manbalari o'rnatilgan uylar ko'plab qurilmoqda. Quyosh 
batareyalari binolari tomi yoki maxsus tayanchlarga o'rnatiladi. Quyosh 
energiyasidan binolarni yoritish, isitish, havoni sovutish, shamollatish, elektr 
energiyasi ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmoqda. Dunyoda gelioelektr 
stansiyalar- quyosh energiyasini katta miqdordagi elektr energiyasiga aylantiradigan 
zamonaviy stansiyalar soni ko'payib bormoqda. Ularning ishlash prinspi oddiy. Bir 
necha ming kvadrat metr maydonga o'rnatilgan geliostat oynalar quyosh bilan 


barobar aylanib, quyosh nurlarini suyuqlik, ko'pincha suv bilan to'ldirilgan sig'imga 
yo'naltiradi. Keyingi jarayonlar esa odatdagi issiqlik elektr stansiyalaridagi kabi 
davom etadi. Ya'ni suv isib qaynaydi va bug'ga aylanadi. Bug' turbinani, turbina esa 
generator rotorini aylantiradi va shu tariqa elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 
Quyosh energiyasi shubhasiz, kelajak energiyasidir. Bugun dunyo gaz va neft 
narxining oshishi sababli an'anaviy yoqilg'i turlaridan voz kechmoqda. Aksariyat 
mamlakatlarda quyosh energiyasidan foydalanishni rivojlantirish bo'yicha davlat 
dasturlari ishlab chiqilgan. [3] 
Pаrаbоlоndli аks ettiruvchiligi mаishiy gеliо uskunаlаrni tаyyorlаsh аlоhidа 
puхtаlikni tаlаb etmаydi vа shuning uchun fаkаl dоg’ o’lchаmi nisbаtаn kаttа 
enеrgiya kоnsеntrаtsiyasi esа pаst. shuni аytish kеrаkki quyosh оshхоnаsi uchun аks
ettiruvchi o’lchаmi fаqаtginа 1,2 m bo’lgаndа, fаkаl dоg’ 80-90mm diаmetrgа 
yetаdi. Оziq-оvqаt tаyyorlаsh uchun yuqоri energiya kоnsentrаtsiyasi umumаn 
kеrаk emаs. Lеkin yuqоri energiya harоrаtgа erishishuchun kаttа enеrgiya 
kоnsеntrаtsiyasini tаlаb -etib. u ko’zgu tаyyorlаshning yuqоri aniqligigа mоs kеlаdi. 
O’zbеkistоn fаnlаr аkаdеmiyasinipg «Fizikа-quyosh» IIT dа ko’p vаzifаli o’tа аniq 
kаttа erituvchi quyosh uskunаsi ishlаb chiqilgаn bo’lib, uni Tоshkentgа yaqin 
Pаrkеntdа jоylаshtirishdi (2.4-rаsm). Jоyni tаnlаshdа tumаnning yuqоri 
quyoshligigа qаrаldi - bu yerdа yiligа 2900 sоаt yorug’ bo’lib, bu vaqtdа Mоskvа 
kеngligidа fаqаtginа 1900 sоаt. 
Bu uskunаdа kоnsеntrаtоr harаkаtsiz jоylаshtirilgаn bo’lib, оptik o’qqа 
pаrаllеl nurli оqim esа, quyoshni ishchi kun dаvоmidа kuzаtuvchi geliоstаtlаr bilаn 
kоtsеntrаtоrgа yo’nаlgirilаdi. Kоntsеntrаtоrdаn аks ettirilgаn nurni оqim 21 m 
bаlаndlikdа jоylаshgin tizim fоkusidа yig’ilаdi. Fаkаl sоhаdаgi tехnоlоgik 
оpеrаtsiyalаrni аmаlgа оshirish uchun tехnоlоgik minоrа qurilgаn bo’lib, uni ichidа 
zаrur muхаndislik kоmunikаtsiyalаr, tехnоlоgik jiхоz vа uskupаlаr jоylаshgаn. 6 
mm qаlinlikdаgi tеrmik yarаtilgаn shishаdаn bаjаrilgаn 6.5-7,5 m
2
o’lchаmli bаrchа 
62 tа gеliоstаtlаr pоg’оnаli gеliоstаtli mаydоni tеrrаsеlаridа shundаy 
jоylаshtirilgаnki, bundа o’zаrо qоrоng’ilаshtirish yo’qоtilаdi vа kаttа quyosh 


pеchinish yozgi vaqtidа 10 sоаt vа qishki vaqtdа 6 sоаt dаvоmidа ishlаshi 
tа’minlаnаdi. 
2.4-rasm. Katta quyosh pechining ummumiy ko’rinishi. 
Gеliоstаtlаrning umumiy yuzаsi 3022 m

ni tаshkil etаdi. Gеliоstаtlаr harаkаtini 
bоshqаrish elеktrоn bоshqаrish tizimi bilаn аmаlgа оshirilаdi. Kоntsеntrаtоrning аks 
ettiruvchi yuzаsi 3000
o
C dаn ziyod harоrаtgа erishishgа imkоn bеrаdi. Bu yerdа 
mахsus tigеllаrdа аlyuminiy, mаgniy, sirkоniy оksidi kаbi qiyin eriydigаn 
mаteriаllаr vа ulаr аsоsidаgi murаkkаb kоmpоzitsiyalаr eritilаdi. Jаrаyon dеyarli bir 
zumdа kеchаdi. Quyosh pechidа tаyyorlаngаn mаtеriаllаrni judа tоzаligi аjrаtib 
turаdi. Ulаr fizik-tехnik tаvsiflаrgа egа. Bundаy o’tа tеz qizdirish tехnоlоgiyasi, uni 
issiqlik zаrbi dеyilаdi. bоshqаchа аmаlgа оshirilmаydi. Quyoshli o’zbеk pеchi 
dunyodа birinchi emаs Frаnsiyadа хuddi shundаy quvvаtli pеch ishlаydi. Lеkin 
bizniki mukаmmаlrоq, dаtchiklаr kаm, fаtsеtlаrni kоntsеntrаtоrgа mаhkаmlаshning 
jаdаlrоq tizimi. Frаnsiya kоntsеntrаtоri qurilish tugаgаnidаn kеyin ikki yil dаvоmidа 
yustirlаndi, o’zbеk muhаndislаri vа оliylаri esа bu o’tа murаkkаb ishni оb’еktni 
qurish bilаn birgаlikdа yarim yil ichidа аmаlgа оshirishdi. «Quyosh» kоmplеksidа 
muаlliflik guvохnоmаsi vа pаtеntlаri bilаn vа hiyоyalаngаn o’nlаb iхtirоlаrdаn 
fоydаlаnilgаn. [7] 
O'zbekistonda noan'anaviy energiya manbalari, birinchi navbatda, quyosh 
energiyasidan foydalanishni kengaytirishga katta e'tibor berilmoqda. Birinchi 


prezidentimiz Islom Karimovning 2013- yil 1-martda qabul qilingan ''Muqobil 
energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida''gi farmonida 
muqobil energetika sohasidagi ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish, malakali 
kadrlar tayyorlash, bu boradagi qonunchilikni takomillashtirish, muqobil energiya 
manbalarini ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilarni rag'batlantirish, ularga soliq 
va bojxona imtiyozlari berish, ''Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish 
to'g'risida''gi qonun loyihasini ishlab chiqish vazifalari belgilangan. O'zbekiston 
Markaziy Osiyo davlatlari orasida birinchilardan bo'lib quyosh energetikasi bo'yicha 
o'z ilmiy ishlanmalariga asoslangan yangi taraqqiyot bosqichiga ko'tarilgan 
mamlakatdir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ''Fizika-
Quyosh'' ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutining xizmati 
katta. Institut olimlari mamlakatimizdagi ulkan gelioenergetika salohiyatidan 
oqilona foydalanish bo'yicha samarali tadqiqotlar olib borilmoqda. Mana o'n yildan 
ko'p vaqtdan buyon mamlakatimiz olimlarining ilmiy ishlanmalari asosida quyosh 
energiyasi bilan suv isitadigan qurilmalar negizida uy-joy va ijtimoiy ob'ektlarni 
issiq suv va issiklik bilan ta'minlash tizimi ishlab chiqilmoqda va ulardan tajriba 
tariqasida foydalanilmoqda. Toshkent shahrida, Samarqand viloyati va boshqa 
hududlarda suvni isitib beradigan geleoqurilmalar o'rnatilgan. O'zbekiston 
olimlarining eng yangi ishlanmalardan qishloq xo'jaligida ham qollanilmoqda. 
Ma'lumki, ayrim sabablarga ko'ra, elektr uzatish tarmoqlari va suv ta'minoti tizimi 
ishlamaydigan hududlarda suvni yuqoriga ko'tarib berish borasida qiyinchiliklar 
mavjud. Shu maqsadda quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantiradigan 
fotoeffektr qurilmalardan keng foydalanilmoqda. Bu qurilmalar quyosh batareyalari
energiya to'plash tizimi va doimiy tokni o'zgaruvchan tokka aylantiradigan 
moslamani o'z ichiga oladi. Fermer xo'jaliklari resurs tejaydigan texnologiyalar-
tomchilatib sug'orishni yo'lga qo'yishi va ilgari sug'orilmagan yerlarni o'zlashtirish 
mumkin. Fotoelektr qurilmasi uzoq muddat xizmat qiladi, maxsus texnik xizmatni 
talab etmaydi va bir necha yil davomida sarflanganxarajatni qoplaydi. 
Mamlakatimizda elektr uskunalarini tok bilan ta'minlash uchun foydalaniladigan 
ixcham fotoelektr stansiyalar ishlab chiqilgan. [2] 


Quyoshdan kelayotgan nur-kvant zarralaridan energiya mavjud bo’lib, u 
nurlardan yer yuzidagi butun mahluqot bahramand bo’ladi. O’simlik hayvonot olami 
va insoniyat bu nurlarni tabiiy biologik yo’llar bilan o’ziga singdirib oladi.
O’simliklarda esa bu fotosintez jarayoni ham deyiladi. Xuddi shunga o’xshash 
qonuniyat orqali quyosh nurining zarralaridan quyosh modullari yordamida elektr 
energiyasi olish mumkin. 
Quyosh elementlari- fotoelektrik ponellarning eng asosiy qismi hisoblanadi. 
Fotoelektrik ponellar bir nechta quyosh elementlaridan iborat bo’ladi. Quyosh 
elementlari –quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beradi. Quyosh 
vazifasiga qarab elementlari turli xil o’lchamda bo’lishi mumkin: kalkulyatorli 
elementlardan boshlab avtomobil va uylarning tomlariga ham qoplanishi mumkin 
Quyosh energiyasi –sof qayta tiklanuvchi energiya turi hisoblanadi. Bu yo’nalishda 
bosqichma-bosqich sekin bo’lsada taraqqiyot davom etmoqda. [17] 
Hozirgi paytda quyosh elementlarining katta qismi kremniy elementidan 
tayyorlanmoqda. U yerda kremniy dioksid shaklida juda ko’p tarqalgan. Kremniy 
yana elektronika sohasi uchun yarim o’tkazgichli elementlar va mikroshemalar 
ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
2.5-rasm kremniydan tayyorlangan quyosh elementining ummumiy ko’rinishi 
Quyosh elementida pastki metall kontakti va turli o’tkazuvchanlikka ega 
bo’lgan ikkita kremniy qatlamdan iborat.Yuqori qatlamda metal kontaktlar panjarasi 


va aks etuvch yaltirashga qarshi qoplama mavjud. Bu qoplama quyosh elementini 
ko’k rangda bo’lishini ta’minlaydi. [5] 
2.6-rasm. Monokristalli, polikristalli va amorfli quyosh elementlari 
Quyosh elementlarining turlari hozirgi kunda juda ko’payib ketgan. Eng 
ko’p tarqalganlari kremniy asosida yaratilgan elementlar ekanligi ma’lum. Kremniy 
asosida yaratilganlarning eng mashxurlari: monokristalli, polikristalli va amorfli. 
Ushbu shakllarni bir-biridan farqi kristall panjarada kremniy atomlarining qanday 
joylashganligidadir. Quyosh elementlarini yorug’lik nurini qayta ishlashdagi foydali 
ish koeffitsienti har xil. Monokristalli va polikristalli elementlarning foydali ish 
koeffitsienti bir-biridan uncha farq qilmaydi. Amorf quyosh elementi foydali ish 
koeffitsienti yuqoridagi elementlardan kamroq. So’nggi yillarda quyosh elementlari 
uchun yangi turdagi materiallar ishlab chiqildi. Masalan: mis-Indiyum-diselenide va 
CdTe (kadmiy tellur) yupqa qatlamliquyosh elementlari. Ushbu quyosh elementlari 
tijorat uchun ishlab chiqarilmoqda. Ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanishi 
hisobiga so’ngi o’n yil ichida yupqa qatlamli elementlarning samaradorligi qariyb 
ikki barobar o’sdi. 


2.7-rasm Kremniy plastinkalarini ishlab chiqarish jarayoni 
O’zbekiston 2030-yilga qadar taxminan 25 ta quyosh elektr stansiyasi 
qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqida O’zbekiston energetika vaziri o’rinbosari 
Sherzod Xo’jayev ma’lum qildi. Xo’jayevning bergan interyusida ta’kidlashicha, 
mamlakatda yaqin 10 yil ichida taxminan 25 ta quyosh stansiyasini qurish 
mo’ljallanmoqda. Uning ma’limotlariga ko’ra, Navoiy viloyatida 100 MVt quvvatga 
egabirinchi quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshiriladi. Uning qayd 
etishicha, elektr stansiyasining qurilish ishlari shu yil boshlanadi. Sherzod 
Xo’jayevning bildirishicha, investorlar mazkur elektr stansiyani qurish bo’yicha 
tenderda ishtirok etish uchun 23 ta ariza topshirgan. Bundan tashqari Samarqand 
viloyatida quyosh elektr stansiyasini barpo etish bo’yicha tenderda Xitoyning
Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi g’olib deb topildi. Ushbu 
kompaniya Markaziy Osiyodagi birinchi muqobil energiya stansiyasini qurib beradi. 
Bu haqida “O’zbekenergo” Aksiyadorlik jamiyati matbuot xizmati habar bergan. 
“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-iyundagi “Samarqand 
viloyatida quvvati 100MVt bo’lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish” 
investitsion loyihasini amalga oshirish bo’yicha chora tadbirlar to’g’risida”gi 2183-
sonli qarori ijrosi doirasida va idoralararo tender kengashining 2016-yil 27-
oktabrdagiqaroriga binoan Samarqand viloyatida qurilayotgan 100MVt li quyosh 


fotoelektr stansiyasini loyihalashtirish, qurish va eksplutatsiya qilish bo’yicha asosiy 
pudratchi deb “Zhuhai Singyes Green Building Technology” kompaniyasi topildi. 
Ushbu tender 2014-yil oktabr oyida e’lon qilingan edi. Uni qurib foydalanishga 
topshirish uchun 2 yil talab etilishi mumkin. Loyihani amalga oshirish bo’yicha 
konsalting hizmatini Germaniyaning GOPA Inernational Energy Consultant, 
Suntrace va Renewables Academy firmalari ko’rsatadi. [18] 
“O’zbekenergo” ma’lumotlariga ko’ra, mintaqada birinchi shunday 
elektrstansiya yiliga 200 million kVt*soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kerak. 
275.8 million AQSH dollori miqdoridagi loyiha Osiyo taraqqiyot banki va 
O’zbekiston rekonstruksiya va rivojlanish fondini110 million dollorlik kreditlari 
hamda “O’zbekenergo” ning 55,8 million dollor miqdordagi o’z mablag’I hisobidan 
moliyalashtiriladi. Ummuman 2020-yilgacha O’zbekistonda quyosh elektr 
stansiyasi barpo etilishi kerak. Ularning jami quvvati 300 MVtni tashkil etadi. 
Samarqanddan tashqari, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham shunday 
elektr stansiyalar quriladi. Quyosh energiyasidan turli maqsadlarda foydalanish 
shunchalik rivojlanmoqdaki, buni har kuni yaratilyotgan g’oyalari hamda ishlardan 
ko’rishimiz mumkin. Masalan hozirgi kunda Germaniyada birinchi quyosh 
batareyalarida ishlovchi velosiped yo’lakchasi qurildi. U elektr energiyasini ishlab 
chiqarib, qishda ham o’zini-o’zi isitadi. Hozircha uning uzunligi atiga 90 metr 
tashkil qiladi va shuning o’ziga ham ancha mablag’ sarflangan. Biroq buning narxi 
Germaniyaliklarni cho’chitmayapti, ular ushbu energsamarali loyihaga kata umid 
bog’lashmoqda. Elektr ishlab chiqaruvchi veloyo’lakcha shisha plitkadan ishlangan. 
Uning ostida quyosh batareyalari, isituvchi elementlar va harakat sensorlari mavjud. 
Yuqori texnologiyali trassa uchun joylashuv nuqtasi tasodifiy tanlov emas: uning 
yonida daraxtsiz ochiq dala joylashgan va yer doim yorug’ bo’ladi. [17] 
Loyiha muallifining fikricha quyoshli yo’lakchaning har bir kvadrat metri 
yiliga 100 kVt*soat energiya ishlab chiqaradi, u 3-4 oilani elektr energiya bilan 
ta’minlashi mumkin. Bu energiyadan shuningdek qorong’uda veloyo’lakchani 
yoritishda ham foydalanish mumkin. Nems mutaxasislarini ta’kidlashicha, plitka 
eniga atiga 13 mm bo’lsa-da, xatto og’ir yuk mashinasini ham hech qanday 


muammosiz ko’tara oladi. Yo’l aqlli funksional bilan jihozlangan- u o’tgan 
velosipedlar sonini qayd qiladi va ma’lumotlarni maxsus tabloda aks ettiradi. 
Bundan tashqari, u yo’lning yuzasi muzlaganini avtomatik ravishda aniqlab, isitish 
tizimini yoqadi. Shu tariqa u qishki mavsumda harakatlar havsizligini hamda uni 
tozalashda tejamkorlikni ta’minlaydi. Mazkur loyiha Yevroittifoq tomonidan 
moliyalashtirildi. Tajriba muvoffoqiyatli o’tsa, tez orada har bir inson nafaqat 
quyosh batareyalari, balki ko’p funksiali yo’lakchalarni ham qo’lga kiritishi 
mumkin. Loyiha muallifining so’zlariga ko’ra, seriyali ishlab chiqarish yo’lga 
qo’yilgan taqdirda, quyoshli plitkaning 1 kvadrat metri 250 yevroga baholanadi. [7] 
2.8-rasm Dunyodagi eng katta quyosh elektro stansiyasi 
Quyosh energiyasini o’zlashtirish tizimi -Solar Energy Generating Systems 
(SEGS), bugungi kunda dunyoda quyosh energiyasini o’zlashtiruvchi eng katta 
tizim hisoblanadi. AQSHning Kaliforniya shtatidagi Moxava sahrosida joylashgan 
(2.8-rasm). Tizim 9 dona quyosh elektrostantsiyalaridan iborat bo’lib, ulardan: 6 
dona-sining quvvati 180 MVt(har biri 30 MVt)ni; 2 donasining quvvati 160 MVt-
(har biri 80 MVt)ni hamda 1 dona 14 MVt ni; hammasi bo’lib 354 MVt ni tashkil 
qiladi. Ushbu elektrostantsiyalar uchun 6,5 km
2
joylashgan 936 384 dona parobolik 
kontsentator (quyosh energiyasini yig’uvchi) lar o’rnatilgan. 

Download 69.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling