Ma’ruza rejasi Kirish Tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalar, o‘quv mashg‘ulot ishlari va sport tayyorgarligi talablari tartibi


Download 1.91 Mb.
bet1/5
Sana09.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1344857
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu



MAVZU: “O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya harakatining turli bo‘limlarida gandbolchilarni tayyorlash tizimi, Yosh gandbolchilarning sport tayyorgarligi tizimi”
Ma’ruza rejasi
1. Kirish
2. Tashkiliy uslubiy ko‘rsatmalar, o‘quv mashg‘ulot ishlari va sport tayyorgarligi talablari tartibi
3. Xarakat sifatlarini rivojlantirish uchun namunaviy davr
4. O‘quv reja (sog‘lomlashtirish, dastlabki tayyorgarlik, o‘quv-mashg‘ulot bosqichi, dastlabki ixtisoslik, chuqurlashgan ixtisoslik ta’rifi
5. Xar xil boskichda barcha tayyorgarlik turlarining nisbati
6. Yillik tayyorgarlik siklining rejasi
7. Dastlabki tayyorgarlik guruxida gandbolchilarni tayyorlash uchun namunaviy reja
Kirish
Bolalar – o‘smirlar sport maktabi (BO‘SM) va bolalar – o‘smirlar olimpiya zahiralari sport maktabi (RBO‘OZSM) mutaxassisliklarini o‘rgatish uchun tuzilgan rejaning maqsadi – gandbol mutaxassisligida shug‘ullanuvchilarga jismoniy tarbiya tizimida gandbolning o‘rni va zamonaviy bilimlarning ahamiyati haqida bilim berish, ulardagi zarur bo‘lgan pedagogik kasb malakalarini shakllantirishdir.
Birinchi bosqich – umumta’lim maktablarining tibbiy ko‘rikdan o‘tgan o‘quchilari uchun bo‘lib, jismoniy – sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy ishlar, har taraflama jimoniy tayyorgarlik va gandbol texnikasining asosiy usullarini o‘rgatishga qaratilgan.
Ikkinchi bosqich – dastlabki tayyorgarlik, umumta’lim maktablarida, sport bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan bolalar uchun bo‘lib, bu bosqichda ular jismoniy – sog‘lomlashtirish tarbiyaviy ishlar, har tomonlama jismoniy tayyorgarlik, sport ixtisosligini tanlash va o‘quv mashg‘ulotlariga qabul qilish uchun nazorat me’yorlarini bajaradilar.
Uchinchi bosqich – o‘quv – mashg‘ulot bosqichi. Bir yil davomida zarur tayyorgarlikdan tanlov asosida sog‘lom o‘smir va qizlardan o‘quvchilar jamoasi tashkil etiladi. Yil davomida shug‘ullanuvchilar umumiy jismoniy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlikdan o‘tish sinovlarini bajargan o‘quvchilar uchun sport razryadi bajarilganidan so‘ng sport takomillashuvi guruhlari shakllantiriladi.

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling