Maruza rejasi: Korxona narx siyosati va uning yo`nalishlari


Korxona narx siyosati yondashuvlariga tavsif


Download 189.22 Kb.
bet2/6
Sana08.11.2023
Hajmi189.22 Kb.
#1754901
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NSH PPP 3- MAVZU

Korxona narx siyosati yondashuvlariga tavsif:

1.Xarajatga qaratilgan narx siyosati. Tadbirkor tomonidan tovar qiymatini oshirishga qo`shgan hissasini inobatga olgan holda narx bo`yicha qaror qabul qilinadi. "Xarajatga o`z ulushingni qo`sh" qoidasiga amal qilib bir-birlik mahsulotga sarflangan barcha xarajatlarni sarhisob qilib, unga muayyan foizda ustama baho qo`shish yo`li bilan tovar narxi aniqlanadi. Bunday yondashuv odatda xaridor nigoshida o`xshash tovarlardan hech qanday farqi bo`lmagan tovar mahsulotlariga nisbatan qo`llaniladi.

2.Foydaga qaratilgan narx siyosati. Narx bo`yicha qaror foydani ko`paytirishga asoslanadi. "Foyda qancha ko`p bo`lsa, shuncha yaxshi" qoidasiga amal qilib "zararsizlik tahlili va maqsadli foydani ta`minlash" va "investitsiyalarning rentabelligi" usullarini qo`llash natijasida narx darajasi belgilanadi.

3.Talabga qaratilgan narx siyosati. Talabning narx egiluvchanlik xususiyatini inobatga olgan holda narx bo`yicha qaror qabul qilinadi. Avval xaridor to`lashga tayyor bo`lgan eng yuqori narx birlamchi asos sifatida olinadi, keyin esa undan uzoqlashib o`rinbosar tovarlarning va raqobatchilarning narxiga qarab so`nggi narx o`rnatiladi. "Sotib olishsa, qo`sh, sotib olishmasa, kamaytir" qoidasiga muvofiq talabning jo`shqinlik holatida tovarga yuqori narx o`rnatiladi va talab susaygan sari, bir-birlik tovar qiymatining ikki holatida bir xil bo`lganligiga qaramasdan, narx darajasi sekin-asta pasaytiriladi. O`rnatilgan narx doimiy ravishda o`zgarib turadi va narxni shakllantirish sotuvchining samarali quroliga aylanadi.

4.Raqobatga qaratilgan narx siyosati. Narx bo`yicha qaror raqobatchilar tovarlarining narx darajasiga asoslanadi. "Mijozni yaxshi ko`r, lekin raqibni hurmat qil" qoidasiga amal qilgan holda raqiblarning narx siyosati ketidan borib, korxona o`z tovariga bozorda amal qilinayotgan narxlar darajasida narx o`rnatishi lozim. Agar undan yuqori narx o`rnatilsa sotuv hajmi keskin qisqaradi, raqiblar narxidan pastroq darajada narxning belgilanishi korxona foydasining kamayishiga olib keladi.


Download 189.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling