IQTISODCHI VA HISOBCHILAR:
Tovar mahsulot va xizmatlarning tannarxini hisoblash.
BOZOR YONDASHUVIDA NARXNI SHAKLLANTIRUVCHI SUB`EKT LAR
3-САВОЛ Narx mexanizmi bozor iqtisodiyoti sharoitida ikki o`zaro aloqada amal qiladigan tarkibiy qismdan iborat: 1. Narxlarning o`zi, ularning tizimlari, turlari, xususiyatlari, vazifalari, andozasi, o`zgarish sur`ati, modellari va siyosati. 2. Narxni shakllantirish konsepsiyasi, metodologiyasi, tamoyillari, omillari, jarayoni, usullari va narx o`rnatish strategiyalari. Narx mexanizmining tarkibiy tuzilishi
NARX MEXANIZMI
NARXLAR
Narx (N) tushunchasi
N. xususiyatlari
N.vazifalari
N. modellari
N. tizimi
N. turlari
N. siyosati
N. andozasi
NARXNI SHAKLLANTIRISH
Narxni shakllantirish (NSH) metodologiyasi
NSH konsepsiyasi
NSH tamoyillari
NSH jarayoni
NSH usullari
Narxni shakllantiruvchi omillar
Narx o`rnatish strategiyalari
Narxni shakllantirish nima? Narxni shakllantirish - bu tovar va xizmatlarning qiymati va nafliligini pul shaklida ifodalash jarayoni bilan bog`liq iqtisodiy va marketing faoliyatidir. Narxni shakllantirish o`zining ichki tuzilmasiga ega. Bu tuzilmani piramida shaklida tasvir qilganda uning uchta bosqichi ko`z oldimizda namoyon bo`ladi (rasmga qarang) .
F O Y D A
S O L I Q
T A N N A R X
Narx va tannarxning farqi natijasida sof daromad yuzaga keladi. U narxda soliq va foyda shaklida ifodalanadi. Soliq sof daromadning byudjetga jalb qilinadigan shakli bo`lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. U qat`iy va progressiv normalar usullarida belgilanadi. Soliqlarning aktsiz, qo`shimcha qiymat solig`i, resurslar to`lovlari, amortizatsiya ajratmasidan to`lov, shaxsiy daromad solig`i, korxona daromadidan olinadigan soliq va boshqa turlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |