Maruza rejasi: Korxona narx siyosati va uning yo`nalishlari


Download 189.22 Kb.
bet6/6
Sana08.11.2023
Hajmi189.22 Kb.
#1754901
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
NSH PPP 3- MAVZU

Soliq sof daromadning byudjetga jalb qilinadigan shakli bo`lib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. U qat`iy va progressiv normalar usullarida belgilanadi. Soliqlarning aktsiz, qo`shimcha qiymat solig`i, resurslar to`lovlari, amortizatsiya ajratmasidan to`lov, shaxsiy daromad solig`i, korxona daromadidan olinadigan soliq va boshqa turlari mavjud.

Foyda qo`shimcha mahsulotning pul shakli sifatida yalpi mashsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari o`rtasidagi farq usulida aniqlanadi. Foydaning muvozanat, hisob-kitob va qoldiq shakllari mavjud. Masalan, bir dona ruchkani ishlab chiqarish (plastmassa, rang, tajhizotning eskirish qiymati, meshnat haqi) va marketing (tashish, upakovka, saqlash, sotuvchilarning ish haqi) xarajatlari 75 so`mni tashkil etgan bo`lsa-yu, soliq stavkasi 12% va foyda 20% darajasida belgilangan bo`lsa, bu ruchkaning narxi 99 so`mga (75+ 9+15) teng bo`ladi.

Narxni shakllantirish faoliyatining tovar ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar tomonidan to`g`ri, bilimdonlik bilan yo`lga qo`yilishi quyidagi vazifalarni yechish imkoniyatini yaratadi:

-ishlab chiqarishda va sotishda sarflangan xarajatlarni qoplash;

-mo`tadil va maksimal foydani qo`lga kiritish;

-tovar bozorlarida korxonaning barqaror holatini saqlash;

-korxonaning to`lovga qodirligini ta`minlash;

-narxlarni shakllantirishda mahsulotlarning o`zaro almashuvini hisobga olish;

-bozorda narx bo`yicha yetuklikni ta`minlash;

-korxonaning eksport salohiyatini oshirish;

-ijtimoiy va ekologik masalalarni yechish va boshqalar.


Download 189.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling