Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet25/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Pol Genrix Ditrix Golbax (1723-1789) ning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr materializmi va ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, zero u Xudo tufayli emas, o’zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o’z energiyasi ta’sirida harakat qiluvchi moddalar yig’indisini tushunadi. Golbax fikriga ko’ra, barcha jismlar bo’linmas va o’zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda tushunchasi bilan ayniylashtiradi.
Deni Didro (1713-1784) o’zining «Materiya va harakatning falsafiy tamoyillari», «Tabiatni tushuntirish haqida mulohazalar», «D’Alamberning tushi» asarlarida sub’ektiv idealizmga qarshi chiqadi va muhim ontologik muammolarning o’ziga xos talqinini taklif qiladi. Uning fikricha, mavjud bo’lgan hamma narsalar moddiydir. Didro, dunyo uzluksiz paydo bo’ladi va o’ladi, har bir lahzada tug’ilish va o’lish holatida bo’ladi; o’zga dunyo hech qachon bo’lmagan va bo’lmaydi, deb ta’kidlaydi. Ko’rib turganimizdek, Didro borliq muammolarini o’rganish sohasiga dialektikani tatbiq etadi. Uning fikricha, butun materiya his qiladi (bu gilozoizm nuqtai nazari) va «inert hissiylik» va «faol hissiylik»ni farqlaydi. «Faol hissiylik» muayyan tarzda uyushgan materiyadagina namoyon bo’ladi.
Frantsuz materializmi tabiatshunoslikda hukm surgan tabiat «saltanati» - o’simliklar, hayvonot dunyosi bilan inson o’rtasidagi tafovutni bartaraf etishga harakat qildi.
Didro, Golbax, Lametri, Gelvetsiy va Kondilyak falsafasida gnoseologiya muammolari ontologik muammolar bilan bir qatorda turadi. Insonning ichki va tashqi dunyosi bilimlar manbai deb e’lon qilinadi. Bu dunyolarni anglab yetish mumkin. Inson bilimlarining nomukammalligi avvalo ular rivojlanishining mazkur bosqichi bilan belgilanadi. Frantsuz materialistlari hissiy va aqliy omillarning bilishdagi rolini shunda ko’radilarki, sezgilar guvohlik ko’rsatkichini bersa, aql bu ko’rsatkichlarning to’g’riligini tekshiruvchi hakam vazifasini bajaradi. Aql hissiy ko’rsatkichlardan uzoqlashishi mumkin emas, lekin u mazkur ko’rsatkichlarga haddan tashqari ishonishi ham yaramaydi. Aqlning sezgidan ajralishi bilishni amalga oshirib bo’lmaydigan ishga aylantiradi. Kuzatish va eksperiment bilish metodlaridir. Ular mushohada qilish, mulohaza yuritish, tushunish va idrok etish, shuningdek aql uchun juda zarur.
XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida Germaniya boshqa Farbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq edi. Ammo frantsuz inqilobining kuchli ta’siri ostida shunday falsafiy ta’limot vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning rivoji asosiy o’rinni egalladi. Mana shunday tarixiy sharoitlar taqazosi bilan XVIII asrning II yarmi va XIX asr boshlarida nemis klassik falsafasi vujudga keldi.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling