Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet26/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Nemis klassik falsafasi. Nemis klassik falsafasining yirik vakillari Immanuil Kant, I.Fixte, F.Shelling, Georg Gegel va Lyudvig Feyerbax kabilardir.
Falsafiy tafakkur rivojlanishining bu bosqichi davrning muayyan tarixiy shart-sharoitlari bilan belgilanadi. Bu kuchli ijtimoiy ziddiyatlar, jamiyat ongida olamshumul o’zgarishlar yuz bergan davr edi. Kuchli inqilobiy harakatlardan so’ng ularning sur’ati pasayib imkoniyatlariga ishonchsizlik kuchaygan. Ijtimoiy ongda konservativ tendentsiyalar ustunlik qila boshladi. Angliya va Frantsiyada monarxiya va Cherkovning oldingi mavqei tiklandi. Germaniyada pruss monarxiyasining roli oshdi. Tarixdagi bu ziddiyatli voqealar nemis falsafasining asosiy xususiyatlarini belgilab berdi.
Nemis falsafasi F.Bekon va R.Dekart boshlagan inson aqli imkoniyatlarini o’rganishning umumiy yo’nalishini davom ettirdi. Biroq u o’z vazifasini nafaqat inson aqlini madh etish, balki uning chegaralarini belgilash, e’tiqod va aql, din va fanni murosaga keltirish yo’llarini ham izlashda ko’rdi. Bu nemis falsafasi bajarishi lozim bo’lgan ijtimoiy buyurtma edi.
Immanuil Kant (1724-1804) nemis klassik falsafasining asoschisi.
Kant kontseptsiyasi: «Sof aql tanqidi» (1781), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Mulohaza yuritish qobiliyatining tanqidi» (1790)asarlarida, shuningdek faylasuf ijodining o’ziga xos sarhisobi sanaluvchi – «Sof aql chegaralarida din» (1793) kabi kitoblarida bayon etilgan. Kant bilish nazariyasining asosiy qoidalari quyidagilardan iborat. Kant fikricha bilish jarayoni uch bosqich: 1) sezgilar darajasida bilish, 2) idrok, 3) aqldan o’tadi.
Bilishning birinchi bosqichi -sezgilar darajasida inson narsaning mavjudligini biladi, idrok yordamida uni fikrlaydi. Narsani haqiqiy bilish aynan shu ikki bosqichni sintez qilishni talab etadi. Idrok darajasidagi bilishning quroli – kategoriyalar. Ular idrokka ichdan xos. Hodisalar rang-barangligi kategoriyalar tizimida aks etadi. Kategoriyalar yordamida inson bilimi tasodifiy empirik emas, balki umumiy zarur, ya’ni ilmiy xususiyat kasb etadi. Ilmiy bilim kategorial bilimdir. Biroq shundan so’ng Kant sub’ektiv idealist sifatida mulohaza yuritadi: idrok tabiat qonunlarini ochmaydi, balki ularni tabiat uchun belgilaydi. Kant fikriga ko’ra, kategoriyalar birligi va ularning bilish (sintez qilish) qobiliyati zamirida dunyoning ob’ektiv moddiy birligi emas, balki o’zlikni anglashning transsendental birligi yotadi.
Idrok etish – bilishning ikkinchi bosqichi. Idrokning kuchi uning sintez qilish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Biroq bu to’liq, cheksiz qobiliyat emas. Idrok tajriba chegarasidan tashqariga chiqa olmaydi. Biroq idrok o’z chegaralarini o’zi bilmaydi. U doim bu chegaralardan chetga chiqadi, ya’ni hodisalar dunyosidan o’zidagi narsalar dunyosiga kirishga harakat qiladi. Biroq tajriba chegaralarini tark etgach (shu tariqa idrok emas, balki aqlga aylangach), u yechib bo’lmas ziddiyatlar sohasiga tushib qoladi, uning mulohazalari esa muqarrar tarzda xom xayolga aylanadi.
Aql – bilish jarayonining uchinchi, oliy bosqichi. U hissiyot bilan bevosita emas, balki bilvosita – idrok orqali bog’lanadi. Aql bilishning oliy bosqichi bo’lsa-da, idrokka ko’p jihatdan yutqizadi. U tajribaning mustahkam zaminidan ajralgach, dunyoqarash darajasidagi savollarning birortasiga ham uzil-kesil – ha yoki yo’q deb javob bera olmaydi. Dunyo vaqtda va makonda boshlanadimi yoki u cheksiz va boqiymi? Inson joni boqiymi yoki foniymi? Iroda erkinligi mavjudmi yoki dunyoda hech qanday erkinlik mavjud emas, hamma narsa tabiiy zarurat qonuniga ko’ra yuz beradimi? Xudo bormi yoki yo’qmi? Idrok bunday savollarni bera olmagan bo’lardi. Aql esa bunday savollarni beradi, biroq ularga javob topa olmaydi. Uning da’volari imkoniyat darajasida emas. Sof nazariy aql o’z mag’lubiyatini tan olishi lozim, chunki u o’zidagi narsalarni bila olmaydi.
Immanuil Kant faqat mashhur faylasufgina bo’lib qolmasdan, yirik tabiatshunos olim hamdir. Kant tomonidan yaratilgan gaz holatidagi ulkan tumanlikdan quyosh sistemasining kelib chiqishi haqidagi nazariya hozirgi davrda ham astronomiya sohasidagi eng muhim ta’limotlardan biridir. Kantning tabiiy-ilmiy qarashlari tabiat hodisalarini metafizik ruhda tushuntiruvchi ta’limotlarga zarba berdi. Kant o’z davri tabiatshunosligi erishgan yutuqlarni faqat Koinot tuzilishi masalasiga emas, shu bilan birga Koinot genezisi va rivojlanishi masalalariga ham tatbiq qildi. Kantning inson irqlarining tabiiy kelib chiqishi haqidagi nazariyasi ham muhim ahamiyatga ega.
Bilish nazariyasida Kant dialektikaga katta o’rin beradi. Qarama-qarshilikni bilishning zaruriy omili sifatida qaraydi. Uning vafotidan keyin nemis falsafasining rivoji Gegel ijodida o’zining yuksak cho’qqisiga erishadi. Gegel Georg Vilgelm Fridrix (1770-1831) falsafiy tizimi nemis klassik idealizmining tadrijiy yakuni hisoblanadi. Buyuk faylasufning barcha mashhur asarlari: «Ruh fenomenologiyasi» (1807), «Mantiq fani» (1812-1816), «Falsafa fanlari qomusi» (1817) ayni shu tizimni ishlab chiqishga bag’ishlangan. «Ruh fenomenologiyasi» asari Gegel falsafiy tizimiga o’ziga xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil qatorini tahlil qiladi.
Gegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Falsafa tarixida birinchi marta bir tizimga solgan holda dialektik logikaning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi. O’sha davrlarda hukmron bo’lgan metafizik fikrlash uslubini tanqid qildi. Unga qarama-qashi holda eng ilg’or metod bo’lgan dialektik metodni ishlab chiqdi va fanga kiritdi. Kantning «narsa o’zida» haqidagi ta’limotiga qarama-qarshi qilib, shunday ta’limotni ilgari surdi: «Mohiyat namoyon bo’ladi, hodisa mohiyatdan ajralmasdir». Gegelning ta’kidlashicha, kategoriyalar borliqning ob’ektiv shakllaridir. Borliqning asosida esa, «dunyoviy aql», «mutlaq g’oya» yoki «dunyo ruhi» yotadi. O’z-o’zini anglash jarayonida dunyoviy aql uch bosqichni bosib o’tadi:
1. O’z-o’zini anglovchi mutlaq g’oyaning o’z xususiy qobig’ida bo’lish bosqichi; tafakkur jarayonida, ya’ni bu holatda g’oya dialektika kategoriyalari va qonunlari tizimida o’z mazmunini, mohiyatini namoyon qiladi. Bu bosqich Gegel falsafasining mantiq bosqichidir;
2. Foyanning o’zidan «begonalashuvi» ya’ni tabiat hodisalari shaklida namoyon bo’lish bosqichi, ya’ni bu bosqichda tabiatning o’zi rivojlanmaydi, faqat kategoriyalar sifatida rivojlanadi. Bu bosqich Gegelda tabiat falsafa bosqichidir;
3. Foyaning tafakkurda va insoniyat tarixida rivojlanish bosqichi. Bu bosqich Gegel falsafasida ruh falsafasi bosqichidir. Mana shu yakuniy bosqichda mutlaq g’oya o’ziga qaytadi va o’zining inson ongi va o’z-o’zini anglash shaklida o’z mohiyatiga qaytadi.
Rivojlanish g’oyasi Gegel falsafasini qamrab olgan. Uning ta’kidlashicha, rivojlanish tor doira ichida emas, doimiy, quyidan yuqoriga qarab boradi. Mana shu jarayonda miqdor o’zgarishlarining tub sifat o’zgarishlariga o’tishi yuz beradi. Rivojlanishning manbai esa har qanday o’z-o’zidan harakatning sababi bo’lgan qarama-qarshilikdir. Gegel falsafasida borliq dialektik o’tishlar zanjiri sifatida bayon qilingan.
Gegel fikricha, tarix dunyoviy ruhning yoki mutlaq g’oyaning rivoji sifatida namoyon bo’ladi. Umuman tarix bu mohiyatan fikrning, aqlning o’z-o’zidan rivoji tarixidir. Gegel ta’limoticha, aql tarixda shunday namoyon bo’ladiki, unda har bir xalq ruhi o’z-o’zini anglab, tobora yuqorilab borishiga o’z hissasini qo’shish huquqini oladi. Lekin bu jarayon qandaydir tartibsiz (xaotik) amalga oshmaydi. Gegel umumjahon tarixini to’rt bosqichga bo’ladi: 1. Sharq dunyosi; 2. Yunon dunyosi; 3. Rumo dunyosi; 4. German dunyosi. Insoniyat tarixini mana shunday bosqichlarga bo’lib, ularga baho berishda Gegel ochiqdan-ochiq irqchilik ruhidagi ta’limotga yuz tutadi.
Gegel umumiy falsafiy sistemasi ham, uning yaratgan metodi ham boshqa kamchiliklardan, ichki qarama-qarshiliklardan holi emas edi. Chunki uning falsafiy ta’limotida bilimning ob’ektiv asosi mutlaq ruhdir, maqsadi esa shu mutlaq ruhning o’z-o’zini anglashidir, oxirgi bosqich o’z-o’zini anglash bilan yakunlanadi. Gegel falsafasi mana shu masalani amalga oshirishga qaratilgan. Shunday qilib Gegelning sistemasi va metodi o’rtasidagi qarama-qarshilik cheklanganlik va cheksizlik o’rtasidagi qarama-qarshilikdir.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling