Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet27/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Lyudvig Feyerbax (1804-1872) moddiyunchilik nuqtai nazaridan Xegel falsafasini jiddiy va har tomonlama tanqid ostiga olgan birinchi faylasufdir. Falsafa mavzusini ifodalab, Feyerbax shunday qarorga keladiki, uning diqqat markazida inson turmog’i lozim. «Yangi falsafa, -deb yozadi nemis mutafakkiri, – tabiatni ham inson poydevori sifatida qo’shgan holda, insonni falsafaning yagona, umumiy va oliy mavzusiga aylantiradi»10. Shundan ko’rinadiki, Feyerbax moddiyunchiligi antropologik xususiyat kasb etadi. Insonni vujudga keltiradigan yagona sabab yoki asos tabiatdir. Shuning uchun, falsafaning vazifasiga qayta to’xtab, Feyerbax yozadiki, uni ta’limotini «ikki og’iz so’zda ifodalash mumkin: tabiat va inson».
XIX asrning oxiridan boshlab G’arb mamlakatlarida Gegel va Feyerbax falsafasi atrofida turli falsafiy maktablar va oqimlar vujudga keladi. Bu falsafiy maktablar ichida ma’lum nufuz va ta’sirga ega bo’lgan oqim «yosh gegelchilar» oqimi edi. Bu oqimning o’sha davrdagi asosiy namoyandalari orasida aka-uka Bruno va Edgar Bauerlar alohida ajralib turar edi.
Dastlab mana shu oqimga mansub bo’lgan K. Marks (1818‑1883) va F. Engels (1820-1895) keyinchalik materialistik jihat va ateistik tamoyillar ustuvor bo’lgan, qarama-qarshiliklarning kurashi tamoyili mutlaqlashtirilgan o’z ta’limotini ishlab chiqdilar. Ularning ta’limoti marksizm falsafasi degan nom oldi. Keyinchalik bu falsafa sotsialistik lager deb atalgan mamlakatlarda davlatning mafkuraviy doktrinasiga aylandi, «ilmiy kommunizm» g’oyalari asosida insoniyat tarixining tabiiy jarayonini proletariat diktaturasi deb atalgan davlat va hokimiyat yuritish usuli orqali zo’rlik bilan o’zgartirish ta’limotini ko’pchilik ommaga, siyosiy partiyalarga, mafkuraga singdirishga harakat qildi.
XX asrning boshlaridan 80 — yillarning oxirigacha dunyoning juda katta hududida hukmronlik qilgan bu mafkura sobiq Ittifoq tarqalishi bilan uning hududida o’z ustuvorligini yo’qotdi. So’nggi yillarda sotsialistik lagerning parokandalikka uchrashi, sobiq ittifoq tarkibiga kirgan ko’pgina respublikalarda, shu jumladan, O’zbekistonda mustaqil milliy davlatlarning vujudga kelishi, ularning o’z xalqi milliy ruhiga xos va mos mafkura metodologiyasi asosida muvaffaqiyatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanib borayotganligi marksistik falsafaning hayot talablariga javob beraolmaydigan, xalqlarning ruhiga yot bo’lgan g’ayrimilliy ta’limot ekanligidan dalolat beradi.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling