Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet29/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Neopozitivizm oqimining yirik namoyandalari Karnap, Ayer, Rassel, Vitgenshteyn va boshqalardir. Neo - yangi; pozitiv - ijobiy degan ma’noni anglatadi. Pozitivizm Farbda X1X asrning 30-40 - yillarida paydo bo’lgan va uning birinchi tarixiy shakli bo’lib, asoschisi XIX asrda yashagan Ogyust Kontdir. Uning fikricha, falsafa aniq fanlar taraqqiyotisiz mavjud bo’la olmaydi. Falsafa - ob’ektiv reallikni emas, balki aniq fanlar qilayotgan ilmiy, ya’ni ijobiy (pozitiv) xulosalarni o’rganib, tahlil qilib ularni mantiqan bir tartibga, sistemaga solishi kerak.
Empiriokrititsizm pozitivizmning ikkinchi tarixiy shakli sifatida XIX–XX asrlar chegarasida yuzaga keldi. Uning eng mashhur namoyandalari – E.Max (1838-1916) va R.Avenarius (1843-1896). Ilk pozitivizmdan farqli o’laroq, empiriokrititsizm falsafaga «ikkinchi pozitivizm»ni sintez qiluvchi fan sifatida yondashadi, uni bilish nazariyasiga bog’laydi. Empiriokrititsizm «tajriba tanqidi» degan ma’noni anglatadi va «tajribani metafizik tabiatni o’zgartiruvchi barcha qoidalardan tozalash»ni nazarda tutadi. E.Max fikriga ko’ra, tajriba amalda «dunyo elementlari» hisoblanuvchi sezgilardan iboratdir. Binobarin, pozitivizm o’zining maxizm shaklini kasb etgan ikkinchi bosqichida butun falsafiy faoliyatni inson tajribasi hissiy asosining ruhiy-fiziologik shakllari tahliliga bog’ladi. Maxizm falsafasida dunyo «sezgilar majmui» tarzida namoyon bo’ldiki, bu materializmdan butunlay voz kechilishi, ingliz faylasufi Berklining sub’ektiv idealizmi o’ziga xos tarzda tiklanishini anglatadi. Xullas, ikkinchi pozitivizm yaratuvchilari bilish jarayonining nazariy modelini tuzishga harakat qildilar.
Neopozitivizm, pozitivizmning uchinchi tarixiy shakli sifatida, ilmiy nazariyalarning haqiqatnamoligini, ularning nisbiy qimmatini aniqlash metodlarini o’z falsafiy faoliyatining predmetiga aylantirdi. Bu bosqich vakillari pozitivizmning asosiy tamoyillariga tayanib, an’anaviy falsafa tushunchalari noilmiydir, chunki ularni tajribada tekshirish mumkin emas, deb e’lon qildilar.
Neopozitivistlar u yoki bu ilmiy xulosalar, konseptsiyalar va nazariyalarning to’g’riligi, haqiqiyligini tekshirish metodlariga asosiy e’tiborni qaratdilar. Ular hozirgi ilmiy bilimlarning haqiqiyligini tekshirishning asosiy tamoyillari: verifikatsiya, falsifikatsiya va konventsiya tamoyilarini ta’riflab berdilar.
Verifikatsiya (lot. «verus» - haqiqiy va «facio» - bajaraman) tamoyili nuqtai nazaridan hissiy tajriba dalillari bilan tasdiqlanuvchi ilmiy qoidalargina haqiqiy hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tajribada sinalishi mumkin bo’lgan mulohazalargina ahamiyat kasb etadi.
Shundan so’ng postpozitivizm (ya’ni keyingi pozitivizm) vakili K. Popper falsifikatsiyalash metodini ilgari surdi. Bunga ko’ra, inson ba’zi nazariy bilimlarning xaqiqatligini emas, xato ekanligini isbotlashi kerak. Oxir-oqibatda neopozitivizm vakillari falsafa bilimlarning xaqiqiyligini mantiqiy — lingvistik usul orqali isbotlashi va sistemalashtirishi kerak, degan xulosaga keldilar. XX asrning 60 - 70 yillariga kelib, neopozitivizmning mavqei kamayib, asosiy o’ringa strukturalizm va germenevtika chiqdi.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling