Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet8/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so’zlar yoki nomlar bo’lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo’tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o’xshash jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo’luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya’ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to’g’risidagi idealistik konsepsiyani ishlab chiqqan bo’lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo’l bilan yechishning o’ziga xos timsoli bo’lgan.
Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy (1224-1292) mo’’tadil realizmning yana bir yirik vakili bo’lib hisoblanadi. Foma o’sha davr uchun Aristotel natur falsafasini ilohiyot bilan birlashtirishga harakat qilgan. Akvinskiy ta’limoticha, dunyo ierarxik narvondan iboratdir. Uning eng quyi qismida yer va 4 elementdan iborat bo’lgan hamma narsalar mavjuddir. Odam ruhi xudo va moddiy dunyo o’rtasidagi joyni egallaydi. Dunyoviy jamiyat tepasida esa, papa boshchiligidagi ilohiy davlat turadi. Yerdan uzoqlashgan sari u ilohiylashib boradi. Foma Akvinskiy katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e’tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig’indisi», «Falsafa yig’indisi», «Majusiylarga qarshi yig’indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan Sharqqa salb yurishi chog’ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya’ni substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g’oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta’limotni ularga to’la bo’ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo’lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog’liqdir. Xudo esa sof ma’naviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi. Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o’z-o’zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo’lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham foydalanuvchi o’z dalil-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo’lgan muhabbatdan keyingi o’ringa qo’yadi, ya’ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo’lsa, aqldan ustun bo’lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o’zining «Podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g’amxo’rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko’tarish huquqi to’g’risida so’z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo’lg’usi ma’naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma’naviy hokimiyatga bo’ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, yerda – Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko’radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog’iga aylandi, XVI asrdan e’tiboran iezuitlar tomonidan targ’ib qilina boshladi. Iezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi zamon falsafiy tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiziga aylandi.
O’sha davrning mashhur faylasuflaridan biri Vilyam Okkamdir (1309-1349). Uning fikricha, ilohiyot aqidalari ratsional (aql) yo’l bilan isbotlanishi mumkin emas. Ular faqat Muqaddas kitob nufuzi tufayligina qabul qilinishi mumkin. Bu qarash e’tiqod va tafakkurni bir-biridan ajratardi, ularni omuxta qilishni qoralardi. Uningcha, universaliylar tafakkur tushunchalari uchun faqat ismdirlar. Bu tushunchalarni odam o’z ongida yaratgan. Uningcha, alohida odam insonga nisbatan realroq va muhimroqdir.
Rodjer Bekon (1214-1292) ham Okkam mansub bo’lgan oqim vakillaridandir. U o’z hayotini ilmiy tajribalarga bag’ishlagan. Ular yordamida u tajribaviy fanga asos soldi. Bunday metodni XYII asrda Frensis Bekon ishlab chiqdi. Haqiqatni topishda tabiatni tajribaviy o’rganish metodini qo’llash nominalistlar qarashlariga to’liq mos kelardi. Nominalistlar va realistlar o’rtasidagi qarama-qarshilik o’rta asr sxolastikasining muhim muammolaridan biri edi. Butun o’rta asrlarda sxolastikaning bu ikki oqimi o’rtasida kurash ketgan. Sxolastikaning avjga chiqqan davri — 1150 va 1300 yillarda — Foma Akviniyskiyning mo’’tadil realizmi nominalizm ustidan g’alaba qozondi. Lekin 1300 yildan keyin cherkov ilohiyotchilari tafakkurida nominalizm yuqori mavqeni egallay boshladi. Bu ko’p jihatdan uyg’onish davri falsafasiga ta’sir ko’rsatdi. Shuningdek, haqiqatga erishishning tajribaviy metodini (ratsionalizm) vujudga kelishida katta xizmat qildi.
Yevropa falsafasining rivojida universitetlar muhim o’rin tutadi. Ular bilim va ma’rifatning o’chog’i sifatida 1200 yillarda vujudga keldi. 1400 yillarga kelib, Yevropada 23 ta universitet mavjud bo’lgan. Universitet dasturining juda katta qismini sxolastika bilan shug’ullanish tashkil etar edi.
XII asrda Abelyar Rim huquqining buyuk tadqiqotchisi sifatida mashhur bo’ladi va talabalar uni eshitish uchun Bolonya shahriga oqib kela boshlaydilar. Natijada Bolonya shahri universiteti muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsata boshlaydi. Abelyarning o’qituvchi sifatidagi shuhrati ko’p jihatdan Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Universitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari natijasida ham vujudga kelgan. Masalan, XII asrda Angliya va Frantsiya qirollari orasidagi nizo oqibatida, Angliya talabalariga yaxshi munosabat bildirilmaganligi ularning Parijdan Angliyaning Oksford shahriga ko’chib o’tishlariga sabab bo’ldi. Buning natijasida mashhur Oksford universiteti tashkil topdi. Kembridj universiteti esa Oksford universiteti talabalarining qo’zg’olon ko’tarishi va 1209 yilda ularning Oksforddan Kembridjga ko’chib o’tishlari natijasida vujudga keldi.



Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling