Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet11/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Bahouddin Naqshband (1318-1389) naqshbandiya tariqatining asoschisidir. Bu ta’limotning mohiyati «Dil — ba yoru dast — ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Inson Olloh inoyati natijasi bo’lib, bu dunyoni unutib qo’ymasligi lozim, uning qalbi doimo Ollohda, qo’li esa mehnatda bo’lmog’i lozim. U tasavvufning barcha tariqatlari singari shariat, tariqat, ma’rifat va haqiqat maqomlarini e’tirof etadi.
Diniy ilmlar sohalarida imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Abu Hanifa, imom Moturidiy va imom Burhoniddin Marg’inoniylar peshqadamlik qilganlar.
Imom Buxoriy (810-870yillar) yirik ilohiyotchi, muhaddis sifatida 60 mingga yaqin hadis to’plagan, ulardan ishonchli deb topganlirini maxsus to’plam holiga keltirgan. Bu to’plam «Sahihi Buxoriy» nomi bilan mashhurdir.
Imom iso Termiziydan (824-892) «Payg’ambarning alohida fazilatlari», «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola», «Tarix» va boshqa asarlar meros bo’lib qolgan. Imom Termiziy hadislarni muntazam ravishda to’plab, muayyan tartibga solgan va yaxlit bir kitob shakliga keltirgan.
Abu Hanifa an-Nu’mon hanafiya mazhabiga asos solgan, barcha islom tarqalgan hududlarda o’z mavqeiga ega bo’lgan. Bu mazhabning muhim jihatlari kalom va ilohiyot sohalarining piri Abu Mansur Moturidiy (vafoti 944 y.) ning «Tavhid» va «Ta’vilot» asarlarida va Burhoniddin al-Marg’inoniy (1123-1197) ning «Hidoya» to’plamida o’zining yorqin ifodasini topgan. Ularning asarlarida aql maqomi va mantiq ilmiga, ilm va dalilga keng o’rin berilgan.
Ilk O’rta asrlar davridayoq, yani VIII asrning ikkinchi va IX asrning birinchi yarimlarida jamiyat manaviy hayotida ikki tendentsiya- ilohiy bilimlar va unga yonma-yon tarzda dunyoviy bilimlar jadal rivojlana boshladi. Shunga ko’ra, Arab halifaligida, Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida IX asrdan boshlab bir necha asr davom etgan (Halifalik parchalanib qator feodal davlatlarga ajralib ketganidan keyin ham to XVI asrlarga qadar davom etgan) va turli mamlakatlarda qisqa vaqt ichida o’zining yuksak nuqtasiga ko’tarilgan bu madaniy ravnaq, yuksalish adabiyotlarda Sharq Renessansi (Sharq Uyg’onish davri) deb tariflanadi. Bu davrdagi madaniy yuksalishga sabab Halifalik va unga bo’ysungan mamlakatlarning xo’jalik-iqtisodiy aloqalarining kuchayishi va buning oqibatida turli madaniyatlar- hind, xitoy, O’rta Osiyo, eron, arab, misr, yunon, rim madaniyatlarining yaqindan o’zaro aloqasi va bir-biriga tasiri bo’ldi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko’ra o’sha davrni Markaziy Osiyoda uyg’onish davri deb nomlash mumkin. Uyg’onish davri fani va madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yo’lda o’tmish merosidan va qo’shni mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish;
2. tabiatni o’rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;
3. insonga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug’lash, barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga rioya qilish;
4. universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan. Savdo-sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli viloyatlari o’rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning an’analari, tili va tarixini o’rganish bilishning eng to’g’ri yo’llari va usullarini yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bo’lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal rivojlanishi tabiatni chuqur o’rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga imkoniyat yaratdi. O’rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qo’ynidagina emas, balki fan qo’ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qo’lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda tabib, munajjim, sayyoh bo’lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan ko’ra ko’proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida Markaziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O’rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik, shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.
Sharq Uyg’onish davri falsafasining mazmuni va xususiyatlari haqida gap borarkan, avvalo shuni takidlash zarurki, bu davrda eng muhim va asosiy muammo- inson muammosi, uning axloqiy-manaviy kamoloti masalasi hisoblanadi.
Gumanizm g’oyasi Sharq Uyg’onish davri manaviy hayoti, manaviy madaniyatining eng umumiy va xarakterli xususiyati bo’lib, u ijtimoiy-axloqiy yo’nalish shaklida vujudga keldi, rivojlandi va namoyon bo’ldi. Gumanistik g’oyalarni, printsiplarni amalga oshirishning asosiy yo’li, vositasi sifatida oliy yetuk axloq, marifatli va adolatli jamiyat, jamoa masalasi oldinga surildi. Oliy darajali axloqiy odatlar, munosabatlarni o’rnatish va buning uchun talim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yish- gumanizm g’oyalarini amalga oshirishning muhim vositasidir. Gumanizm g’oyasi, asosan, axloqiy odatlar, munosabatlar, xislatlarda ifodalanganligi uchun axloq masalalari yani etika muammolari Sharq Uyg’onish davri manaviy hayotining- badiiy adabiyoti, poeziyasi, talim-tarbiya ishlari, pedagogikasi, falsafasi va boshqa gumanitar ilmlarning muhim yo’nalishini tashkil etdi. Faylasuflar ham, yozuvchi shoirlar ham, ilg’or mutafakkirlar ham, ularning ilohiy bilimlarni targ’ib qiluvchilari ham o’z ijodlarida, faoliyatlarida axloq masalasiga alohida etibor berdilar. Axloq masalalariga doir ko’plab risolalar, sharhlar vujudga keldi.
Uyg’onish davri ilg’or manaviy madaniyatining umumiy yo’nalishini ifodalovchi, insonning manaviy kamolotini aks ettiruvchi insonparvarlik, hurfikrlilik g’oyalari har tomonlama, xususan nazariy-gnoseologik, ilmiy tomondan ham asoslanishi lozim edi. Bunday nazariy, ilmiy asos sifatida ratsionalizm talimoti maydonga keldi. Gumanistik g’oyalarning yuzaga chiqishi, insonning haqiqiy manaviy yuksaklikka erishuvi, marifatli bo’lish, oliy axloqiy printsiplar ilm-fanni egallash orqaligina amalga oshishi mumkin edi. Axloq aqlga, xulq-odob bilimga, ilm-fanni o’rganishga, marifatga asoslangandagina u yuqori pog’onaga ko’tariladi, ko’zlangan maqsadni qo’lga kiritadi.
Sharq mutafakkirlari ilgari surgan insonparvarlik va ratsionalistik talimotlarning ontologik asosi sifatida panteistik xarakterdagi vujuduyun (vahdat-ul-vujud) talimoti maydonga tashlandi va u falsafa tarixida ilg’or qarash tarzida ahamiyati beqiyosdir.
Vujuduyun talimoti bo’yicha olam yagona vujuddan iborat, vujuddan tashqari olamda hech narsa yo’q. Uningcha, Olloh, yaratuvchi- ijodkor ham va u yaratgan real dunyo, tabiat, inson ham - shu vujudning qismlari, turli bo’laklari, azolaridir. Ular ikki xil: qarama-qarshi, zid narsani tashkil etmaydi. Faqat Olloh vujudi- azaliy mavjud, vujudi mutlaq, boshqa narsalar esa, osmon-tabiat vujudi azaliy vujuddan kelib chiqqan vujudni, yani «vujudi mumkin»ni tashkil etadi. Azaliy vujuddan tabiatning kelib chiqishi subektiv va tasodifiy jarayon emas va bu Ollohning irodasi bilan amalga oshmagan, balki malum tartib, izchillikka asoslanuvchi zaruriy jarayondir. Bu tartib, izchillik yuqoridan pastga, mavhumdan konkretga, umumiydan yakkaga, sababdan oqibatga o’tish bilan xarakterlanadi. Bu sababiyat tabiatning, insonning tasodifan, birdan yaralishini emas, balki Olloh bilan ichki zaruriy bog’langanligini ko’rsatadi va sababning oqibatga o’tishini taminlaydi. Tabiat va inson azaliy vujuddan sabab-oqibat bog’lanishi natijasida kelib chiqqandan keyin o’zicha yashashi mumkin. Bundan deistik talimot, yani qachonlardir Olloh yaratgan tabiatning endilikda mustaqil ravishda o’z qonuniyatlari, izchilligi asosida rivojlanishi to’g’risidagi talimot kelib chiqadi. Panteizm ham, deizm ham insonning aktiv harakati, mustaqil va real yashashi haqidagi talimotga yo’l ochib beradi.
Umuman, O’rta asr Sharqida panteizm Uyg’onish davri ilg’or falsafasining eng muhim printsipi sifatida tarqaldi va shuhrat qozondi. U deizm bilan birga ilg’or falsafiy talimotlarni, hurfikrlilik g’oyalarini ifodalash shakli bo’lib qoldi.
Shunday qilib, o’rta asrlar Sharq falsafasining yetakchi g’oyalari panteizm, ratsionalizm va gumanizm edi. Panteizm va ratsionalizm zaminidan o’sib chiqqan gumanistik g’oyalar, pirovardida, insonni, butun insoniyatni baxt-saodatga erishtirish haqidagi fikrlar, aniqrog’i, hayollar bilan uzviy bog’lanib ketar edi. Yirik, zabardast mutafakkirlar insonni ulug’lashni, uning manaviy erkinligi haqidagi masalani adolatli, erkin, baxt-saodatga erishtiruvchi sharoit yaratish to’g’risidagi fikr darajasiga ko’tara oldilar. Forobiy, Nizomiy, Jomiy, Navoiy kabi ilg’or mutafakkirlarning asarlarida oliy axloq, marifatga, manaviy erkinlikka erishuv baxt-saodat, deb talqin etildi va bu baxt-saodat adolatli, zulmdan holi, ideal yetuk jamoa va ideal rahbar, hokim bilan bog’liQ holda tasavvur etildi. Yetuk jamoa haqidagi, insonlarning barchasini baxt-saodatga erishtiruvchi ideal tuzum haqidagi utopiya Sharq Uyg’onish davri falsafiy fikri taraqqiyotining eng katta yutuqlaridan biri bo’ldi. Bu utopik g’oyalar xalqlarimizning asriy orzulari bo’lib kelgan bo’lsa, bugungi O’zbekiston mustaqilligi sharoitida xalqimiz hayotida asta-sekin o’z isbotini topib bormoqda.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling