Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino


Download 363.18 Kb.
bet13/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Abu Ali Husayn ibn Abdulloh ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida tug’ilgan. Bolaligidan ilmga ishq qo’ygan, o’tkir zehnli va salohiyatli Husayn o’n besh yoshligida fikh va mantiq ilmini mukammal egallagan edi. Tabobat saboqlari uning uchun shu qadar kechganki, 16 yoshida Ibn Sino amaliy tibbiyot bilan bevosita shug’ullangan. Falsafaga yanada qiziqish ortgan yosh olim Aristotel «Metafizika»sini bir necha bor o’qib chiqadi, biroq hech narsani tushunmaydi. Kunlarning birida tasodifan bozordan Forobiyning «Metofizik sharhlari» kitobini sotib oladi va shundagina u «Metofizika»ning mohiyati va maqsadlarini tushunib yetadi.
Buxoro amiri Nux ibn Mansurni og’ir xastalikdan davolagan Ibn Sino saroy kutubxonasida ijod etish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu kutubxonada noyob va antiqa kitoblar mavjud edi. O’sha kitoblarni o’qib, undan bahramand bo’ladi. Bu haqda Ibn Sino shunday deb yozadi: «Yoshim o’n sakkizga borganda bu ilmlarning hammasini egallab bo’lgan edim... va o’shandan beri menda yangi bir narsa qo’shilgani yo’q».
999 yilda 19 yoshli Ibn Sino Buxoroni tark etib Urganchga keladi. Bu davrda chinakam fanlar akademiyasi - «Ma’mun Akademiyasi» tashkil etilgan edi. Bu akademiyada Abu Saxl Masixiy, Mansur ibn Iroq, Abul-Xayr Xammor, Mansur al-Sa’libiy kabi yirik olimlar to’planishgan edi. 1010 yilda Urganchga qaytgan Beruniy yana akademiyaga rahbarlik qila boshladi.
Ibn Sino dunyoqarashi yunon, hind, qadimgi eron, arab falsafiy an’analarning ta’sirida shakllangandir. Ibn Sino Galen, Gippokrat, Arximed, ar-Roziy, Forobiy asarlarini puxta o’rgandi. Ibn Sinoning falsafiy ta’limoti Sharq peripatetizmi sharqiy yo’nalishining oliy bosqichi va yakuni bo’ladi. Mutafakkirning falsafiy, tabiatshunoslik, tabobat ilmi bo’yicha asarlari Sharq va G’arb falsafasi va ilmi fanning keyingi taraqqiyotiga barakali ta’sir ko’rsatdi va ilmdagi yo’nalishini belgilab beradi.
Temur va Temuriylar davrida Markaziy Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr (XIV-XV asrlar). Mavoraunnahr mo’g’ullardan ozod bo’lgandan keyin, 1370 yildan boshlab mamlakatda Amir Temur (1336-1405) hukmron bo’ladi. Buyuk Temur kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Feodal tarqoqlikka chek qo’yildi, ishlab chiqarish kuchlari, qo’shni mamlakatlar bilan tashqi savdo aloqalari rivojlandi, yer ishlari va shahar hunarmandchiligida yuqoriga ko’tarilish kuzatildi. Qadimgi dunyo madaniyati, Mavoraunnah, Hindiston, arab mamlakatlari xalqlarining ilk o’rta asrdagi falsafiy merosiga qiziqish ortib bordi. Bu davrning falsafiy fikri uchun xos narsa dunyoviy va diniy fanlarga murojaat, tabiatni o’rganishga intilish, inson aqli va qobiliyatlarining ko’tarilishi, insonning axloqiy sifatlarini qadrlash, insonparvalik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ’ib qilish edi.
Buyuk davlat arbobi, mohir harbiy sarkarda, ilm-fan va madaniyat taraqqiyotining jonkuyari, ulug’ donishmand Amir Temur o’z faoliyatining bosh printsipi sifatida adolat masalasini tanlagani va «Kuch-adolatdadir» degan buyuk shiorni o’rtaga tashlagani ham bejiz emas. Sharofiddin Ali Yazdiy o’zining «Zafarnoma» asarida qayd etishicha, Amir Temurning xarakterli xususiyatlaridan biri - davlat, mamlakat, fuqaroga g’amxo’rlik edi. Uning qoidasi - «rosti-rasti» edi. Buning ma’nosi shuki: «Haqiqat-sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat» demakdir.
XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyoda mantiq va falsafa ilmlari bilan shug’ullangan Sa’diddin Taftazoniy va Mir Sayyid Jurjoniy singari mutafakkirlar yashab ijod qildilar. Umuman olganda, bu davrda falsafa va axloqshunoslikka oid maxsus risolalar kamroq uchraydi. Ammo ilg’or ijtimoiy - falsafiy va axloqiy fikrlar badiiy adabiyotda, tasavvuf she’riyatida nazm va nasrda, g’azal va ruboiylarda, ilmiy risolalarda mufassal o’z ifodasini topgan.
Sa’duddin Ma’sud binni Umar Taftazoniy (1322-1392) islom falsafasi bo’lgan kalomning yirik vakili edi. U Niso (Ashxobod) shahri yaqinidagi Taftazon qishlog’ida tug’ildi. Al-Ijiy va Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniy kabi mashhur olimlardan ta’lim oldi. Taftazoniy o’ttiz yilga yaqin davr ichida G’ijduvon, Jom, Turkiston, Hirot va Mavoraunnahrning boshqa shaharlaridagi madrasalarda dars berib, yirik olim sifatida shuhrat qozondi.
Taftazoniyning shuhrati o’z poytaxti Samarqandga eng mashhur olimlar, hunarmandlar va ustalarni to’playotgan Amir Temurga ham yetib keladi. U Taftazoniyni Samarqandga chaqirtiradi. Taftazoniy umrining oxirigacha saroyda yashaydi va 1392 yilning 12 avgustida vafot etadi. U Temur huzurida doimiy o’tkazilib turiladigan ilmiy bahslarda faol qatnashar edi. U o’zining kalom, mantiq, geometriya, she’riyat va arab tili grammatikasi sohasidagi bilimlari bilan shuhrat topgan edi.
Taftazoniyning nazariy merosi o’rta asrlar fanining barcha sohalarini o’z ichiga olar edi. U qirqdan ortiq asar yozgan bo’lib, bizgacha yetib kelgan asarlaridan diqqatga sazovorlari quyidagilar: «Taxzib al-mantiq val-kalom» («Mantiq va kalomga sayqal berish»), «Maqosid fi ilm al-kalom» («Kalom ilmining maqsadlari») yoki «Maqosid at-tolibin» («Tolibi ilmlarning maqsadlari»), «Risala fi zaviyas al-musallas» («Uch burchakning burchaklari haqida risola»). Bulardan tashqari Taftazoniy o’zidan oldingi o’tgan mutafakkirlarning asarlariga ko’plab sharhlar va hoshiyalar yozgan.
Amir Temur tomonidan Sheroz fath etilishi munosabati bilan 1387 yilda u yerdagi yirik olimlar qatorida Samarqandga kelganlar orasida mashhur faylasuf va mantiqshunoslardan Ali ibn Muhammad Mir Sayyid Sharif Jurjoniy ham bor edi. Ilmiy adabiyotlarga Mir Sayyid Sharif nomi bilan kirgan Ali ibn Muhammad ibn Ali Husayniy Jurjoniy 1339 yilda Eronning Gurgon viloyati markazi bo’lgan Astrobod shahri yaqinidagi Tog’u qishlog’ida tug’ildi.
Jurjoniy yoshlik yillaridan Sharqda mavjud bo’lgan fanlarning barcha turlari bilan shug’ullandi. Islom falsafasi va kalom, mantiq, til masalalaridan tashqari tabiatshunoslikka doir barcha sohalarni qunt bilan o’rganib, ular haqida katta ilmiy asarlar yozib qoldirdi.
Jurjoniy Hirot, Qohira, Stambul, Qoramon, Sheroz shaharlarida turli olimlardan bilim o’rgandi. 1387 yili Samarqandga kelgan Jurjoniy, bu yerda 20 yil samarali ijod etdi va faqat Temur vafotidan keyingina Sherozga qaytib, 1413 yilda dunyodan ko’z yumdi.
Jurjoniy Samarqandning mashhur madrasalarida falsafa, mantiq, falakiyot, fihq, til va adabiyot, munozara ilmi va boshqa fanlardan dars berib o’zidan yaxshi nom qoldirdi. Uning shogirdlari orasida Qozizoda Rumiy, Ulug’bek va boshqalar bor edi. Jurjoniy asarlarining umumiy soni 50 dan oshiqdir. Bular ichida falsafa, mantiq va tabiatshunoslikka doir asarlar salmoqli o’rinni egallaydi, o’z navbatida, bu sohadagi asarlari butun Sharq mamlakatlariga keng yoyilgandir.
Jurjoniyning bizgacha «Borliq haqida risola» va «Dunyoni aks ettiruvchi ko’zgu» deb nomlangan falsafiy asarlari qo’lyozma holida yetib kelgan.
Jurjoniy bilish nazariyasi va mantiqqa doir «At-ta’rifot»(«Ta’riflar»), «Usuli mantiqiy» («Mantiq usuli») va ilmiy bahs faniga bag’ishlangan «Odob ul-munozara» («Munozara olib borishning qoidalari haqida risola») kabi arab tilida yozilgan asarlarning ham muallifidir. Jurjoniyning fors tilida yozilgan mantiqqa oid bir necha asarlari ham bizgacha yetib kelgan. Bulardan «Kubro» («Katta dalil bo’la oladigan hukm»), «Avsat dar mantiq» («Mantiqda o’rta xulosa»), «Sug’ro» («Kichik dalil bo’la oladigan hukm») va boshqalarni ko’rsatib o’tish mumkin. Uning «Sharhe faroyize sarojiya» («Meros bo’lish majburiyatlarining Sarojiy ta’rifiga sharh») asari huquqshunoslik masalalariga bag’ishlangan bo’lib, faqih Sajovandiy asarlariga javob tariqasida yozilgan (Jurjoniy. Sharhe faroize sarojiya. Stambul. 1873 yil).
Markaziy Osiyoda XIV-XV asrlar ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi rivojida Jaloliddin Davoniy (1424-1502) hamda Husayn Voiz Koshifiyning (1440-1505) ijtimoiy-axloqiy qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi. Ular Markaziy Osiyo olimlari va shoirlarining ijodi va dunyoqarashi bilan yaxshi tanishganlar. Forobiy, Ibn Sino singari mutafakkirlarning ratsionalistik va insonparvarlik g’oyalarini davom ettirgan.
Davoniyning borliq haqidagi qarashlari panteistik xarakterda, ya’ni xudoning birligi, xudo bilan tabiatning bir butunligi haqida fikr yuritadi. U «Zaruriyatning isboti haqida» risolasida sabab va oqibat, zaruriyat va imkoniyat tushunchalari haqida to’xtalib, dunyodagi mavjud narsalar biri ikkinchisiga asos bo’lib xizmat qiladi, o’zaro harakatda bo’lib boshqa narsalarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ladi, deb ko’rsatadi.
Davoniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari ham Forobiy dunyoqarashi singari fozil shahar, adolatli hokim, yetuk jamoa to’g’risidagi xayoliy orzulardan iborat. Umuman, Davoniy o’z falsafasida zamonasi uchun ilg’or g’oyalarni ilgari surgan.
Husayn Voiz Koshifiy esa Markaziy Osiyo va Xurosonning mashhur mutafakkiri edi. U Jomiyning taklifi bilan 1470 yili Hirotga ko’chib keladi va umrining qolgan qismini shu yerda o’tkazadi. Koshifiy Jomiy va A.Navoiy bilan shaxsan tanish bo’lib, dunyoqarash ham hamohang edi. A.Jomiy va Navoiy Koshifiyning dunyoviy va ilohiy fanlar sohasidagi xizmatlariga yuksak baho beradilar. Mashhur tarixchi Mirxond esa «Koshifiy o’z davrida nujum va nisho ilmi sohasida tengi yo’q», - degan edi.
Husayn Voiz Koshifiy tasavvufning naqshbandiya mazxabiga kirib, ushbu mazxabning halol mehnat qilish, birovlarning haqiga xiyonat qilmaslik, mehr-shafqatli bo’lish, xayr-ehsonli bo’lish qoidalariga sodiq qoldi va asarlarida insonparvarlik g’oyalarini umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni ulug’ladi. Shuningdek, u riyoziyot, falakiyot, axloqshunoslik, falsafa, tarix, adabiyot, insho, ta’lim-tarbiya sohalarida kuplab asarlar meros qoldirgan.
XV olimlaridan biri Amir Temurning nevarasi Muhammad Tarag’ay Ulug’bek (1394-1449) edi. Movaraunnahr hukmdori bo’lgan sulton Ulug’bek, Fan va madaniyat taraqqiyotiga kata e’tibor qaratdi. Uning ilmiy qiziqishlari riyoziyot, astronomiya, geometriya, kimyo, tarix va boshqa fan sohalarini qamrab olgan edi. Mutafakkir dunyoqarashining shakllanishida Aflotun, Arastu, Ptolemey, Xorazmiy, Farg’oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va boshqa olimlarning asarlari katta o’rin tutdi.
1428 yilda Ulug’bek boshchiligida Samarqandda o’sha zamondagi eng katta rasadxona qurildi. U 1437 yilda o’zining astronomiya sohasidagi asari bo’lgan «Zije Ko’ragoniy» («Ko’ragoniyning yulduzlar jadvali») risolasini yozib tugatdi. Ushbu risolada yil hisobi, sayyoralar nazariyasi, astronomiya muammolari bayon etilgan bo’lib, 1018 yulduzning jadvali ham berilgan edi. Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi» nomli asari ham borki, unda mo’g’ullar imperiyasining tarixi bayon etilgan. Bundan tashqari, Ulug’bek mantiq, fiqh, musiqa nazariyasi va adabiy uslub nazariyasini yaxshi bilar edi.
Ulug’bekning tadqiqotlari astronomiya taraqqiyotida muhim davr ochdi. U Yer yuzining har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o’tish qoidalari, yil fasllari o’zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Asosiy kuzatish vositasi sifatida sekstant (burchak o’lchash asboblaridan biri) xizmat qildi. Masalan, ushbu asbob yordamida quyosh yilining aniq miqdori o’lchandi -365 kecha va kunduz 6 soat 10 daqiqa 8 soniya.
Ulug’bek tomonidan asos solingan astronomiya maktabi o’sha zamon ilmiy qarashlari shakllanishida katta o’rin tutdi. Boshqa mamlakatlardan astronomiya bo’yicha eng yaxshi mutaxassislarni taklif qilgan Ulug’bek, o’z atrofiga iste’dodli olimlarni to’pladi. Eronning Koshon shahridan yirik riyozidon va astronom bo’lgan G’iyosuddin Jamshid al-Koshiy (vaf. 1430) taklif qilingan edi. O’nli kasrni kashfiyoti al-Koshiyga mansubdir. Chunonchi, undan keyingina, XVI asrdan boshlab, Ovrupo riyozidonlari asarlarida o’nli kasr qo’llanila boshladi. Ulug’bek o’ldirilgandan keyin uning ishini shogirdlari davom ettirdilar. Ulardan eng mashhuri - mashhur riyozidon va astronom Ali Qushchi (1403-1474) edi. Uning asosiy asari – «Astronomiya haqida risola» edi. Ali Qushchi ob’ektiv dunyoning mavjudligiga, moddiy Ashe va hodisalarning o’zaro bog’liqligi, ularning soddadan murakkabga o’tib turishligiga ishonar edi.
Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy hayotida, Renessans davri ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashini yuksak bosqichga ko’targan mutafakkirlar Abduraxmon Jomiy va Alisher Navoiydir.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling