Ma’ruza rejasi: Qadimgi Sharq va G’arb falsafasi vujudga kelishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari


Download 363.18 Kb.
bet12/31
Sana22.02.2023
Hajmi363.18 Kb.
#1221117
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31
Bog'liq
Falsafiy tafakkur tarixi taraqqiyoti bosqichlari

Muhammad Muso Xorazmiy (780-850) Sharqning buyuk mutafakkiri, qomusiy olimidir. Uning ilmi nujum, geodeziya, riyoziyot, jug’rofiya va boshqa ilmiy sohalarda qilgan xizmatlari buyukdir. Bog’dodda «Bayot-ul-Hikma» – «Bilim uyi» akademiyasiga ko’p yillar rahbarlik qilgan. Bu akademiya kutubxonasida qadimgi yunon va rim, suriya va arab tillarida bitilgan nodir manbalar saqlanar edi. Xorazmiyning bevosita rahbarligida o’sha davrning yirik olimlari Ahmad Farg’oniy, Ahmad ibn Abdullo Marvaziy, Marvrudiy, Abbos Javhariy, Xujandiy, Turkiy va boshqalar fanning turli sohalari, ayniqsa, falakiyot va riyoziyot bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borardilar. Mazkur akademiya asoschisi xalifa Ma’mun (813-833) topshirig’iga binoan 827 yilda fan tarixida buyuk tajriba - Yer kurrasini gradusli o’lchash amalga oshiriladi. Bu amaliyot suriya cho’llarida, Jabal - Sinjar hududida 36 kengligida o’tkazilgan edi. Bir gradusga teng bo’lgan meridian yoki uzunligi 56 2|3 arab mili, ya’ni taxminan 112 km.ga teng ekanligi hisoblab topilgan. Bu o’sha davr uchun buyuk kashfiyot edi. Xorazmiy ilmiy faoliyatining maqsadi tabiatni bilish, dunyoni tajriba yo’l bilan o’rganish va ilmu fan yutuqlarini bevosita jamiyat hayotiga, xalq xo’jaligiga tadbiq etishga qaratilgan edi. Muhammad Xorazmiy bir qancha kitob va risolalar muallifidir. Bulardan eng mashhuri aljabr faniga oid «Kitob al jabr va al-muqobala» asaridir. Bu asar riyoziyotda yangi bir mustaqil fan algebra (al) jabrning ovrupachalashtirilgan shaklining vujudga kelishiga zamin bo’ldi. Xorazmiy sodda va kvadrat tenglamalar yechishning umumiy qoidalarni ishlab chiqqan. Olim induktsiya juz’dan qo’lga uslubi orqali jamiki tenglamalar turini olti xilga tasnif qilgan. Bu tenglamalarni yechish uchun Xorazmiy ikki usulini kashf etdi: al-jabr, ya’ni qarama-qarshi ishoralarni yagona musbat ishoraga keltirish va al-muqobala, ya’ni bir xil hadlarini qarama-qarshi qo’yish. Bu uslubning ahamiyati katta edi.
Xorazmiy qalamiga ya’ni arifmetikaga oid «Sind Hind» Hind hisobi haqida risolasi, astronomik jadval - «Ziji Xorazmiy», jug’rofiyaga oid «Kitob-as-surat-al-ard», «yor manzarasi haqida kitob», taqvimlar haqidagi «Kitob-at-tavorix» amaliy falakiyotga oid uch risola mansubdir. Mutaassifona, Xorazmiyning ko’pgina asarlari, jumladan, «Quyosh soati haqida», «Musiqa haqida», «Tarix haqida», «Astrolyabiya haqida» kabi risolalari bizgacha yetib kelmagan.
Muhammad Xorazmiy tuzgan yulduzlar zijida arab tili adabiyotda birinchi marta sinuslar jadvali keltiradi. Xorazmiy ziji nafaqat sharq ilmu faniga, balki Yevropada aniq fanlar taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Bu asarning al-Majriti X. tomonidan to’ldirilgan, nusxasi 1126 yilda Adelard tomonidan lotin tiliga tarjima qilindi va o’rta asr Yevropasida astronomik tadqiqotlar bo’yicha asosiy manba bo’lib qoldi. S.P.Tolstov Xorazmiyning jug’rofiya sohasidagi buyuk xizmati shundaki, u Yevropa va Yaqin Sharq ilmini qadimgi hindlarning o’nlik hisob tizimi bilan tanishtirdi. Xorazmiyning matematika fanlari sohasida doimo peshvo bo’lganligidan yana bir dalolat - kibernetikaning mantiqiy asosi bo’lmish algoritm tushunchasining aynan shunday atalishidir. Bu istiloh muayyan tartibda bajariladigan amallar tizimini ifodalasada, uning xurofiy ma’nosi «Al-Xorazmiy demakkim», «algoritm» uning lotinchalashtirilgan shaklidir. Murabbiy muallim Xorazmiyning boy ilmiy merosidan bahramand bo’lgan An-Nasaviy, Al-Xabash, Abdul Vafo, Abu Komil, Beruniy, At-Tusiy, Al-Koshiy, Umar Xayyom, Ulug’beklar matematika va falakiyot ilmini yangi yutuqlar bilan yanada boyitishdi.
Sharqning mashhur faylasufi va mutafakkiri, buyuk alloma Abu Nasr Uzluk ibn Tarxon al Forobiy 873 yilda Sirdaryo buyidagi Forob shahri, hozirgi Chimkentda turk oilasida dunyoga kelgan. Mahalliy maktab tahsilidan so’ng, Forobiy Shom, Samarqand, Buxoro, Termiz, Ray shaharlarida bo’ldi. Keyinchalik o’sha davrning yirik ilmiy markazi Bog’dodga keladi. Bog’dodda Forobiy Suriya, arab, yunon tillarini, tabobat, mantiq, falsafa kabi fanlarini o’rganadi. Forobiyning falsafaga bo’lgan qiziqishi shu qadar kuchli ediki, shu fanni deb olim, hatto qozilik mansabini tark etgan.
Forobiy falsafa, tarix, sotsiologiya, matematika va tabiiy fanlariga oid 160 dan ortiq asarlar yozgan. U musiqa va she’riyatning ham chuqur bilimdoni edi. Forobiyning Aristotel tarjimasi va ularga yozgan sharhlari katta ahamiyat kasb etadi. Yunon falsafasini o’rganishda Forobiy shunday yutuqlarga erishdiki, zamondoshlari uni haqli ravishda Muallimi Soniy deb atashardi (Muallimi Avval – Arustu). Forobiy salohiyatiga Al-Kindiy (800-879) va Zakariyo ar-Roziy (865-925) kabi mashhur mutafakkirlar ijodi katta ta’sir ko’rsatdi. Ular qomusiy bilimlar sohibi edilar, falsafa va tibbiyot bilan shug’ullanar edilar. Ar-Roziy tibbiyot bobidagi asarlari tufayli «zamonasining Galeni» nomini olgan. U birinchi marta chechak va qizamiqqa qarshi emlash usulini qo’llagan. Ar-Roziy kimyoviy moddalar tasnifini ishlab chiqdi va «filogiston» nazariyasiga asos soldi. Bu nazariya kimyo fani taraqqiyotida muhim qadam bo’ldi. Rivoyatlarga ko’ra ar-Roziy mohir psixoterapevt ham bo’lgan.
Abu Yusuf al-Kindiy arab falsafasining asoschisidir. Al-Kindiy Aristotel asarlarini chuqur bilgan va o’zi ham peripatetizm aqidalarida turgan. Xudo, al-Kindiy nazarida, shaxs emas, balki mavhum sababi avvaldir, «yaratuvchi, faol va qo’zg’almas» sababdir. «Materiya - zaif kuch, u shakliga asos bo’ladi», «Substantsiya o’z o’zicha mavjuddir», Tabiat harakat va sokinlikning ibtidosidir». Bulardan kelib chiqadiki, tabiat va xudo, yaratuvchi va xilqat sabab va oqibat kabi o’zaro tabiiy robitalar bilan bog’langan. Albatta, bunday qarashlar rasmiy ta’limotlar tomonidan qo’llab-quvvatlanilmagan va so’nggi davrlarda faylasufning ko’pgina asarlari yo’q qilingan.
Al-Kindiy an’analarini davom ettirib, Forobiy borliqni olti bosqichdan iborat, deb bilardi. Birinchi bosqich sababi avval yoki xudo, ikkinchisi - osmoniy kurralar, uchinchisi - faol aql, to’rtinchisi - ruh, jon, beshinchisi - shakl va oltinchi bosqich - materiya. Birinchi sabab, xudo-shakl, miqdor, makon kabi xususiyatlardan xoli moiga ega bo’lgan oliy kurra (sath) vujudga keladi. Bu «oliy kurra» ziddiyatli bo’lganligi uchun, undan ikkinchi aql va ikkinchi shakl ruh vujudga keladi. Bu jarayon bir necha marta davom etadi va oqibatda «faol aql» vujudga keladikim, undan to’rt unsur - olov, suv, havo va yer, hamda yerga xos ruh paydo bo’ladi. Bularning birikuvidan bu turfa olam hosil bo’ladi. Shuning bilan yaralish jarayoni ijtimoyiga yetadi va tabiat davri, ya’ni harakat va sukunat birligi davri boshlanadi.
Xoliq va xilqatni, xudo va borliqni uzviy bog’laydigan bu tizimni panteizm deb ataydilar. Albatta, Forobiy tizimida xudo tabiat bilan aynan emas, biri-biriga komilman muvofiq emas, lekin xudoni mavhum absolyut deb bilib, Forobiy uni tug’diruvchi tabiiy sabablar bilan bir qatorga qo’yadi. Forobiyning sababiyat haqidagi ta’limoti Sharq falsafasida deternizm, ya’ni umumiy aloqadorlik g’oyalarning rivojiga katta hissa qo’shdi. Bunda deizm, ya’ni xudo va borliq o’rtasidagi aloqaning zaifligi haqidagi ta’limot unsurlari ham seziladi. Yaratuvchi va tabiat bir-biridan oraliq bosqichlar tufayli uzoqlashgan. Moddiy olam taraqqiyoti o’z holicha ro’y beradi.
Ruhlar (nafas, jonlar)ni xudo yaratgan. Aristotel singari Forobiy ham 4 xil jon haqida gapiradi - moddiy, o’simlik joni, hayvoniy va odamga xos jon. Har bir jon individualdir, uning o’ziga xosligi har bir tananing o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. Tanaga nisbatan jon shakl vazifasini o’taydi.
Materiyaga bir butunlik, doimiylik xos, shakliga esa ko’plik va o’zgaruvchanlik xosdir. Shakllarning hisobi yo’q, materiyaning o’zgarishi bir shakldan ikkinchi bir shaklga o’tishdan iborat. Materiyaning mavjudligi cheksiz va uning o’zgarishlarining ham nihoyasi yo’q, lekin barkamollikka erishishning muayyan yo’li bordir. Quyi shakllar yuqori shakllar bilan almashinadi. Materiya, Aristotelchilik an’analariga binoan, imkoniylikning passiv asosidir. Shakl, ya’ni ruh va materiya, ya’ni tananing birikuvidan inson vujudga keladi. Inson ruhi o’lmas va tana o’limidan so’ng uni tark etib, o’zini vujudga keltirgan faol aqlga - abadiy ruhiy g’oyaga qaytadi. Forobiy fikricha, muayyanlik - individum birlamchi bo’lib, uning qismlari bo’lmish tana va ruh biri-biridan mustaqil ravishda yashay olmaydi. Insonga turli xil bilish qobiliyati xosdir. Inson hayotining umumiy zamini oziqlanishdir. Buning asosida 5 xil sezgi: his qilish, to’yish, ko’rish, ta’m bilish, hid bilish va eshitish qobiliyati vujudga keladi. So’ngra, ichki ruhiy kuchlar: xotira, his-hayajon, nutq, fikr vujudga keladi. Har bir fiziologik va ruhiy kuch muayyan a’zosi badanning vazifasidir. Tug’ma sifatlardan tashqari faoliyat jarayonida orttirilgan xislatlar, masalan, hunar o’rganish, juda katta ahamiyatiga ega.
Dastlabki ma’lumot odamga tashqaridan - sezgilar orqali keladi, keyin xotira va tasavvur ishga tushadi. Bilishning yuqori bosqichi, Forobiy fikricha, aql-mantiqiy fikrlashdir. Sezgilar narsalarning sifatlari va xususiyatlarini aks ettiradi, aql esa ularning mohiyatiga kirib boradi. «Aql rang ortida yashiringan narsani bilishga qodir» (O’sha kitob. 113-bet). Aql «narsalar va ularning xususiyatlaridan mavhumlashgan holda bo’ladi». Albatta, bunda narsa mohiyati uning o’zidan faqat abstraktsiyadagina ajralgandir. Binobarin, Forobiy abstraktsiya, ya’ni umumiy tushunchalar tabiati masalasini nominalizm nuqtai nazaridan yechadi.
Forobiy fikricha, shu fanlarni o’rgangan inson, nihoyat, jamiyatni boshqarishga qodir bo’ladi. Buning uchun u siyosat ilmini chuqur bilish lozim. Siyosat ilmi uch fandan iborat: 1) boshqarish haqidagi fan; 2) huquqshunoslik va adliya; 3) kalomimon haqidagi ta’limot. Boshqarish haqidagi fan axloq-odob, ruhshunoslik, pedagogika, an’ana va marosimlar, insonlar faoliyatining mayl va maqsadlari va ularga rahbarlik qilish usullari o’rganiladi. Boshqarishdan maqsad-umumiy baxtga erishishdir.
Forobiy fikricha, jamiyatning ijtimoiy tuzilishi mulkchilik va mulkiy darajadan ham ko’ra hokimiyat, qaramlik va kasaba munosabatlariga ko’proq bog’liq. Forobiyning ideal, komil jamiyati muntazam tartibdagi jamiyat, u tirik organizmga monandir, bu jamiyatda har bir inson o’z qobiliyat va bilimlariga yarasha o’zining munosib o’rnini egallaydi va o’z vazifalarini ijro etadi.
Forobiyning ijtimoiy ta’limoti o’rta asr ijtimoiy fikr taraqqiyotida juda muhim rol o’ynaydi. Bu g’oyalar asosida Ibn Sino, Beruniylarning ijtimoiy qarashlari shakllangan. «Muallimi Soniy» falsafasiga bo’lgan qiziqishi Mir Alisher Navoiy axloqiy qarashlariga katta ta’sir ko’rsatgan.
Abu Rayhon Beruniy o’rta asr Sharqning buyuk qomusiy olimi va mutafakkiridir. X asr oxiri XI asr boshlarida Xorazmda Ma’munshox hukmronlik qilar edi. Uning saroyida yirik olimlar, tarjimonlar va shoirlar ijod etar edilar, bu jamoa keyinchalik «Ma’mun Akademiyasi» degan nomni oldi. Ma’rifatparvar shoh homiyligi ostida Abu Rayhon Beruniy ham shu Akademiyada o’z ilmiy faoliyatini boshladi.
Abu Rayhon Beruniy asli ismi Muhammad ibn Ahmad Xorazmning yirik shaharlaridan biri Kiyotda tug’ilgan. Matematikaga, falakiyotga erta havas qo’ygan Beruniy 16 yoshdayoq ekliptika tekisligining ekvatorga nisbatdan qiyaligini hammadan ko’ra aniqroq o’lchar edi. 1010 yilda Beruniy Xorazmshox Ma’mun tomonidan tashkil etilgan akademiyaga taklif qilinadi. Shu yerda 23 yoshli Beruniy va 16 yoshli Ibn Sino o’rtasida falsafiy - ilmiy munozara yozishma bo’lib o’tadi. Bu bahsda Beruniy Ibn Sino javoblarining ayrimlariga e’tirozlar bildirgan, bahs Aristotelning fizika kitobi va Osmon haqida asarlariga bag’ishlangan edi. O’sha yillardayoq o’zining mustaqil, bilishining ilmiy tadqiqot metodini ishlab chiqqan Beruniy obro’-e’tiborli, ilmu-fan peshvolari fikriga shubha bildirgan. Masalan, yozishma bahsiga Beruniy Aristotelning samoviy dunyolar ta’limotiga shubha bilan qarab, Muallimi Avvalning tabiat falsafasining zaif tomonlari haqida gapirib, shunday deb yozgan: «... osmoniy yoritqichlarning to’g’ri chiziq bo’yicha harakat qilishi ehtimoldan xoli emas».
Beruniy birinchi bo’lib yer globusini yaratib keng shuhrat qozonadi. Falakiyot bo’yicha tadqiqotlar olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Beruniy «Osor ul bokiya», «Hindiston», asarlaridan tashqari yana «Geodeziya», «Kitobi Saydana», «Geografiya», «Qonuni Ma’sudiy», «Mineralogiya va Kuitobi at tafxim» (bu uning fors tojik tilida yozgan yagona asaridir) kabilarini ham yozgan. Beruniy qalamiga 152 ta asar mansubdir.
Beruniy formokognoziya, topografiya, jug’rofiya, meteorologiya sohalarida katta tadqiqotlar olib bordi va ulkan yutuqlarga erishdi. Beruniyning qimmatli fikrlaridan biri Yerning Quyosh atrofida aylanishi haqidagi g’oyadir. Beruniy ilmi nujumda geotsentrik, ham gelnotsentrik ta’limotni qo’llash mumkin degan mazmunda shunday deb yozgan edi: «Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi astronomiyaga hech zarar keltirmaydi. Chunki barcha astronomik hodisalarni bu ta’limot nuqtai nazaridan xuddi geotsentrik ta’limot singari yaxshilab tushuntirish mumkin».
Beruniy «Yer harakatdami yoki harakatsizmi» risolasidagi g’oyalari bilan Kopernik va Kaplerdan bir necha asrga ilgarilagan. Mutafakkir sayyoralarning ellipsoid shaklida ekanligi, dunyolarning ko’pligi, ikkinchi yarim shar va unda quruqlikning bo’lishi haqida gapirgan.

Download 363.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling